Saloh "Liverpul" ixtiyoriga qaytdi va "Lester"ga qarshi o'ynash niyatida
08 fev 2022 22:06
Yangiliklar
Saloh "Liverpul" ixtiyoriga qaytdi va "Lester"ga qarshi o'ynash niyatida
"Liverpul" hujumchisi Muhammad Saloh Misr terma jamoasidan klubga qaytdi.
Xabarga ko'ra, 29 yoshli misrlik allaqachon klub rahbariyatini mashg'ulotlarni boshlashga tayyorligi va 10 fevral kuni "Lester"ga qarshi o'yinda ishtirok etishni istayotgani haqida xabardor qilgan.
Malum qilinishicha, klub uning uchun individual reja asosida mashg'ulotlar tashkil etib beradi.
Saloh joriy mavsumda APL doirasidagi 20 o'yinida qatnashib, 16 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
"Liverpul" – "Lester" o'yini 10 fevral kuni bo'lib o'tadi.
Fikrlar