Saloh: “MYU menga qarshi boshqacharoq o'ynaydi”
17 jan 2020 22:56
Yangiliklar
Saloh: “MYU menga qarshi boshqacharoq o'ynaydi”
“Liverpul” hujumchisi “qizil iblislar”ga qarshi bo'lajak bahs haqida fikr bildirdi.
Salohning aytishicha, MYU futbolchilari uni maydonda samarali harakatlarini yo'qqa chiqarish uchun barcha choralarni ko'radi.
“Manchesterliklar menga nisbatan boshqalarga qaraganda ancha jiddiy harakat qilishadi. Ular o'zgacha himoyalanishadi. “Qizil iblislar”ga qarshi turish qiyin, ammo men bundan mamnunman. Jamoam g'alaba qozonib turgan ekan, men bundan doim baxtiyorman”, deya futbolchining so'zlaridan iqtibos keltirmoqda The Telegraph.
“Liverpul”ning hujum uchligi – Mane-Firmino-Saloh bu mavsumda MYU darvozasiga atigi bitta gol urishga erishishdi. Bundan tashqari manikunianliklar joriy mavsumda APLda “Liverpul”dan ochko olgan yagona jamoa hisoblanishadi.
“Liverpul” – MYU bahsi 19 yanvar kuni soat 21:30 da boshlanadi.
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar