Saloh “Liverpul”ning APLdagi to'purarlari ro'yxatida Luis Suaresga yetib oldi

25 fev 2020, 08:02
Muhammad yana gol urdi.

“Liverpul” hujumchisi Muhammad Saloh APLning 27-turi doirasida “Vest Xem”ga qarshi o'yinda (3:2) gol urishga erishdi. Bu misrlik futbolchi uchun APLning joriy mavsumidagi 15-gol bo'ldi. Uning “Liverpul” safida APLda urgan gollari esa 69 taga etdi. Bu orqali Saloh jamoaning sobiq futbolchisi Luis Suaresning APLdagi ko'rsatkichiga yetib oldi. Ikkala futbolchi Mersisayd klubining APLdagi to'purarlari ro'yxatida 4-o'rinni bo'lishib turibdi. Ulardan oldinda Maykl Ouen (118), Stiven Jerrard (120) va Robbi Fauler (128) bor.

O'xshash yangiliklar


Manba: Gracenote Live