Sane "Bavariya"ga o'tish uchun ish haqi 30 foizga kamayishiga rozi
20 may 2020 23:32
Yangiliklar


Sane "Bavariya"ga o'tish uchun ish haqi 30 foizga kamayishiga rozi
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Leroy Sane "Bavariya"ga o'tishi uchun ish haqi miqdorini kamaytirishlariga rozi.
Sane va uning agentlari koronavirus pandemiyasi keltirib chiqargan inqirozdan xabardor va nafaqat transfer narx, balki ish haqi ham kamayishi kerakligi tabiiy hol ekanligini tushunishadi.
Sanening "Siti" bilan shartnomasi 2021 yilning yozigacha amal qiladi. Agar klublar o'rtasidagi kelishuv amalga oshmasa, futbolchi bir yildan keyin "Bavariya"ga tekinga o'tadi.
Oldinroq, "Manchester Siti" Sane uchun 50 million evro so'rayotgani, "Bavariya" esa 40 million evro bermoqchi ekanligi haqida xabarlar paydo bo'lgandi.
Eslatib o'tamiz, Sane joriy mavsumda jarohati tufayli deyarli butun mavsumni o'tkazib yuborishga majbur bo'ldi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar