So’nggi yangiliklar

14:55Суперлига. "Қўқон-1912" - "Пахтакор". Асосий таркиблар маълум  0 13:50"Галатасарой" Мессига қизиқмоқда  6 13:22U-17 жаҳон чемпионати. Ўзбекистонлик ҳакамлар бугун АҚШ — Тожикистон ўйинида ишлашади  1 12:48"Бухоро" ва "Нефтчи" жамоалари ўртасида дуранг қайд этилган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  3 12:33U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон Европа жамоаларига фақат бир марта ютқазган  11 12:00Championat.Asia ва Transfermarkt Ўзбекистон Суперлигасининг октябрь ойидаги энг яхши мураббийи ва футболчисини аниқлади  1 11:32Левандовски қишда "Барса"дан кетишни режалаштирмаяпти. Унинг 2026 йилнинг ёзида эркин агент бўлиб кетиш эҳтимоли юқори  2 10:41Италиянинг Молдова ва Норвегияга қарши баҳслар учун қайдномаси маълум қилинди  0 10:12Суперлига. Бугун бизни учта учрашув кутиб турибди  13 09:49"Пахтакор" афсонаси, собиқ футболчиси Тўлаган Исоқов вафот этди  11 09:43А Сериянинг октябрь ойидаги энг яхши футболчиси ва мураббийи маълум қилинди  0 09:14ОКМК "Навбаҳор"ни мағлуб этган учрашувдан ФОТОГАЛEРEЯ  0 08:45Португалия терма жамоаси ЖЧ саралаш учрашувлари учун қайдномасини эълон қилди  3 08:29Суперлига. ОКМК – "Навбаҳор" 3:1   0 08:16Sofascore. Туркияда тўпурарга айланиб олган Шомуродов кечаги баҳсда қандай баҳога лойиқ кўрилди?  12

Samarqanddagi futzal bo'yicha FIFA Jahon chempionati qura tashlash marosimiga ispaniyalik afsonaviy futzalchi va MYU sobiq hujumchisi keladi Yangiliklar

Samarqanddagi futzal bo'yicha FIFA Jahon chempionati qura tashlash marosimiga ispaniyalik afsonaviy futzalchi va MYU sobiq hujumchisi keladi

Bu haqda O'zbekiston futbol associaciyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Futzal bo'yicha JCH qura tashlash marosimida ishtirok etadigan OAV vakillari uchun media tur tashkil qilinadi.

26 may kuni ko'hna va navqiron Samarqand shahrida futzal bo'yicha navbatdagi FIFA Jahon chempionati guruh bosqichiga qura tashlanadi. Ushbu marosimda bevosita qatnashish istagida bo'lgan OAV vakillari akkreditaciyadan o'tkazildi. Takidlash lozim, mazkur tadbirni yoritib boradigan OAV vakillari uchun media tur tashkil etilishi ko'zda tutilgan.

Dastlab, 26 may kuni OAV vakillari Toshkent-Samarqand-Toshkent yo'nalishida tashkil etilgan avtobusda yo'lga chiqadilar. Samarqand shahrida esa OAV vakillari qura bo'lib o'tadigan Registon maydoni media markaziga tashrif buyurishlari mumkin. Media markazning ochilish vaqti soat 18:00 etib belgilangan. SHuningdek, media markazda soat 19:00 da "Media Workshop" tashkil etiladi. Unda qura tashlash marosimida OAV va fotomuxbirlar joylashuvi bo'yicha malumotlar taqdim etiladi.



Soat 20:00 dan boshlab esa jurnalistlar mikst-hududda qura tashlash jarayoniga tashrif buyuradigan futbol yulduzlariga savol berish imkoniyatiga ega bo'ladilar. Takidlash lozim, ushbu marosimga sobiq futzal yulduzi, ikki karra jahon chempioni – ispaniyalik afsonaviy futzalchi Kike, "Manchester Yunayted" klubi hamda Franciya terma jamoasida to'p tepgan mashhur futbolchi Lui Saa, shuningdek, o'zbek futboli yulduzi, Osiyoning 2 karra eng yaxshi futbolchisi Server Jeparov tashrif buyurishi ko'zda tutilgan.



Qura tashlash marosimida ishtirok etadigan OAV vakillari yuqorida keltirilgan ishtirokchilarning harakatlanish xaritasida ko'rsatilgan (sariq chiziq OAV vakillari harakatlanadigan hudud) yo'nalishlarda faoliyat yuritishlari so'raladi.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика