So’nggi yangiliklar

08:21"Манчестер Юнайтед" беш футболчига базага киришни тақиқлади — клуб улардан воз кечмоқчи  0 08:00"Финалиссима-2026": Испания ва Аргентина ўртасидаги супероқшом март ойида бўлиб ўтади  0 07:35Мутолаа учун. Раньери, Моуриньо, Карпин. Шомуродов энди туркиялик мураббий билан ишлайди. Аввалги мутахассислар билан қандай саргузаштлар бўлган?  0 01:17Максим Шацких: “Трансфер ойнаси ёпилгунича 2-3 нафар янги ўйинчи оламиз”  3 00:55"Андижон" назорат ўйинида Тожикистон жамоасини мағлуб этди  1 00:41Футболга қайтиш муборак: "Байер" Эрик тен Хагнинг дебют ўйинида йирик ҳисобда мағлуб бўлди  5 00:21"Манчестер Сити" Траффорд билан шартнома имзолаши мумкин  2 23:59"Ақлдан озаётган" "Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга тайёрланмоқда  2 23:46Алишер Одилов "Навбаҳор"ни тарк этди  5 23:24Микель Артета: "Мадуэке - АПЛнинг энг яхши ҳужумчиларидан бири"  1 22:50Месси Ямалга қарши: Финалиссима қачон бўлади?  9 22:20Исак "Ал Ҳилол"га ўтиши мумкин  1 21:53"Милан" Спортьеллони собиқ жамоасига қайтариб юборди  0 21:33Гампер Кубоги учун ўйин қаерда бўлади?  6 21:14Расман: Нони Мадуэке - "Арсенал" футболчиси!  5

Sami Al Jaber: "Rossiya terma jamoasi kuchli, lekin biz ulardan qo'rqmaymiz" Yangiliklar

Sami Al Jaber: "Rossiya terma jamoasi kuchli, lekin biz ulardan qo'rqmaymiz"

Faoliyati davomida to'rtta jahon chempionatida o'ynagan (1994-2006) Sami Al Jaber navbatdagi mundialdan nimalarni kutayotgani haqida gapirib berdi.

Mart oyida o'tkazilgan Belgiyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi Saudiya Arabistoni uchun juda xunuk yakun topdi. Negaki jamoa 0:4 hisobida yutqazib qo'ydi. SHundan so'ng muxlislar terma jamoani tanqid qilishni boshlab yuborishdi. Saudiyaliklar safida eng ko'p o'yin o'tkazgan sobiq futbolchilardan biri Sami Al Jaber darhol matbuot orqali chiqish qilib, hozir tanqidning o'rni emasligini aytdi.

- "1994 yilgi mundialdan oldin ham biz o'rtoqlik o'yinlarida o'zimizni ko'rsata olmagandik. Esimda Greciyaga 1:5 hisobida yutqazib qo'yganmiz. Ammo jahon chempionati boshlanganidan so'ng Greciya guruhda oxirgi o'rinda qolib ketgan, biz esa keyingi bosqichga chiqqandik".

- "Bu gal birinchi o'yinni musobaqa mezboniga qarshi o'tkazamiz. Rossiya - kuchli jamoa, lekin biz ulardan qo'rqmaymiz. Menimcha, bu o'yinda durang qayd etilsa kerak. Urugvayga yutqazgan taqdirimizda ham Misrni engishga kuchimiz etadi. Menimcha, har bir murabbiy shunday o'ylasa kerak".

- "Hozir hamma Rossiya haqida gapiryapti. Birinchi o'yin har doim qiyin kechadi, lekin vahimaga tushish kerak emas. Menimcha, ruslar bizni chuqur o'rganishyapti. Belgiyaga yutqazib qo'yganimiz esa hech narsani anglatmaydi. Jahon chempionatida bemalol o'zimizni ko'rsata olamiz".

- "Futbolda eng qiyini gol urish, gol urmasdan keyingi bosqichga chiqa olmaysan. Afsuski, men hozirgi jamoada o'tkir hujumchini ko'rmayapman. Lekin o'zim bilgan hujumchilar orasida eng kuchlisi bu - Fahad Al Muvallad. Neymar Braziliya uchun, Messi esa Argentina uchun qanday ahamiyatga ega bo'lsa, Fahad ham biz uchun shunday futbolchi", - deydi saudiya futboli yulduzlaridan biri.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика