Sane: "Robben va Riberi sabab "SHalke"dan "Bavariya"ga o'tmaganman"
24 iyu 2020 18:08
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/582912_original.jpg)
![](/upload/storage/582912_220.jpg)
Sane: "Robben va Riberi sabab "SHalke"dan "Bavariya"ga o'tmaganman"
Yarim himoyachi Leroy Sane yozda "Manchester Siti"dan "Bavariya"ga o'tdi va 2025 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan shartnomaga imzo chekdi.
24 yoshli germaniyalik futbolchida 2016 yilda myunxenliklar tarkibiga o'tish imkoniyati bor edi, ammo bu yuqori raqobat tufayli amalga oshmagan.
"Men "SHalke"da o'ynab yurgan paytim "Bavariya"ga o'tishim mumkin edi, ammo o'shanda rad javobini berganman. Robben va Riberi ajoyib edilar, shu sabab doimiy o'yin amaliyoti olishim qiyin bo'lardi.
Yakunda baribir shu erdaman va bu chaqiriqni qabul qilishdan mamnunman, chunki men aynan "Bavariya"ga o'tishni xohlaganman", - deydi Sane.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar