So’nggi yangiliklar

07:31U-20 ЖЧ. Чорак финалнинг барча жуфтликлари маълум  0 01:49ЖЧ-2026 саралаши. Рангник термасидан 10та гол, Нидерландия, Фарер ороллари ҳамда Даниядан йирик ғалаба ва бошқа натижалар  6 01:39Ўртоқлик учрашуви. Дербида Англия Уэльсни йирик ҳисобда мағлуб этди  0 01:15Мухлислари Моуриньюни ҳақорат қилгани учун "Порту" жаримага тортилди  2 00:55Погбанинг катта футболга қайтиши кечикмоқда  0 00:34А Сериянинг сентябрь ойидаги энг яхши футболчиси аниқланди  2 00:16ЖЧ-2034нинг 2035 йилда бўлиши мумкинлиги ҳақида Инфантино нималар деди?  1 23:50Мбаппе: "Винисиус билан муносабатларимиз яхши. Одамлар истаганини гапиради"  0 23:34Нани: "Аморимга вақт керак"  2 23:13ЖЧ-2026нинг 20-иштирокчиси маълум бўлди  0 22:51Валерий Карпин Эронга қарши ўйин олдидан нималар деди?  7 22:17Лапорта де Йонгнинг норозилиги ҳақида: "Майамига бориш керакми, борамиз"  1 21:55Бундеслиганинг сентябрь ойидаги энг яхши футболчиси эълон қилинди  1 21:31Осиё Кубоги саралаши. Тожикистон Мальдив оролларидан устун келди, "Хоразм" футболчиси гол урди  1 21:15"Манчестер Юнайтед" Магуайр билан шартномани узайтирмоқчи  5

Samvel Babayan: "Osiyoning eng kuchli jamoasiga qarshi o'ynadik" Yangiliklar

Samvel Babayan: "Osiyoning eng kuchli jamoasiga qarshi o'ynadik"

Osiyo chempionlar ligasi 5-tur "Navbahor" - "Al Hilol" (0:2) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Samvel Babayan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- Bugun Osiyoning eng kuchli jamoasiga qarshi o'ynadik. "Al Hilol" deyarli ideal shakllangan jamoa. Bugun biz himoyada tartibli o'yin namoyish etib, tezkor qarshi hujumga o'tishni maqsad qilgandik. Ammo raqib xatoga yo'l qo'yishga majbur qildi. Fikrimcha ikkinchi penalti qo'yilgan vaziyat bahsli edi va so'nggi qaror hakamga bog'liq edi va u penalti belgiladi. Guruhdan chiqish imkoniyatlarimiz juda yaxshi va biz ulardan maksimal tarzda foydalanishga harakat qilamiz.

- Bugungi uchrashuvga asosiy tarkibni tanlashda xatoga yo'l qo'ymadingizmi. Sababi biz qarshi hujumga tayanib o'ynadik demoqdasiz, ammo qanotda tezkor Doniyor Abdumannopov bugun zaxirada qoldirildi? Toma Tabatadze ham katta tezlikka ega futbolchi emas.

- Tarkibni bor futbolchilardan tanladim. Qanotda Ismoilov va Sobirjonovlar o'ynashdi. Abdumannopov shamollab qolgandi va to'liq tuzalishga ulgurmadi. U maydonga tushganida juda qiynaldi. Keyingi uchrashuvlarga qadar u to'liq sog'ayib ketishiga umid qilaman. Yigitlar bugun yaxshi o'ynashdi va ularga hech qanday etirozim yo'q. Yana bir marotaba takrorlayman, biz Osiyoning eng kuchli jamoasiga qarshi o'ynadik. "Al Hilol"ga qarshi hujumkor o'yin namoyish etish ilojsiz narsa. Masalan chempionat doirasidagi so'nggi uchrashuvda "Al Hilol" 9ta gol urdi. Tasavvur qilyapsizmi 9ta.

- Abror Ismoilov bugun ancha agressiv harakat qildi. Ismoilovga siz ko'rsatma berganmidingiz yoki u o'zi shunday o'yin namoyish etdimi?

- Abror birinchi o'yinda ham va bugun ham juda yaxshi o'yin namoyish etdi. Bugun hujumlarni yakunlovchi futbolchi etishmadi bizga.

- Jamoani bugungi uchrashuvga yaxshi tayyorladingiz, ammo o'tgan uchrashuvda jamoa mag'lub bo'ldi. Jamoaga stabillik etishmayapti. Bunga sabab nima?

- Bizda o'yinlar soni juda ko'p, ayniqsa mavsum so'ngida. Zaxira o'rindig'i ham bizga pand bermoqda. Ko'proq rotaciya qilishim kerak, ammo zaxirada sifatli o'yinchilar etishmayapti. Futbolchilar ham mavsum so'ngida charchashgan. Qo'shimchasiga ko'p futbolchilar kuzda shamollab qolishdi.

- Rotaciya haqida gapirdingiz. Lekin bizningcha "Nasaf", "Paxtakor" kabi azaliy raqiblar bilan solishtirsak, "Navbahor"ning zaxira o'rindig'i eng kuchlisi. Aynan qaysi poziciyalarda sizga o'yinchilar etishmayapti.

- Zaxirada yosh futbolchilar o'tiribdi. Yoshlar jamoasida o'ynaydigan futbolchilarimiz o'z musobaqasida so'nggi o'rinda borishmoqda. Ular hali chempionlar ligasiga tayyor emas. CHempionlik darajasiga mos futbolchilar jalb etishimiz kerak.

Reyting: -35   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика