So’nggi yangiliklar

07:25"Сиэтл Саундерс" Лига кубогининг финалида Месси бошчилидаги "Интер Майами"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  2 02:32ЛаЛига. "Барселона" Мадридда дуранг ўйнади  26 01:42А Серия. "Интер" ўз майдонида ютқазди, "Лацио"дан йирик ғалаба  2 01:15АПЛ. Эмилиано Мартинес қайдномага киритилмаган ўйинда "Астон Вилла" ўз майдонида йирик ҳисобда ютқазди  0 00:52Давид Райя: "Янги тўплар эскисидан фарқ қилади"  2 00:14Бундеслига. "Боруссия" Д йирик ғалабага эришди  0 23:45А Серия. "Ювентус" 2-турда ҳам ғалабага эришди  4 23:30Абдуқодир Ҳусанов "CAFA Nations Cup" мусобақасида ўйнайдими?  5 23:08Туркия. "Истанбул Башакшеҳир" ўз майдонида "Эйюпспор"ни мағлуб қила олмади  37 22:55"Севинч" тарих яратди ва ОЧЛга йўлланма олди!  5 22:40Пеп Гвардиола: "Балки Ҳусанов жароҳат олмаганида ютқазмаган бўлардик"  23 22:25АПЛ. "Ливерпуль" Собослаининг суперголи эвазига "Арсенал"ни мағлуб қилди  40 21:53"Манчестер Юнайтед" янги дарвозабони билан келишувга эришди  10 21:45АПЛ. "Брайтон" - "Манчестер Сити" 2:1  1 21:35Родри: "Мен Месси эмасман"  14

Samvel Babayan: "Ikkinchi davrada tarkibimizni yanada kuchaytirishni istaymiz" Yangiliklar

Samvel Babayan: "Ikkinchi davrada tarkibimizni yanada kuchaytirishni istaymiz"

"Navbahor" hamda "Buxoro" o'rtasidagi Superliganing qoldirilgan 8-tur o'yinidan (1:0) so'ng mezbon jamoa ustozi Samvel Babayan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

“Avvalo, bugungi g'alaba uchun yigitlarga rahmat. Muxlislarimizni ham bugungi g'alaba bilan tabriklayman. Turnir jadvalidan va so'nggi o'yinlardagi bosimdan kelib chiqsak, bugungi g'alaba juda muhim edi. Raqib himoyada keskin o'ynadi. Ularni xato qilishga majbur eta oldik”, - dedi Babayan.

“So'nggi vaqtlarda Superliga klublari moddiy-texnik bazasini kuchaytirishga harakat qilishayapti. Bundan esa faqat liga yutadi. O'tgan mavsumda chempionlik so'nggi turda hal bo'ldi. Bu esa, jamoalarning darajasi kuchayganini anglatadi. Ikkinchi davrada barcha jamoalar o'z tarkiblarini kuchaytirishga harakat qiladilar. Kim ko'proq va yaxshiroq tayyor bo'lsa chempionlik uchun imkoniyatlari yuqori bo'ladi”.

“17 yoshli o'smirlarimiz Osiyo chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etishdi va jahon chempionatiga yo'llanmani qo'lga kiritishdi. Bu tarkibda “Navbahor”ning  4 nafar futbolchisi bor. Bundan esa albatta xursandmiz. Bu esa, yoshlar bilan to'g'ri ishlayotganimizdan darak. Ular Jahon chempionatida terma jamoamiz sharafini himoya qilishdan tashqari bizning nomimizni ham barchaga tanitishadi”.

“Albatta, ikkinchi davrada tarkibimizni yanada kuchaytirishni istaymiz. Bu borada ishlar ketmoqda. Agarda yangiliklar bo'lsa, bu borada matbuot xizmati barchani xabardor qiladi. Aniq ayta olamanki, jamoa ikkinchi davraga yaxshiroq tayyorgarlik va yanada kuchliroq tarkib bilan kirishadi”.

Reyting: -15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика