So’nggi yangiliklar

18:09Қувватовдан сўнг энди Цигер "Навбаҳор"га йўл олмоқда. "Нефтчи" пойгадан чиқяптими?  1 17:56Шаҳбоз Жўрабеков: "Бир жамоага ишониб "Қизилқум" билан хайрлашгандим. Клубсиз қолишим мумкин эди. "Бунёдкор"ни қутқариш учун келдик"  1 17:23Кантона Ямалга тан берди  1 16:59"Реал" янги мавсум учун меҳмон либосини тақдим этди  1 16:36Роналдо Эндрикнинг "Реал"даги истиқболига баҳо берди  2 16:11"Испания Еврони ҳақли равишда ютди" — Бензема  2 15:49Бонуччи Калафьорининг "Арсенал"га ўтаётганидан афсусда  2 15:27"Бавария"нинг молиявий аҳволи оғирми?  6 15:00ПСЖ Санчо бўйича таклиф билан чиқди  1 14:37"Навбаҳор" Александр Лобанов билан хайрлашди  21 14:11Меринонинг келажаги яқин орада ҳал бўлади  2 13:47"Барселона" Фати билан хайрлашмоқчи эмас  5 13:23"Арсенал"нинг икки ҳимоячиси мавсумолди тайёргарликни ўтказиб юборади  1 12:58Расман: "Арсенал" "Аякс" дарвозабони билан шартнома имзолади  1 12:33"Сурхон" назорат ўйинида "Олимпик"дан устун келди  4

Samvel Babayan: "Kelasi yili tarkibni yoshartiramiz" Yangiliklar

Samvel Babayan: "Kelasi yili tarkibni yoshartiramiz"

Coca Cola Superligasi 26-turida "Neftchi"ga qarshi o'yindan keyin "Navbahor" bosh murabbiyi Samvel Babayan fikrlarini bildirdi.




- Barchaga salom. "Neftchi"ga qarshi principial o'yin bo'ldi. Bu o'yin uchun futbolchilarga kayfiyat berish ham shart emas, ularning o'zlari barchasini tushunib turishibdi. Ushbu mavsumda shunday grafikda yuqori darajada o'yinlar o'tkazganlari uchun yigitlarga rahmat aytaman. Ular maksimal darajada professionallik, o'z ishlariga, "Navbahor"ga sodiqlik namoyish qilishdi. Bu yo'lda jamoaning jismoniy tayyorgarligi bir chetga chiqib tursin, ko'p narsa ruhiy tayyorgarlikka bog'liq bo'ladi. Bu erda futbolchida xarakter, masuliyat bo'lishi kerak. Ha, g'alaba qozona olmadik, biroq durang - jamoada xarakter borligini ko'rsatadi. Birinchi bo'limda mag'lub bo'layotgan jamoa ikkinchi bo'limda o'zida kuch topdi. Yigitlarga rahmat aytaman va muxlislardan ushbu mavsumda bajarilmagan vazifa uchun uzr so'rayman. Barchasini 4 dekabrdan keyin gaplashib olamiz. Oldimizda OCHL o'yini kutib turibdi, ushbu o'yindan keyin barchasini gaplashib olsak, taxlil qilib, nimalarda xato qilganimiz, nimalarda yutuqqa erishganimizni bilib olamiz.

- Mavsum uchun rahmat. Oson mavsum bo'lmadi. Ushbu mavsumda "Navbahor" munosib o'yinlar ko'rsata oldi deb o'ylaymiz. Bugungi o'yinning sustligiga nima sabab bo'ldi? CHarchoq alomatlarimi yoki jarohatlar?

- Ilk navbatda shunga ahamiyat bering, zaxirada asosiy tarkibning faqatgina ikki futbolchisi o'tirgandi. Bular Azim Ahmedov hamda Asadbek Sobirjonov. Qolganlar esa hali asosiy uchun tayyor bo'lmagan yoshlar edi. Albatta, zaxira o'rindig'i torlik qildik. Agarda qarab chiqsak, bizning uch fronta kurashishimiz uchun yuqori darajadagi futbolchilar etarlicha bo'lmadi. O'yin yakunida kuchaytirish uchun zaxirada hech kim yo'q edi. Jarohati sababli ayrim futbolchilar o'yin yakunida kiyim almashtirish xonasiga zo'rg'a etib bordi. Bu futbolchining professionalligidan dalolat. Bugun muxlislarimiz sababli ruhiy jihatdan ham raqibga mag'lub bo'lmasligimiz kerak edi. Gap princip haqida ketmoqda. Umuman olganda "Neftchi" "dam olmoqda". Ular kubokdan chiqib ketganiga ancha bo'ldi, xalqaro maydonda o'ynashmaydi. Tabiiyki, ularning bizdan ko'ra kuchi ko'proq. "Navbahor"ning "Neftchi"dan yuqorida bo'lishi princip masalasi edi va buni biz uddaladik. Buning uchun yigitlarga katta rahmat aytaman. Muxlislar esa jamoadan xursand bo'lishlari kerak. CHunki futbolchilar "Navbahor" uchun katta tarix yaratishdi. Bugungi kunda "Navbahor"ni faqatgina O'zbekistonda emas, butun Osiyoda tanishadi. Endi bizda doimo xalqaro maydon uchun kurashish uchun ishtiyoq juda katta bo'ladi. Kelgusida muxlislarni yanada xursand qilish uchun qo'limizdan kelganini qilamiz. 

- O'tgan yili Siz Namangandagi futbol darajasini yuqoriga ko'tarishni, namanganlik yoshlarga etibor qaratilishini vada qilgandingiz. Yakunda biz chempion ham bo'lmadik va yoshlarga ham imkoniyat bermadik. Ikkinchi savol: kelasi mavsum uchun rejalaringiz.

- Rahmatli Viktor Jalilov yosh iqtidorlarni topish borasida juda katta ish olib borgandi. Undan keyin akademiya direktori Alisher Ismoilov bilan ham katta hajmli mehnat qildik. Viloyat terma jamoasini yuqori darajaga qaytardik. 10 yosh, 9 yoshli futbolchilarni Viktor Jalilov bilan birga tanlab oldik. Bu ishlar ertagayoq meva bermaydi, kelajak uchun katta xizmat qiladi. Bugun esa biz Mo'minov xizmatidan foydalana olmadik. U uch o'yinni o'tkazib yubordi, Hindistonga ham bormaydigan bo'ldi. Qolgan yigitlar esa "Navbahor"ning maqsadlari uchun turib bera oladigan darajada emas. Kelajakda yoshlar ham o'yin amaliyotiga ega bo'lib, biz istagan darajaga chiqishi mumkindir. Ayrim futbolchilarni ijaraga berib yubordik, ularni ham o'ynasin dedik. Masalan, Asad Jo'raboev. U "Olimpik" safida bizga qarshi yaxshi o'yin ko'rsatgandi, jangovarlik namoyish qildi. Indoneziyada o'tgan jahon chempionatida munosib qatnashgan termaning 4 nafar futbolchisi "Navbahor"dan edi. Ular birinchi ligada o'ynashadi. Bizda yoshlar yo'q emas, bor. Lekin ularga bo'lgan yo'nalish boshqacha. Vaqt o'tib, mahalliy yigitlar ham paydo bo'ladi. Ammo bu ishlar to'xtab qolmasligi, uzluksiz davom etishi kerak. Ayni damda "Navbahor"ning jadvali juda tig'iz bo'lganligi sababli barchasiga ham ulgurib bo'lmayapti. Kelajakda klub uchun mahalliy yoshlar paydo bo'lishiga ishonaman. 

Kelasi mavsum uchun rejalarni Viloyat Hokimi aniqlaydi. Yaqinda biz Hokim bilan ko'rishganimizda u o'z maqsadlarini aniq qilib tushuntirdi: kelasi mavsumda etibor yoshlarga qaratiladi. Tushunyapsiz-a? Bu Sizning birinchi savolingizga javob. Kelasi yili yoshlarga etibor qaratamiz. Vazifamiz shunday bo'larkan, tarkibga butun O'zbekistondan yoshlarni jalb qilamiz. Boshqa klublar bilan biz ham rivojlanayotganimiz borasida raqobatlashamiz. So'nggi yillarda bizga qadar o'yin amaliyotiga ega bo'lmasdan turib, bizga kelib, termaga chaqirilgan futbolchilar ko'paydi. Ular top-darajada o'ynashdi, ularning kimligini bilasiz ham. SHu sababli ism-familiyalarini ajratib ko'rsatish shart emas. Biz o'z loyihamiz orqali "Navbahor" rivojlanayotganini ko'rsatdik. Endi biz nafaqat Namangan, balki butun O'zbekistonning iqtidorlilari uchun kurash boshlaymiz. Vazifa - tarkibni yoshartirish va etiborni oshirish.

- 4 dekabr kungi o'yin haqida.

- "Mumbay Siti"ning statistikasi unchalik yaxshi bo'lmasa-da, etarlicha muammolar tug'dira oladigan jamoa. Ular zamonaviy o'yin namoyish qilishadi. O'z maydonimizda ularga qarshi o'ynash juda qiyin bo'ldi. Penaltidan keyin o'yin qanchalik qizib ketganini ko'rgandingiz. Raqib jiddiy, ular Eronda to'liq tarkib bilan o'ynamadi va bizga qarshi o'yinda barcha legionerlari maydonga tushadi. Biz esa bugun muhim futbolchilarimizni boy berdik. Jamoaning asosiy markaziy himoyachisi, etakchisi Filip safdan chiqdi. Ibrohim Yo'ldoshev qizil kartochka oldi. Mo'minov ham jarohatda, ularning Hindistonga uchishi ham so'roq ostida. Oldimizda qiyin o'yin kutib turibdi. O'sha kuni nafaqat Namanganda, balki, butun O'zbekistondagi muxlislar bizni qo'llab turishlarini so'rab qolaman. CHunki biz O'zbekiston sharafini himoya qilamiz.

Reyting: -45   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика