Samir Nasri klubini o'zgartirdi
05 iyu 2019 20:50
Yangiliklar


Samir Nasri klubini o'zgartirdi
Franciyalik yarim himoyachi Samir Nasri faoliyatini Belgiyada davom ettiradigan bo'ldi.
32 yoshli xavbek "Anderlext"ga o'tdi. Futbolchi erkin agent sifatida Belgiya klubi bilan shartnoma imzoladi.
Franciyalikning avvalgi klubi "Vest Xem" bo'lgan edi. U "bolg'ali jangchilar" safiga yanvarda o'tgandi. Nasri yarim mavsum davomida 6ta uchrashuvda maydonga tushdi va 2ta golli pas berdi.
Nasri faoliyati davomida "Marsel", "Arsenal", "Manchester Siti", "Sevilya" va Turkiyaning "Antalyaspor" klublari sharafini himoya qilgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar