So’nggi yangiliklar

19:50"Реал" Негрейра иши бўйича терговни яна ярим йилга узайтиришни сўрамоқда  3 19:32"Динамо" хорижда йиғин ўтказади  3 19:09"Лион"нинг Лига 1даги тақдири ҳал бўлди  0 18:31Фабрицио Романо Элдор Шомуродов трансфери бўйича маълумот берди  5 17:45КЖЧда энг кўп мухлис қайси жамоа ўйинига тушмоқда?  5 17:35Дублга эришган легионер, "Навбаҳор"ни мағлуб этган мураббий, гол ўтказмаган посбон ва 25 ёшли ҳимоячи — Суперлигада 15-турнинг энг яхшилари  1 17:29Мирко Еличич - "Локомотив" бош мураббийи  2 17:12Рустам Ашурматов "Истиқлол" футболчисига айланди  1 17:08Расман: Бобир Абдихолиқов "Пахтакор" футболчиси  7 16:58Мали, Фламарион, Качорри, Ратиньо, Дориев ... Суперлига 15-тур рамзий терма жамоаси  1 16:20"Андижон"га янги дарвозабон ва мураббий келмоқда  9 16:069 нафар ҳакам ўйин натижаларига таъсир кўрсатишда гумонланмоқда  6 15:55Эшитдик-да! "Навбаҳор" яна икки нафар бразилиялик футболчини олиб келмоқчи  11 15:32Улар ҳақида эртага ҳам гапиришади: биринчи давранинг кашфиётлари кимлар бўлди?  1 15:10Авазбек Ўлмасалиев: "Иккинчи даврада ўз ўрнимизни қайтарамиз, ОКМК курашдан чиққани йўқ"  0

Sami Al Jaber: "Jahon chempionatiga borishni hamma xohlaydi" Yangiliklar

Sami Al Jaber: "Jahon chempionatiga borishni hamma xohlaydi"

Saudiya Arabistoni terma jamoasining sobiq hujumchisi Sami Al Jaber Osiyo yulduzlaridan biri hisoblanadi.

U terma jamoasi 2006 yilning 23 iyunida Ispaniyaga yutqazganidan so'ng faoliyatiga nuqta qo'ygan. Esingizda bo'lsa, saudiyaliklar JCH-2006da guruh bosqichini muvaffaqiyatsiz o'tkazib, eng so'nggi o'rinni olishgandi.

Terma jamoa tarkibida 12 yildan ko'proq vaqt davomida muvaffaqiyatli faoliyat olib borgan Sami Al Jaber yaqinda FIFA rasmiy saytiga intervyu berib, bir qator savollarga javob qaytardi. 

- Siz to'rtta jahon chempionatida qatnashgansiz. Qanday xotiralar qolgan?
- Men 1994 yildan buyon nimalar bo'lganini juda yaxshi eslayman. Faoliyatim davomida to'rt marta jahon chempionatiga borganimdan xursandman. Bunda musobaqada o'ynash har bir futbolchi uchun sharaf hisoblanadi, chunki jahon chempionatini millionlab odamlar kuzatadi. Esimda, biz 1994 yil AQSHga borganimizda ko'pchilik tanimasdi. Lekin aynan futbol tufayli tezda mashhur bo'ldik. Saudiyada iqtidorli futbolchilar ko'p, ammo jahon chempionatida gol urganlar kam. Men esa mundialda gol urgan futbolchilardan biriman va bundan faxrlanaman.

- Jahon chempionatlarida siz uchun eng esda qolarli bahs qaysi?
- 2006 yilgi jahon chempionatida Tunis terma jamoasiga qarshi bahs yodimda qolgan. O'yin "Alyanc Arena" stadionida o'tkazilgandi. Men shu uchrashuvda gol urganman. Qolaversa, mazkur bahs jahon chempionatida birinchi o'yinimni o'tkazganimdan beri oradan 12 yil o'tib ro'y bergandi. Men darvozabon bilan birga bir chiqib borib to'p kiritishga muvaffaq bo'lganman.

- Saudiya Arabistoni orada ikki bor jahon chempionatiga chiqa olmadi. Nima ro'y berdi?
- Bizda 2006 yildan boshlab avlodlar almashinuvi yuz berdi. Bitta avlod vakillari futbolni tugatib, yoshlar termaga jamoaga kirib kelishdi. Ular bir jamoa bo'lib kuchayguncha birmuncha vaqt ketdi. Hozir terma jamoamizning o'rtacha yoshi 28 atrofida. Futbolchilarning ayni kuchga to'lgan payti. "Liverpul"da o'ynayotgan Muhammad Salah arab futbolchisi nimalarga qodirligini hammaga namoyish etmoqda. O'ylaymanki, bizdan ham Salahga o'xshagan futbolchilar etishib chiqadi.

- Jamoa bosh murabbiyi Xuan Antonio Picci haqida qanday fikrdasiz?
- U yaxshi odam va kuchli murabbiy. U CHili bosh murabbiyi sifatida Kopa Amerika va Konfederaciyalar Kubogida ajoyib natijalarni qo'lga kiritdi. Albatta, bizda Aleksis Sanches, Vidal kabi futbolchilar yo'q. Lekin shunga qaramay, murabbiy astoydil harakat qilmoqda. Picci o'zi bilan avval "Valensiya"da ishlagan jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiyni olib keldi. CHunki bizda milliy chempionat u qadar kuchli emas va futbolchilarning jismoniy holatini zo'r deb bo'lmaydi.

- Rossiyada bo'lib o'tadigan jahon chempionatida Saudiya Arabistonining imkoniyatlari qanday?
- Biz musobaqaning ochilish o'yinida maydonga tushishdan xursandmiz. Xuddi final kabi ochilish uchrashuvini ham millionlab ishqibozlar kuzatib borishadi. Men jon deb bunday o'yinda ishtirok etgan bo'lardim. Albatta, Moskvada ruclarga qarshi o'ynash oson kechmaydi. Stadionda ularning muxlislari ko'proq bo'ladi. Agar birinchi uchrashuvda o'zimizni ko'rsata olsak, qolgan bahslarda ham nimadir qila olamiz.

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика