Sanjar Qodirqulov: "Asosiy maqsadimiz - Osiyo chempionatiga tayyorgarlik ko'rish"
06 avg 2016 13:04
Yangiliklar


Sanjar Qodirqulov: "Asosiy maqsadimiz - Osiyo chempionatiga tayyorgarlik ko'rish"
Biroz avval "JAR" stadionida CAFA Cup-2016 doirasidagi ilk o'yinda O'zbekiston-2 hamda Qirg'iziston (2:2) jamoalari o'zaro bellashishdi.
Uchrashuvdan keyin O'zbekiston-2 tarkibida gol urgan hujumchi Sanjar Qodirqulov o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Yaxshi chempionat tashkil qilindi, musobaqaning Toshkentda o'tkazilayotgani ham yoqimli. Raqiblar kuchli va yaxshi tayyorgarlikka ega. Birinchi o'yinda biroz omadimiz kelmadi va durang o'ynadik. Maqsadimiz har bir o'yinda g'alaba uchun maydonga tushish.
Eng asosiy maqsad esa Osiyo chempionatiga tayyorgarlik ko'rish" - deydi Qodirqulov.
O’xshash yangiliklar
21:31
Ulug'bek Bakaev: "Mag'lubiyatli seriyadan so'ng qayd etilgan durangni yaxshi natija deb hisoblayman" 10

Fikrlar