So’nggi yangiliklar

00:58"Атлетико" Симеоненинг ўғли билан шартномани узайтиришга яқин турибди  0 00:16Родриго Лондон клубига ўтадими?  0 23:10"Манчестер Юнайтед" Кеннет Айхгорнга қизиқиш билдирмоқда  1 22:25"Ливерпуль" ва "Ювентус" "Бавария" форварди учун курашмоқда  1 21:38"Барселона" Кейн учун 64,5 млн евро товон пули тўлашга тайёр. "Бавария" форварди Левандовскийнинг ўрнига идеал номзод сифатида кўрилмоқда  8 20:58U-21 биринчилиги. "Пахтакор" - чемпион!  3 20:36Эндрик учун янги даъвогар пайдо бўлди  2 19:55Криштиану Роналду қизини 8 ёши билан табриклади: "Даданг сени жуда яхши кўради ????"  4 19:34Карло Анчелотти: "Реал"да дуранг — бу инқирознинг бошланиши?"  2 18:15Жоан Лапорта: "Ламин Ямал — даҳо, дунёда ўз позициясида энг яхшиси, аммо ҳали чўққига етмаган"  8 17:48Тони Пулис: "ВАР кўрилиши икки дақиқадан ошмасин ва соф ўйин вақтини жорий этиш керак"  4 17:08U-19 чемпионати. Ярим финалда Тошкент ҳамда Қашқадарё дербиси бўлади  1 16:53Жереми Доку: "Арсенал" ёки бошқаларни кузатмаймиз. Агар "Ман Сити" яхши ўйнаса, биз билан рақобат қилиш қийин"  7 16:14Гвардиола ёзда "Манчестер Сити"ни тарк этиши мумкин  3 15:27Жоан Лапорта: "Барселона" ва "Реал" ўртасидаги муносабатлар яхши эмас"  1

Samvel Babayan: "O'yin oxirida mezbonlar ochko olish uchun vaqt cho'zishdi. Biz esa oxirigacha g'alaba uchun harakat qildik" Yangiliklar

Samvel Babayan: "O'yin oxirida mezbonlar ochko olish uchun vaqt cho'zishdi. Biz esa oxirigacha g'alaba uchun harakat qildik"

Coca Cola Superligasining 13-turidan o'rin olgan "Neftchi" - "Navbahor" uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Samvel Babayan matbuot anjumanida qatnashdi.

- O'yin haqidagi fikringiz qanday?

- Vodiy derbisi doim hammada qiziqish uyg'otadi. Ikki jamoa qanday o'rinda bo'lmasin, bu uchrashuv doim qiziq bo'lib kelgan. Bugun haqiqiy futbol ko'rdik. Kurashlarga boy o'yin bo'ldi. Bizda tayyorgarlikda biroz muammolar bo'ldi chog'i, vaziyatlarni yakunlashda muammo yuzaga keldi. Bu erga g'alaba uchun kelgandik. Oxirgi soniyalargacha hujum qilishga harakat qildik. Raqibning yaxshi himoyasini ham takidlab o'tish kerak. "Neftchi" ushbu mavsum ikkinchi raqamda o'ynab, qarshi hujumda harakat qilmoqda. Biz bunga tayyor edik, ammo bir necha vaziyatlarda ularga imkoniyat berdik. O'yin oxirida mezbonlar ochko olish uchun vaqt cho'zishdi. Biz esa oxirigacha g'alaba uchun harakat qildik. Nima bo'lishidan qatiy nazar, yigitlar harakat qilishdi. Bu o'yin bizga dars bo'ldi.  Hammasi joyida. Keyingi o'yinlarga sifatli tayyorgarlik ko'ramiz. 

- Oston O'runov bugun terma jamoadagi o'yinlaridan keyin biroz toliqqandek tuyuldi. SHu holatga fikringiz qanday?

- Ostonga nisbatan raqiblar boshqacha tayyorgarlik ko'rishni boshlashdi. Bugun ham har bir vaziyatda uning oldida "Neftchi" o'yinchilari paydo bo'ldi. Ikkinchidan, Oston bugun o'yinga kichik jarohat bilan chiqqandi. Buning uchun unga qoyil qolishimiz kerak.

- FIFA kunlari doirasida "Navbahor"dan 6 ta futbolchi terma jamoalarga chaqirildi. Ushbu o'ynichilarning uchrashuvga tayyorgarlik jarayonida ishtirok etmagani jamoa o'yiniga tasir qildimi?

- O'yinchilarimizning termaga chaqirilishi bu katta sharaf. Bu ular uchun tajriba. Biroq, bugungi o'yinga futbolchilar turli xil sport formasida kelishdi. Ochiqchasiga aytaman, biz bilan o'yinga tayyorlangan futbolchilar bugun yaxshi harakat qilishdi. Ular jarohatlanganlarni ham o'rnini bildirishmadi. Yana qaytaraman, terma jamoaga chaqirilgan futbolchilar jamoamizda bo'lishi bu sharaf. Ularning soni keyingi yig'inlarda ko'proq bo'lishiga ishonaman. CHernogoriya termasiga chaqirilgan futbolchimiz esa u erda 45 daqiqa o'ynab, ovqatdan zaxarlanish bilan ortga qaytdi. SHu sabab ham u bugun o'yinda o'zini ko'rsata olmadi. Umuman olganda bu narsa bizga tajriba bo'ldi.  

- Jamoaning yozgi transferlar oynasidagi rejalari haqida gapira olasizmi?

- "Navbahor" har kuni jamoani qanday kuchaytirish haqida o'ylaydi. Biroq, bizda ham malum imkoniyatlar bor va biz bu chegaradan chetga chiqa olmayman. Nimeli borasidagi xabarlar esa haqiqatga to'g'ri kelmaydi. Boshqa o'yinchilar, kuchaytirishlarni esa shovqin ko'tarmasdan bajarish kerak.

- Birinchi davra yakunlanishiga bir tur qoldi. Fikringizcha, "Navbahor"ga chempionlik yo'lida kim raqobat qilishi mumkin?

- Hozir vaziyat qiziqarli tus olgan. O'tgan yilgi kabi raqobat bo'lib, oxirgi turga qadar bosim ostida bo'lishimizni istab qolardim. Turnir jadvalidagi olti jamoa chempionlik uchun kurashda deb hisoblayman.

Reyting: -42   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика