So’nggi yangiliklar

21:15МЮ собиқ мураббийи Санчо ҳақида: "У машғулотларда энг зўрларидан бири эди, лекин..."  0 20:44"Зенит"га ўтган футболчи "Ал Насср"да 30 млн евро маош олиши мумкин эди  0 20:05"Флуминенсе" сардори Тиаго Силванинг нутқи тармоқларни "портлатмоқда"  3 19:50Суперлига. "Шўртан" – "Қизилқум" 1:1 (матнли трансляция)  5 19:47Ўзбекистон Кубоги чорак финалига қуръа ташланди  12 19:20Клопп: "Диогу нафақат фантастик футболчи, балки ажойиб дўст, меҳрибон эр ва ота эди!"  0 18:45"Реал" футболчиси жамоани тарк этиши учун пул таклиф қилди  12 18:16"Барселона" 3 нафар футболчисини трансферга қўяди: Каталония клубини ким тарк этади?  6 17:53Мюллер футболдаги трансфер нархларини танқид қилди  3 17:40Ҳужжатларни сохталаштириш билан боғлиқ ҳолат сабаб "Нефтчи" ходимларининг иши ЎФА қўмитасида кўриб чиқилади  12 17:18Расман: Саудия Арабистони чемпионати афсонаси "Ал Ҳилол"да ўйнайди  2 16:50"Нефтчи" ишончли ғалабага эришиб, 3-поғонага жойлашган беллашувдан ГАЛЕРЕЯ  0 16:35Лейла Ораниязова: "Лаосга қарши бироз қийналдик"  0 16:20CAFA Nations Cup мусобақасига қуръа ташланди: Ўзбекистон Ўмон билан бир гуруҳдан жой олди  9 15:58Роналду Диогу Жотанинг фожиали вафотига муносабат билдирди  5

Sanjar Qodirqulov: “Neftchi”da chempionlik ruhiyati bor” Yangiliklar

Sanjar Qodirqulov: “Neftchi”da chempionlik ruhiyati bor”

Farg'onaning “Neftchi” jamoasining yangi azosi Sanjar Qodirqulov nima uchun ushbu jamoani tanlagani haqida fikr bildirdi.

Avvalombor Sanjar sizni jamoamiz azosiga aylanganingiz bilan tabriklayman!

—Tabrigingiz uchun rahmat. Men ham O'zbekistonning besh karra chempioni bo'lgan jamoa azosi bo'lganimdan juda ham xursandman!

"Neftchi" klubiga o'tishingiz haqida so'zlab bersangiz?

—O'tgan mavsumda O'zbekiston Pro ligasi vakili "Lokomotiv" sharafini himoya qildim. Oldimizga esa Superligaga qaytish vazifasi qo'yilgan edi. Bu rejani amalga oshirgach yakunlangan mavsumdan so'ng "Neftchi" jamoasi vakillari menga aloqaga chiqishdi va ular bilan ko'rishdim. Aniq maqsad va rejalar haqida gaplashib olganimizdan so'ng mening "Neftchi"ga o'tishim oydinlashdi.

Jamoaga moslashish jarayoni qanday kechmoqda?

—Jamoaga moslashish juda yaxshi o'tdi.CHunki, klub tarkibidagi ko'plab futbolchilar bilan avval ham yo'llarimiz kesishgan. Misol uchun, Anvar G'ofurov va SHarof Muhitdinovlar bilan turli yoshdagi terma jamoalarimizda birga o'ynaganmiz. Bundan tashqari Diyor Turopov va G'ulom-Haydar Gulyamov bilan ham  ilgari birga to'p surganmiz. Eng asosiysi, shuni tushunib etdimki, klubda hamma bir-birlari bilan juda ahil va bir oiladek ekan. SHu holat menga manzur bo'ldi.

Xabaringiz bor, "Neftchi" Superliganing o'tgan mavsumida  ancha kuchli o'yin ko'rsatdi.SHu hususida nima deya olasiz?

—Albatta imkoni boricha "Neftchi"ning o'yinlarini kuzatib bordim.Aytib o'tish joiz, ancha tartibli va tomoshabop o'yinlarning guvohiga aylandim.Bundan tashqari, murabbiy falsafasi jamoa o'yinlarida yaqqol sezildi. Futbolchilar maydonda murabbiy ko'rsatmalarini aniq bajara olishga erishdilar. Ushbu omillar jamoani yuqori o'rinlarda va uzoq vaqt mag'lubiyatsiz yurishini taminladi. SHuningdek, O'zPFL saytida yuqori o'rinlarni egallagan besh jamoa ichida o'zaro uchrashuvlardagi ko'rsatkichi bejizga emasligi yaqqol ko'rindi.SHu asnoda, Vitaliy Grigorevich bejizga o'tgan mavsumning eng yaxshi uch murabbiyi qatorida ko'rilgani yo'q. O'tgan mavsumda haqiqatan ham bosh murabbiy taktik jihatdan ancha kuchli ko'rinish oldi. 

Yig'inlar davom etmoqda, mashg'ulotlar haqida fikrlaringizni bilsak?

—Qishda mashg'ulotlar qiyinroq o'tishi tabiiy hol. Lekin,ushbu mashg'ulotlar orqali yangi mavsumga puxta tayyorgarlik ko'rmoqdamiz.

Qachonlardir "Neftchi" jamoasi tarkibida o'ynash haqida o'ylaganmisiz?

—Azaldan Farg'onada futbolni juda sevishadi. Adashmasam "Istiqlol" stadionidagi o'yinlarga bu yil har bir o'yinda o'rtacha 12000 dan oshiq muxlislar tashrif buyurishdi. Hozirgi kunda respublikamizda bu alo darajadagi ko'rsatkich hisoblanadi. Men qachondir stadioni muxlislar bilan to'lib-toshgan jamoada o'ynash istagida edim va bu narsa xudo xohlasa Farg'onada ro'yobga chiqishi mumkin. Holbuki, "Neftchi" juda katta tarihga ega bo'lgan klub. Men ham ushbu jamoaning bir bo'lagiga aylanganim albatta yoqimli holat. SHuni aniq ayta olamanki, "Neftchi"da chempionlik ruhiyati mavjud. 

Tanlash imkoni berilganda qaysi raqamda harakat qilar edingiz?

—Imkoni bo'lsa o'zimga qadrli 17-chi raqamda harakat qilgan bo'lar edim.

Jamoamiz tarkibida yangi mavsum uchun qanday maqsad qo'ydingiz?

—Nasib qilsa chempion bo'lmoqchiman! Bu albatta yaxshi niyatlarimdan biridir. 

Farg'onalik muxlislar haqida fikrlaringiz va tilaklaringiz?

—Farg'onalik muxlislar bilan hali tanishib ulgurganim yo'q. Xabarim bor, o'tgan mavsumda"Neftchi" muxlislari Farg'onada ham, safar uchrashuvlarida ham  jamoani ajoyib tarzda qo'llab-quvvatlab turishdi. Buni TV orqali kuzatganimda ularning  hayqiriqlari eshitilib turar edi. SHunday ashaddiy va jonkuyar muxlislarni kelasi mavsumda g'alabalar orqali xushnud qilishga harakat qilamiz.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика