So’nggi yangiliklar

08:55Sofascore талқинига кўра топ-5 лигалардаги энг яхши футболчилардан тузилган рамзий жамоа эълон қилинди  0 08:26Роберто Карлос касалхонадан чиқди  0 07:59Sofascore. Шукуров ва Мозговой неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 07:30Алижонов Эрон клуби билан келишувга эришди  7 02:40А Серия. "Милан" Сардинияда ғалабага эришди  3 01:23Роналду 5 ой деганда чемпионатда гол ура олмади  8 00:55"Интер" футболчиси "Ювентус"га ўтишни истамоқда  0 00:40Саудия Арабистони. Иккита қизил, 5та гол - "Ал Насср" мавсумда илк марта мағлуб бўлди  12 00:13"Ливерпуль" футболчисига шартнома таклиф қилади  0 23:47"Борнмут" 37 ёшли дарвозабон билан шартнома имзолади  0 23:24"Бавария" Гвардиоланинг собиқ ёрдамчисини ишга олди  1 22:50БАА. "Бани Яс" ўз майдонида ютқазди, Шукуров пенальтидан гол ура олмади  6 22:37Мбаппе Саудия Арабистонига боради, лекин...  1 22:16"Кристал Пэлас" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширди  0 21:32"Интер" ва "Ал Ҳилол" музокараларга киришди  0

Samvel Babayan: "Muhim g'alabani qo'lga kiritdik" Yangiliklar

Samvel Babayan: "Muhim g'alabani qo'lga kiritdik"

Jahon chempionati-2018 ikkinchi saralash bosqichi 5-tur o'yinlari doirasidagi Bahrayn – O'zbekiston (0:4) uchrashuvidan so'ng matbuot anjumani tashkil etildi.


"Birinchi navbatda o'zbekistonlik barcha futbolchi muxlislarini g'alaba bilan tabriklayman. Juda muhim g'alabani qo'lga kiritdik. O'yinga to'xtaladigan bo'lsam, birinchi bo'limda biz o'yinni nazorat qildik. Ikkinchi taymda esa yuzaga keltirgan vaziyatlardan unumli foydalandik. Bugun futbolchilar berilgan vazifalarni aniq bajarishdi. Bizning maqsadimiz keyingi o'yinlarda ham g'alabalarni qo'lga kiritish. Biz har bir o'yinga raqibni puxta o'rgangan holda tayyorlanamiz. Bahrayn bugun yutqazdimi yoki biz g'alaba qozondikmi? Bahraynni kuchsiz raqib demagan bo'lardim. Bunday desak adolatdan bo'lmaydi. Bu jamoa ishtirokidagi o'yinlarni ko'rdik, ularni yaxshi o'rgandik. Bahraynning KXDRga qarshi uchrashuvini tomosha qilgandik, ular bu bahsda mag'lubiyatga munosib o'ynashmagandi. Biz ularning etakchi futbolchilarini zararsizlantira oldik va ular istagan futbolni ko'rsatishlariga to'sqinlik qildi. SHu boisdan bugun darvozamizni quruq saqlay oldik. To'rtta gol urganimizga kelsak, bizning hujumdagi guruhimiz juda kuchli ijrochilarga ega. Ular o'yindan-o'yinga o'zaro bir-birlarini tushunib harakat qilishmoqda. O'yinimiz ham asta-sekin barqarorlashib bormoqda. Bu esa quvonali holat", - deydi Samvel Babayan.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика