So’nggi yangiliklar

02:37Саудия Арабистони. "Ал Иттиҳод"дан йирик ғалаба, Бенземадан хет-трик!  0 02:30Бундеслига. Франкфуртда "отишма": "Айнтрахт" - "Боруссия" Д учрашувида 6 та гол урилди  0 02:02Африка Миллатлар кубоги. Марокаш ярим финалда!  0 01:25"Ювентус" "Манчестер Сити" футболчисини текинга қўлга киритмоқчи  0 00:47Испания Суперкубоги финалини ким бошқаради?  1 00:20Майкл Оуэн: "Муҳим ўйинларда Гёкерешга маҳорат етишмаяпти"  2 23:55А Сериянинг декабрь ойидаги энг яхши мураббийи маълум қилинди  0 23:23Сульшер МЮга қайтса, қанча маош олади?  0 23:05Африка Миллатлар кубогидаги илк ярим финалчи маълум!  1 22:52"Истанбул Башакшеҳир" ўртоқлик ўйинида дуранг қайд этди, Аббосбек Файзуллаевдан гол  7 22:32Лиам Росеньор: "Босим - бу афзаллик"  0 22:01Жиянов қўшилди, Юсупов ва Ўринбоев йўқ. "Навбаҳор"нинг бугунги машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  2 21:46"Динамо" "Ғазалкент"ни мағлуб этган назорат учрашувидан ГАЛЕРЕЯ  2 21:20Расман: Торнике Дзебниаури - "Сурхон" футболчиси  7 20:53Расман: "Хоразм" "Сурхон" футболчисини ижарага олди  3

Samvel Babayan: “Raqibdan kuchliroq edik” Yangiliklar

Samvel Babayan: “Raqibdan kuchliroq edik”

“Paxtakor” – “Nasaf” o'yinidan keyin “sherlar” bosh menejeri Samvel Babayan o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
O'ylashimcha, “Paxtakor”ning har biri o'yini kabi bugungisi ham muxlislarga zavq bag'ishladi. Muhim o'yinda kerakli ochkolarni qo'lga kiritdik. Bugun biz raqibga nisbatan kuchliroq o'ynadik va haqli ravishda g'alabaga erishdik deb o'ylayman. Ikkinchi bo'limda hisobdan kelib chiqib o'ynadik. Gol o'tkazib yubormasligimiz muhim edi. SHogirdlarim ko'rsatmalarni to'g'ri amalga oshirishdi. To'g'ri, bazi vaziyatlarda kamchiliklar kuzatildi. Lekin hech bir o'yin ideal bo'lmaydi. Uchrashuvdan keyin video orqali uchinchi gol kiritilgan vaziyatni ko'rdik. Bu “toza” gol ekanligini isbotlandi. Ammo hakamlar ham odam, ular ham adashishi mumkin.

-Bugun kiritilgan gollardan so'ng “Paxtakor” himoyaviy o'yin ko'rsatdi. Jamoa “Lokomotiv”ga qarshi hujumkor o'ynaydimi?
- “Paxtakor” har doim g'alaba uchun maydonga tushadi. Har qanday vaziyatda bizlar uchun yutuq  muhim. Bizning jamoa durang uchun o'ynamaydi. Har bir jamoa kiritgan gollardan so'ng himoyada o'ynashi tabiiy holat. “Yuventus”, “Barselona” kabi jamoalar ham yutayotgan paytda himoyada o'ynashini ko'rganmiz. Bu futbol. Hech bir jamoa butun bellashuv davomida faqat hujum uyushtirishi ilojsiz.  Biz darvozamiz oldida “avtobus” o'rnatgan holda o'ynamaymiz.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика