Salomov Irtishga o'tishi mumkin
18 dek 2013 16:20
Yangiliklar


Salomov Irtishga o'tishi mumkin
O'tgan mavsumni Toldiqo'rg'onning "Jetisu" klubida o'tkazgan SHavkat Salomov "Irtish" jamoasida ko'rikdan o'tadi.
Bu haqda Kamoliddin Alimov xabar bermoqda. Pavlodarliklar 7 yanvar kuni Turkiyada o'quv mashg'ulot yig'inini o'tkazishadi. Ushbu yig'inda Salomov ham ishtirok etadi. Agar hamyurtimizning harakatlari "Irtish" bosh murabbiyi Talgat Baysufinovga maqul kelsa, u bilan shartnoma imzolanadi. Eslatib o'tamiz, SHavkat Salomov Mirjalol Qosimov tomonidan Vetnam hamda Gonkong terma jamoalariga qarshi kechgan OK-2015 saralash uchrashuvlariga chaqirilgandi. Takidlash joiz, shu yilning fevral oyida Jetisu futbolchisiga aylangan Salomov o'zining Qayratga qarshi kechgan debyut o'yinida darvozani ishg'ol qilgandi.

Fikrlar