Saloh “Real” yoki “Barselona”ga o'tish ehtimoli haqida: “Bu menga bog'liq emas”
19 dek 2020 21:15
Yangiliklar


Saloh “Real” yoki “Barselona”ga o'tish ehtimoli haqida: “Bu menga bog'liq emas”
Mersisaydliklar forvardi Muhammad Saloh La Liga grandlariga transfer bo'lishi mumkinligiga munosabat bildirdi.
- Keling, “Real” va “Barselona” haqida gaplashamiz. Qiziq, ushbu klublardan birida o'ynashni xohlarmidingiz?
- “Real” va “Barselona” – top klublardir. Kelajakda nima bo'lishini esa hech qachon bilmaysiz, ammo hozir “Liverpul” bilan yana APL va CHempionlar Ligasida g'olib chiqishga intilaman.
- “Liverpul”da qancha vaqt o'ynashni rejalashtirmoqdasiz?
- Hammasi klub qo'lida, deb aytolaman. Albatta, bu erda barcha rekordlarni yangilash istagidaman, ammo hammasi “Liverpul”ga bog'liq”, deydi Saloh.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar