So’nggi yangiliklar

19:46"Динамо" - "Нефтчи". Асосий таркиблар эълон қилинди  0 19:11Ўзбекистон Кубоги. "Пахтакор" – "Олимпик-MobiUz", "Хоразм" – "Навбаҳор"  1 18:50Куртуа Трент ҳақида: "Унинг жарима зарбалари ва бурчак тўплари – бошқа даражада, бундай техникaни ҳеч қачон кўрмаганман"  1 18:27Эшитдик-да! Шацких "Пахтакор"дан икки андижонлик футболчини "Андижон"га олиб келмоқчи  13 17:49Клублар ўртасидаги Жаҳон чемпионатида қайси жамоа ғолиб бўлади? Opta жавоб берди  11 17:10Лаутаро билан Чалханоғлу ўртасидаги низо туфайли "Интер"да фавқулодда йиғилиш бўлиб ўтди  2 16:05Марказий Осиё. Қозоғистонда пешқадам очко йўқотди, Қирғиз Республикасида кубок ярим финалчилари маълум, Туркманистонда "Аркадағ" 3 та гол ўтказиб юборди  1 15:28Зейтуллаев, Алибоев, Йўлдошев ва Жиянов — Суперлигада 14-турнинг энг яхшилари  4 14:07Алибоев, Норчаев, Жиянов, Ҳожимирзаев ... Суперлига 14-тур рамзий терма жамоаси  7 13:27Расман: Оливье Жиру "Лилль"га ўтди  0 13:08"Барселона" 2025/26 мавсум учун уй либосини тақдим этди  4 12:40Ла Лига раҳбари Тебас клублар ўртасидаги ЖЧ ҳақида: "Бу турнир бошқа ўтказилмаслиги учун қўлимдан келган барча ишни қиламан"  10 12:15Гёкереш инглиз клуби билан келишиб олди  2 11:47Факт: Вадим Абрамов жамоаси Виталий Левченко бошқараётган "Нефтчи"ни ҳали ютмаган  10 10:48Бугун аёллар терма жамоамиз Лаосга қарши баҳс олиб боради  0

Samvel Babayan: "Biz bugun mag'lub bo'la olmasdik. Ushbu o'yinni Viktor Jalilovning xotirasiga bag'ishlaymiz" Yangiliklar

Samvel Babayan: "Biz bugun mag'lub bo'la olmasdik. Ushbu o'yinni Viktor Jalilovning xotirasiga bag'ishlaymiz"

Coca Cola Superligasi 9-turidan o'rin olgan "Nasaf" – "Navbahor" uchrashuvidan so'ng, mehmonlar bosh murabbiyi Samvel Babayan matbuot anjumanida qatnashdi.

O'yin haqida

- Bugungi o'yin eng qiziqarli, keng qamrovli o'yinlardan biri edi. Ikki katta klub bugun maydonga tushdi. Umuman olganda, hisob adolatli bo'ldi. Bu kabi teng kechgan o'yinda mag'lub bo'lish alamli bo'lishi mumkin edi. Biz ayniqsa ikkinchi taymda yaxshi o'ynashni boshladik. Qaysidir daqiqalarda ustunlik ham qildik. Birinchi taymda o'yinimiz qovushmadi. Ishlash kerak bo'lgan jihatlarimiz bor. Bugun to'qqizinchi tur bo'lsa, hali o'zimizning optimal tarkib bilan hali ham o'ynolmadik. Jarohatlar, diskvalifikaciya... Ishonamanki, tez orada to'liq tarkibda maydonga tushamiz. Yigitlarga mehnatlari uchun rahmat aytaman. Yana bir muhim jihat bor. Biz bugun mag'lub bo'la olmasdik. Ushbu o'yinni Viktor Jalilovning xotirasiga bag'ishlaymiz. O'zbekiston tarixidagi eng buyuk murabbiylardan biri. O'zidan juda ko'p narsa qoldirgan shaxs. Men uchun Viktor Jalilov ikkinchi otam kabi edi. Hayotimning katta qismida Viktor Jalilov menga ustozlik qilgan, yo'l ko'rsatgandi. Bugungi kunga qadar biz birga edik. O'zbek futboli, qolaversa, ularning yaqinlari uchun juda katta yo'qotish bo'ldi.

- Biz ham qashqadaryolik muxlislar, OAV xodimlari nomidan Viktor Jalilovning vafoti munosabati bilan ularning oila azolariga chuqur taziya bildiramiz. Biz ham u kishini bilardik. Viktor aka Muborakda faoliyat yuritganlar, Qashqadaryo futboliga ham ulkan mehnatlari singgan. O'yinga kelsak, bugun "Navbahor" g'alaba qozonishi uchun nima etishmadi?

- Bugun bizga birinchi taymda hujumdagi agressiya etishmadi. Birinchi 10 daqiqada biz raqibni juda kech kutib oldik. Biz boshida yigitlar bilan bunga kelishmagandik. Ikkinchi bo'limda Yaxshiboev maydonga tushganidan so'ng hujumimiz yaxshilandi. "Nasaf" himoyachilarining darajasi bizga hujumda yaxshi harakat qilishga imkoniyat bermadi. 

- "Navbahor" chempionatning dastlabki turlarida yorqin g'alabalar qayd etdi. Keyinchalik esa jamoa o'yinida pasayish bo'ldi. Bunga sabab nima?

- Pasayish bo'lmadi. SHunchaki, ikkita o'yinni yutqazib qo'ydik. Bu o'yinlarda g'alaba qozonishimiz kerak edi. "Paxtakor"ga qarshi o'yinda yoshbolalarcha gollar o'tkazdik, qo'shimcha daqiqalarda penaltini urolmadik. OKMKga qarshi o'yinni esa tushuntirib berish qiyin. Bu ikki o'yinda gap texnikada ham, taktikada ham emas. Biz bu o'yinlarda kurashda yutqazdik. Futbolimiz yaxshi. Bugun ham yigitlarga rahmat aytaman. O'yinchilarim bugun barcha kurashlarda yutib chiqishdi. Ayniqsa, ikkinchi qavatdagi kurashlarda. Biz bugun standart vaziyatlarda raqibga hech qanday imkoniyat qoldirmadik.

- Kecha "Paxtakor" g'alaba qozondi. Bugungi o'yin natijasi "Navbahor" uchun juda muhim hisoblanardi. SHu nuqtai nazardan olib qaralsa, bugungi natijadan qoniqdingizmi?

- To'g'risi, biz faqat g'alaba uchun maydonga chiqyapmiz. Bugungi natija adolatli bo'ldi. "Paxtakor"ga kelsak, bizda raqobatchilar ko'p. "Nasaf", "Neftchi" va hakazo. Bizga qarshi o'yinda hamma boshqacha tayyorlanib chiqadi. Har bir jamoa bizga qarshi boshqacha kayfiyatda, qo'shimcha ishtiyoq bilan o'ynamoqda. OKMK va "Paxtakor" boshqa o'yinlarda qanday kayfiyatda o'ynashayotgani va ularga bizga qarshi qanday ishtiyoqda maydonga chiqishayotganini ko'rdik.

- "Navbahor" oxirgi o'yinlarda o'zgartirishlarni kech va kam qilyapti. Bu asosiy tarkib futbolchilarini ko'p kuch yo'qotishiga va zaxiradagilarni o'yin amaliyotisiz qolishiga sabab bo'lmaydimi?

- Bilasizmi, zaxiradan o'yinni kuchaytiruvchi o'yinchi maydonga tushishi kerak. Bugungi o'yinda zaxira o'rindig'imizga etibor bersangiz, beshta futbolchidan ikkitasi U-17, yana ikkitasi U-20 terma o'yinchilari edi. Ular ham yig'inlardan yuklamalar olib kelishgandi. Bugun Boltaboev ham tarkibda yo'q edi. U umuman kerakmas joyda qizil olib, diskvalifikaciyaga uchragandi. Bugun Boltaboev bizga juda kerak bo'ldi. Milovich ham bugun o'ynamadi, Davron Hoshimov ham bugun bizga yordam bera olmadi. Zaxiradan faqat o'yin darajasiga mos o'yinchilar maydonga tushadi. 

- "Navbahor" asosiy raqiblarga qarshi o'yinlarda ochko yo'qotmoqda. Bu boshqa g'alabalarni yuvib ketmaydimi? Asosiy ayb kimda deb o'ylaysiz?

- Ayb o'zimizda. Hozir aytganimdek, "Paxtakor" va OKMK bilan 20 daqiqagina sust harakat qildik, kurashda yutqazib qo'ydik. Taktikada esa hammasi joyida. O'yin sifatida biz hech kimga yutqazmadik, ammo yuqorida sanalgan o'yinlarning bazi qismlarida kurashni boy berdik. 

- O'yindan oldin Viktor Jalilovning xotirasiga sukut saqlangan vaziyatda Championat.asia nashri ko'zyosh to'kayotgan holatingizni suratga muxrlab, buni ommaga elon qildi. Umuman maydon atrofida bugungidek holatni oxirgi marta qachon his qilgandingiz?

- Aytib o'tganimdek, Viktor Jalilov mening ikkinchi otam edi. Men uchun bu katta yo'qotish. Bu insonning oxirgi kunlarigacha qo'ng'iroqlashib turgandik. O'yin paytidagi holat esa toza emociyalar edi. Ertaga butun jamoa bilan Viktor Jalilovni oxirgi manzilga kuzatamiz. Bugungi o'yinda har bir futbolchimiz aynan Viktor Jalilov uchun borini berib harakat qildi.

Reyting: -18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика