So’nggi yangiliklar

20:04"Навбаҳор"ни 9 футболчи тарк этди  2 19:43Шотландия чемпионатида энг катта учрашув ўтказилди  3 19:28АПЛ. "Астон Вилла" ўз майдонида "Ноттингем Форест"ни мағлуб этиб, 2-ўринга чиқиб олди  2 19:02Саматов энди "Андижон"да спорт директор бўлиб ишлайди  1 18:38"Андижон" дарвозабони билан шартномани узайтирди  2 18:19"Манчестер Юнайтед" Мареска номзодини кўрмаяпти  1 18:00Хаби Алонсо: "Винисиусда табассум кўряпман"  0 17:31Суперлига клублари қачон, қаерда йиғин ўтказишади?   10 17:23"Манчестер Юнайтед"нинг декабрь ойидаги энг яхши футболчиси маълум қилинди  0 17:03Сергей Арсланов "Сўғдиёна"да иш бошлади  4 16:39"Атлетико" президенти: "Ишончим комилки, Симеоне билан EЧЛда ғалаба қозонамиз. Нега энди йўқ? Бизда яхши жамоа бор, бироз омад етишмаяпти”  2 16:36Бешариқ туманида футбол фахрийлари ўртасида шоу учрашуви ташкил этилди  0 16:15Кес Смит "Реал"га ўтишга қарор қилди  0 15:47Индонезия терма жамоасига бош мураббий тайинланди  9 15:06"Реал" Родрини сотиб олиши мумкин  7

Samvel Babayan: "SHunday o'yinlarning foydasi katta" Yangiliklar

Samvel Babayan: "SHunday o'yinlarning foydasi katta"

"Paxtakor" - "SHo'rtan" uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida jamoalar bosh murabbiylari matbuot anjumanida ishtirok etishdi.
Samvel BABAYAN (“Paxtakor” bosh murabbiyi): - O'yin juda qiyin kechdi. “SHo'rtan” safida yaxshi saviyali ijrochilar yig'ilgan. Tarkibimiz optimal bo'lgani uchun bazi muammolarga duch keldik. Yigitlar yaxshi futbol namoyish qilishdi. Bahs esa oxirgi daqiqalargacha keskinlikni saqlab turdi. Bu muxlislarga yoqdi deb o'ylayman. SHunday bellashuvlar ko'proq bo'lishi kerak.

Maxaradze va Iskanderov jarohat olgan. Ular “Naft” va “Lokomotiv”ga qarshi kechadigan uchrashuvlarni o'tkazib yuborishsa kerak. Mavsumdagi muhim o'yinlarda ularning xizmatidan foydalanishimiz muammo bo'lib turibdi. Hozir jamoaviy ishtiyoq va kuchli ruhiyat evaziga uchrashuvlarni o'tkazyapmiz. CHunki etakchilarimiz tarkibda yo'q. Vaziyatdan chiqib ketish uchun bor kuchimizni ishga solamiz.


Muxtor QURBONOV (“SHo'rtan” bosh murabbiyi): - “Paxtakor”ni g'alaba bilan tabriklayman. O'yinga jiddiy tayyorgarlik ko'rgandik, ammo o'zimiz oldindan kutgandek o'yin namoyish etmadik. “Paxtakor” baribir kuchli va jamoa tezroq o'ynaydi. Bizda ham imkoniyatlar bo'ldi, biroq ulardan foydalana olmadik. Birinchi bo'limdan keyin futbolchilarga ustunlikni o'z tarafimizga og'dirish mumkinligini takidladim. Biroq ikkinchi bo'lim boshidagi gol bizni dovdiratib qo'ydi. SHu sababli tezkor almashtirishlarni amalga oshirib, vaziyatni o'nglashga harakat qildim. Oxirgi 15 daqiqada biz suratni oshirishga intildik. O'yin oxiri asabiyroq tarzda o'tdi. SHunday uchrashuvlar soni ko'paysa, bu foyda bergan bo'lardi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика