So’nggi yangiliklar

08:42"Барселона" жиддий қизиққан яна бир футболчи амалдаги жамоаси билан янги шартнома имзолади  0 08:11"Манчестер Сити" ҳимоячиси фаолиятини Туркияда давом эттириши мумкин  0 07:40Пролига. Бугун марказий учрашув бўлиб ўтади  1 07:15Суперлига. "Хоразм" — "Қизилқум" 0:1  0 00:51Қосимов фаолиятини Ироқда давом эттиради  3 00:30"Манчестер Сити" Родриго харидидан воз кечди, жамоа ўз вингерини сақлаб қолади  1 23:40Санчо "Рома"га ўтишни хоҳламаяпти, аммо римликлар уни кўндиришга уриниб кўради  0 23:13Ҳаким Фузайлов: "Хоразм"ни Суперлигада олиб қолишга ҳаракат қиламиз, бошқа йўлимиз ҳам йўқ"  6 22:59"Тоттенхэм" 60 млн. фунтлик трансферга яқин турибди  0 22:27Стримернинг онасини сўккан Россия терма жамоаси собиқ футболчиси аёлнинг ўзидан кечирим сўради  2 22:11Акмал Рустамов: "Суперлигада ўйинлар орасида вақт кам. Бир кунни йўлга сарфлаяпмиз, икки кун сунъий майдонда машғулот қилдик"  2 21:58Алонсо "Реал"нинг ўйинини кўчиришни рад этишгани ҳақида: "Футболчилар соғлиғи учун бизни қўллаб-қувватлашларини хоҳлардик"  7 21:15Левандовски Ла Лига 2-турида "Барселона"га ёрдам бера оладими?  2 21:00Суперлига. "Хоразм" 15 йилдан сўнг уйига қайтган оқшомда "Қизилқум"га мағлуб бўлди  20 20:37Артём Петросян: "Ўйинни якка курашларда ютқазганимиз учун бой бердик"  1

Sandey Olise: “Nigeriyada futbol falsafasi bor” Yangiliklar

Sandey Olise: “Nigeriyada futbol falsafasi bor”

Yoshi katta muxlislar Sandey Olise kimligini juda yaxshi eslashadi.
U Nigeriya terma jamoasida eng muvaffaqiyatli to'p surgan futbolchilardan biri hisoblanadi. Futbolchilik faoliyatini 2006 yilda yakunlagan Olise shundan beri Belgiyada yashamoqda. O'z vaqtida “Ayaks”, “Yuventus”, “Borussiya Dortmund” singari klublarda to'p surgan nigeriyalik yarim himoyachi o'zining kuchli zarbalari bilan yodda qolgandi. Yaqinda u FIFA rasmiy saytiga intervyu berib, faoliyatining yodda qolgan lahzalari xususida fikr yuritdi.

-   Keling, dastlab Franciya-98da Ispaniya termasiga urilgan uchinchi gol xususida gaplashsak. O'sha golni haliyam eslab turasizmi?
-   (Kulib). Bilasizmi, odamlar mendan faqat shu golni so'rashmaydi, balki qanday urganimni ham ko'rsatib berishadi. Atigi ikki kun oldin Abu Dabida ekanligimda bir tanishim internetdan menga o'sha videoni ko'rsatdi va bu golni kim urganini bilasanmi deb so'radi. Men esa kulib qo'ya qoldim.
 
-   Siz terma jamoa safida atigi to'rtta gol urgansiz, shunday ekan, bu golning ahamiyati o'zgacha bo'lsa kerak?
-   Menimcha, bu gol odamlar meni unutib yubormasligi uchun Xudo tomonidan berilgan imkoniyat bo'lgan. Negaki bu golni har gal ko'rganimda o'zim ham to'lqinlanib ketaman.
 
-   Vataningiz Nigeriyada futbolning kuchi qay darajada?
-   Nigeriyada futbol falsafasi bor. Bu shunday falsafaki, hech kimga bera olmaysiz. Biz har doim hujumkor futbolni yoqtirganmiz. Futbol falsafasi bizda juda oddiy – hujumkor futbol.

-   Mamlakatning eng yaxshi futbolchilaridan biri, oltin avlod vakili sifatida Nigeriyada hozirgi futbolni qanday ko'ryapsiz?
-   Men bilan birga to'p surganlar futbolni tugatganida hamma kimdir eshikni qattiq yopdi deb o'ylagandi. Lekin shundan keyin ham yosh yulduzlar etishib chiqaverdi. SHunchaki bir avlod o'rnini boshqasi egallashiga to'g'ri keldi, xolos. Yoshlar o'shanda Jey-Jey Okochaga o'xshagan “sehrgarlar”dan ko'p narsalarni o'rgana boshlashdi. To'g'ri, kuchli avlodni shakllantirish uchun bir necha yilni boy berganimizni aytib o'tmasam bo'lmaydi.
 
-   Ammo “yashil burgutlar” Afrikaning amaldagi chempioni sanalishadi va terma jamoangiz kelasi yil Braziliyada o'tkaziladigan jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritdi.
-   Terma jamoaning hozirgi murabbiyi Stefen Keshi qattiq mehnat qilyapti. Uning 1994 yilgi mundialda termamiz sardori bo'lganini yaxshi eslasangiz kerak. Uni yomon ko'rasizmi yo yaxshi ko'rasizmi, baribir u Nigeriya futboli uchun ko'p ish qildi. Birgina Afrika chempioni bo'lganining o'ziyoq ko'p narsani anglatadi.

-   O'tmishni eslab nimadandir afsuslanasizmi?
-   SHunday ajoyib jamoaga ega bo'la turib 1994 va 1998 yilgi jahon birinchiliklarida hech bo'lmasa chorak finalgacha etib bora olmaganimiz meni doim qinaydi.

-   Taribo Uest, Nvankvo Kanu singari sobiq jamoadoshlaringiz bilan ko'rishib turasizmi?
-   Vaqtim bo'ldi deguncha Nigeriyaga borganimda doim ularni yo'qlayman. O'sha kuni men barcha qo'ng'iroq va uchrashuvlarga rad javobini beraman va kunni to'liq do'stlarim bilan o'tkazaman. Biz ko'pincha Lagos bo'ylab sayr qilamiz.

Xayrulla Xoliqov tayyorladi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика