San-Marino terma jamoasi 6 yil deganda ilk bor yutqazmadi
14 okt 2020 09:12
Yangiliklar


San-Marino terma jamoasi 6 yil deganda ilk bor yutqazmadi
Millatlar Ligasi doirasida San-Marino terma jamoasi Lixtenshteyn bilan 0:0 hisobida durang qayd etdi.
Opta xabariga ko'ra, san-marinoliklar 2014 yil 15 noyabridan beri ilk bor yutqazmadi. Terma jamoaning mag'lubiyatli o'yinlar ceriyasi 40 ta o'yinga etgandi. SHuningdek, San-Marino 30 yillik tarixi davomida biror marta o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qola olmagandi. Ushbu ishni ilk bor Elia Benedettini bajarib, tarixga kirdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar