So’nggi yangiliklar

17:50Мерсон: "Манчестер Сити" "Реал"ни шарманда қилди"  7 17:23АПЛнинг топ-клублари "Кристал Пэлас" вингерига қизиқишмоқда  0 17:10Ўзбекистон Кубоги. "Пахтакор", "Металлург" ва "Сўғдиёна" иштирокидаги ўйинлар давом этмоқда  7 16:56"Бу буюк мамлакат – Ўзбекистондаги биринчи ФИФА турнири бўлади" — Жанни Инфантино  7 16:30"Барселона" мухлисларининг Париждаги хатти-ҳаракати учун жаримага тортилди  1 16:01"Барселона" Ханси Фликни эҳтимолий бош мураббий деб ҳисобламайди  2 15:32"Манчестер Юнайтед" 3 нафар ҳимоячига қизиқиш билдирмоқда  0 15:00Ибороҳимҳалил Йўлдошев: "Қайрат" жамоаси мени илиқ кутиб олди ва жамоага яхши киришиб кетдим. Корея ва Япония терма жамоалари Осиё кубогида фаворит"  3 14:58Нагельсманн "немис машинаси" билан шартномани узайтирди  2 14:32Футзал бўйича ФИФА Жаҳон чемпионати-2024 мезбон шаҳарлари эълон қилинди  13 14:15Ўзбекистон клублари нега доим футболчилардан қарз бўлаверади? Камолиддин Мурзоев билан интервью  5 14:07Ўзбекистонлик ҳакам футзал бўйича Осиё Кубоги 2-турига тайинланди  0 13:51"Бавария" ҳимоячиси ёзда жамоани тарк этишни истамаяпти  0 13:25"Барселона" ярим ҳимоячиси билан шартномани узайтирмоқчи  0 12:57"Реал" вингери "Барселона"га қарши ўйинни ўтказиб юбориши мумкин  6

Samvel Babayan: "Ikkinchi davradagi rejalarimizda Ahmedov ham, To'xtasinov ham bor" Yangiliklar

Samvel Babayan: "Ikkinchi davradagi rejalarimizda Ahmedov ham, To'xtasinov ham bor"

Coca Cola Superliga 10-turidan o'rin olgan "Olimpik" – "Navbahor" qoldirilgan bellashuvidan so'ng o'tkazilgan matbuot anjumanida mehmonlar bosh murabbiyi Samvel Babayan qatnashdi.


- O'yin haqidagi fikringiz qanday?

- O'yin boshida gol kiritdik. Dastlabki 15 daqiqada ham bir qator vaziyatlar yaratdik. Ammo ulardan foydalana olmadik. Raqib o'yinini ham etirof etish lozim. Yosh yigitlar bosimsiz, mazza qilib futbol o'ynashmoqda. Bizga g'alaba ko'proq kerak edi. Biz o'yinni boshqarishimiz lozim edi. Ammo buning iloji bo'lmadi. Hali ustida ishlashimiz kerak bo'lgan jihatlar etarlicha. Bazan o'yinning borishini nazoratdan chiqarib qo'ymoqdamiz. 

- Nurillo To'xtasinovning o'yinidan mamnun emasligingiz va davralar oralig'ida futbolchini qo'yib yuborishga tayyor ekanligingiz haqida eshitdik. Bunga qanday munosabat bildira olasiz?

- Bunaqa gap bo'lmagan. To'xtasinov asosiy tarkib o'yinchisi. U bizning ikkinchi davradagi rejalarimiz tarkibiga kiradi. 

- Oxirgi daqiqalarda "Navbahor" hujum qilmadi. Bu charchoq bilan bog'liqmidi?

- Hujumlar qildik. Ammo yaxshi vaziyatlar yarata olmadik. Ikkinchi taymda birinchi bo'limdagidan kamroq vaziyatlar bo'ldi. Hujum qilishga raqib jamoadan ko'ra ko'proq biz harakat qildik. Ammo vaziyatlar yarata olmadik. 

- AGMK bilan o'yindan keyin Azim Ahmedov jamoa bilan xayrlashganmidi?

- Nima uchun hamma o'yinchilarimizning xayrlashgani, jamoadan ketayotgani haqida gapiryapti? Ikkala o'yinchi ham "Navbahor" azosi. Bizning ikkinchi davradagi rejalarimizda Ahmedov ham, To'xtasinov ham bor. Futbolkasini muxlislarga taqdim qilgani emociya natijasida kelib chiqdi. Ahmedov zaxiradan o'yinga qo'shildi, g'alabaga o'z hissasini qo'shdi. Bu esa futbolchining emociyalarga berilishiga sabab bo'ldi. Bunaqasi bo'lib turadi. Zaxiramizda futbolkalar etarlicha. 

- "Navbahor" birinchi davrani peshqadam sifatida yakunladi. Jamoaning o'yinidan qanchalik ko'nglingiz to'ldi?

- Albatta, ko'proq ochkolar jamg'arishni istagandik. Ochko yo'qotgan o'yinlarimizda ham juda ko'p imkoniyatlar yaratgandik. 25 ochko albatta kam. Ammo bu haqiqiy reallik. "Navbahor" tom manoda yangidan qurilmoqda. Tarkibdagi 70% o'yinchilar jamoada yangi. Oldinda katta ish turibdi. Jamoada etarli potencialga ega. Aytib o'tganimdek, o'yinni boshqarish va hujumda agressiv o'ynash borasida ishlashimiz kerak. Jadvalda peshqadam ekanimizga kelsak, bu albatta xursand qiladi. Himoya chizig'imiz ham ishonchli o'yin ko'rsatmoqda. O'tkazib yuborilgan gollar borasida ham eng yaxshi natijalardan biri bizga tegishli. Vaziyatlardan foydalanish borasida esa muammolar etarli. 

- "Navbahor" o'z tarkibiga Diyor Turopovni qo'shib oldi. Jamoada yana qanday yaxshi o'zgarishlar bo'ladi?

- Biz Diyor Turopovni jamoamiz o'yinchisi sifatida rasman elon qilganimizdan so'nggina, u "Navbahor" futbolchisiga aylanadi. Albatta, hozirda bir necha o'yinchilar bilan muzokaralar ketmoqda. Biroq, "Navbahor"ning hozirgi tarkibida ham kuchli o'yinchilar etarlicha. Ikkinchi davrada tarkibga unchalik ham ko'p o'yinchi qo'shilmaydi. Asosiy etibor birinchi davradagi o'yinchilarga qaratiladi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика