Saloh Tokio Olimpiadasida qatnashishi mumkin
24 noy 2020 20:35
Yangiliklar


Saloh Tokio Olimpiadasida qatnashishi mumkin
Misr OTJ ustozi SHavqi G'arib “Liverpul” forvardi Muhammad Salohni Tokio Olimpadasiga olib ketishni rejalashtirayotgani haqida gapirdi.
Musobaqa reglamentiga ko'ra, terma jamoadan 23 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rin olishi lozim, ammo har bir ishtirokchi o'z safini belgilangandan yoshdan kattaroq uch futbolchi bilan to'ldirishi mumkin.
“Liverpul” bilan mart oyida gaplashamiz. Bu haqda o'yinchining o'zi bilan muhokama qilmadik. Biroq, agar “Liverpul” rozilik bermasa, Salohni chaqira olmaymiz”, deydi murabbiy.
Eslatib o'tamiz, Tokio-2020 Olimpiadasi keyingi yilning 23 iyulidan 8 avgustiga qadar o'tkaziladi. Saloh London-2012 Olimpiadasida qatnashib, 3 ta gol urgan va jamoasining chorak finalgacha chiqishiga yordam bergandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar