Samvel Babayan: "Qo'qon-1912" bugun birinchi davradagi eng yaxshi o'yinini ko'rsatdi"
05 iyu 2015 20:33
Yangiliklar

Samvel Babayan: "Qo'qon-1912" bugun birinchi davradagi eng yaxshi o'yinini ko'rsatdi"
"Qo'qon-1912" - "Paxtakor" (2:2) uchrashuvidan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanida mehmonlar ustozi Samvel Babayan qatnashdi.
“Bugun qo'qonlik muxlislar chiroyli va gollarga boy o'yin ko'rishdi, ular bunga haqli edilar, "Qo'qon-1912" bugun birinchi davradagi eng yaxshi o'yinini ko'rsatdi. Ular na “Bunyodkor”, na boshqa jamoa bilan bizga qarshi o'ynagandek o'ynamagan edilar. Bugun ular haqli ochko ishladilar”, - deydi Babayan.
- Faoliyatizni klubda durang bilan yakunlayapsiz, afsusdamisiz...
- Yo'q, chunki o'yinimizda pasayish bo'lmadi. SHunchaki gol ura olmadik xolos. Qolgani doimgidek bo'ldi.
- Legioner darvozabonlarga chek qo'yish haqida gap so'z ketyapti, bugun "Qo'qon-1912"ning posboni juda yaxshi harakat qildi
- Bu fikrni PFLga terma jamoa ustozi sifatida taklif qildim va ular buni qo'llab quvvatlashdi. Haqiqatdan ham o'zimizda yaxshi posbonlar ko'p, shunchaki imkon yo'q.
- Terma jamoada Qo'qondan ham o'yinchi ko'ramizmi?
- Ikki nafar futbolchingiz olimpiya terma jamoasiga taklif etildi. Uyog'i ularning o'z qo'llarida.

Fikrlar