So’nggi yangiliklar

02:00КЧЖ. "Челси" ишончли ғалабага эришди  3 01:42Фердинанд Фернандешнинг "Ал Ҳилол"га рад жавоби ҳақида: "Бу унинг садоқатидан далолат беради"  0 00:56"Наполи" "Манчестер Сити" футболчисига қизиқмоқда, лекин...  0 00:30Фарҳод Нишонов: "Захирадан тушган футболчиларимиз ўйинни ўзгартириб юборди, фақат ёмон томонга"  0 23:55Григорий Колосовский: "Рақиб ғалаба учун ўйнади. Биз эса ғалабани истадик"  1 22:45"Реал"да Трентнинг ҳимоядаги ўйинини устида ишлашмоқда ва уни асосий бурчак тўпи ижрочиси қилишни режалаштиришяпти  8 22:14Дибала Рим дербисида Гендузи билан жанжал ҳақида: "Бу французнинг тили узун"  2 21:45Вирц жума куни янги клуби сафида тиббий кўрикдан ўтади  0 21:20Сречко Катанец билан самимий суҳбат. Мухлисларга маслаҳат ва танқидлар ҳақида (3-қисм)  25 21:00Про лига. "Жайхун" "ФарДУ" билан дуранг ўйнади, "Локомотив" сўнгги дақиқаларда ғалабага эришди  0 20:17"Реал" келаси мавсум фойдаланадиган формасини кўрсатди  11 19:51"Барселона" Луис Диас учун "Ливерпул"га қанча тўламоқчи?  6 19:25"Барселона" юлдуз ҳимоячисини сотиши мумкин  3 19:00Мареска "Челси"нинг янги трансферини анонс қилди  1 18:32Очилов, Баратов, Ўрмонжонов, Ресан, Муртозаев ва бошқалар... Суперлига 12-тур рамзий терма жамоаси  2

Samvel Babayan: "O'zimizga bo'lgan ishonch so'nib bormoqda. Tez orada jamoadagi kelajagim bo'yicha rahbariyat bilan uchrashamiz" Yangiliklar

Samvel Babayan: "O'zimizga bo'lgan ishonch so'nib bormoqda. Tez orada jamoadagi kelajagim bo'yicha rahbariyat bilan uchrashamiz"

Superliga 13-turidan o'rin olgan "Andijon" - "Navbahor" (3:0) uchrashuvidan so'ng "lochinlar" bosh murabbiyi Samvel Babayan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida

- Ushbu vaziyatda so'zlar topish juda qiyin. Bugungi mag'lubiyatimizni oqlab bo'lmaydi. Muxlislardan natija va so'nggi o'yinlardagi mazmunsiz futbol uchun uzr so'raymiz. Vaziyatlarni ko'kka sovurishda davom etyapmiz. O'zimizga bo'lgan ishonch ham so'nib bormoqda. Bu bizga ortiqcha bosim yuqlayapti. Futboldagi eng qiyin vazifa raqib darvozasiga yo'l topish. Penaltini ham golga aylantira olmayapmiz. Bugungi uchrashuvga ayrim bir sababli tufayli to'liq tayyorgarlik ko'ra olmadik. Birinchi bo'limda vaziyatlar yaratdik, ammo gol ura olmadik. Raqibimiz esa qarshi hujumda bizni jazoladi. Birinchi davra endi yakunlanmoqda va ushbu vaziyatni o'nglash uchun vaqt etarlicha. Hali natijaga erishish uchun vaqt bor. Ushbu masalani yaqin orada rahbariyat bilan kelishib olamiz. Mening jamoadagi kelajagim va klubning rejalari haqida bir to'xtamga kelamiz.

- "Navbahor"dan bunday yirik mag'lubiyatni hech kim kutmagan edi. So'nggi uchrashuvlarda jamoangiz gol ura olmayapti. Jamoadagi ichki muhit yaxshimi? Futbolchilar, murabbiylar va rahbariyat o'rtasidagi aloqalar qanday?

- Natija yomonlashgan paytlarda ayrim bir shaxslar menga shuncha mablag' to'lanmadiku deya eslab qolishadi. Men ishonch bilan ayta olamanki, klub hech kimdan qarzdor emas va barcha vadalarini bajarib kelmoqda. Jamoada ichki muhit juda yaxshi. Rahbariyat bilan ham ikki kun avval uchrashdik. Ular bizga to'liq ishonishmoqda. Biz psixologik muammo deb ko'p gapirdik, lekin aslida ushbu muammolarning ildizi o'yinchilarning darajasiga bog'liq. Yana bir bor takrorlayman, futboldagi eng qiyin vazifa - gol urish. Birinchi bo'limda ikkita yaqqol vaziyatga ega bo'ldik. Nikabadze o'sha vaziyatlardan foydalanishi kerak edi. Nega Nikabadze o'ynamayapti degan gap so'zlar ko'p bo'ldi. Ushbu futbolchi katta o'sishga erishdi, ammo bu biz uchun etarlicha emas. U bugun yomon o'ynamadi, biroq yakuniy pallada xatoga yo'l qo'ydi. Yosh futbolchi Iminjonovni ham maydonga tushirdik. U ham o'z imkoniyatiga ega bo'ldi. "Navbahor" jamoasida barchasi yaxshi. Faqatgina gol ura olmayapmiz xolos.

- "Navbahor" jamoasi braziliyalik hujumchi bilan kelishuvga erishdi degan gaplarni eshitdik. Ushbu gap so'zlar qanchalik rost?

- Selekciya bo'yicha ish olib bormoqdamiz. Oldindan bir nima deyish noto'g'ri. Braziliyalik futbolchi bilan muloqotda bo'lmadik.

- "Navbahor" mavsumdagi dastlabki mag'lubiyatini qabul qilib oldi. Bugungi yirik mag'lubiyatga izoh berib o'tsangiz? Bugungi mag'lubiyatga siz takidlab o'tgan muammolar sabab bo'ldimi yoki bugun siz tushuntirib bera olmaydigan hodisalar ro'y berdimi?

- Ettita uchrashuvda durang qayd etgandan ko'ra, bir marotaba mag'lub bo'lgan yaxshi mening fikrimcha. Ochig'ini aytsam, biz statistika bo'yicha barcha jamoalardan oldindamiz. Biz eng muhim vazifani bajara olmayapmiz. Eng muhimi gol urish. CHempionat avvalida eng ko'p gol urgan jamoa edik. So'nggi o'yinlarda esa penaltidan ham foydalana olmayapmiz. Raqiblarning barcha zarbasi esa golga aylandi. Bugun raqib autdan gol urib ketdi. Ushbu qiyin pallani yashab o'tishimiz kerak. Muammolarga echim topish asosiy vazifamiz. Kadrlar almashinuvi muammolarga echim bo'ladi deb o'ylayman. Men jamoada bo'lamanmi yoki boshqa murabbiy, tarkibga yuqori darajali futbolchilar kerak. "Navbahor" o'z oldiga katta maqsadlar qo'ydimi, katta nomlar bilan harakat qilishi kerak. Hujumdagi bir nafar o'yinchimiz so'nggi uch yilda bor yo'g'i bitta gol urgan.

Reyting: -44   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика