Saloh: “Liverpul” bu mavsumda APL va ECHLni yutishga qodir”
18 sen 2018 00:51
Yangiliklar
Saloh: “Liverpul” bu mavsumda APL va ECHLni yutishga qodir”
“Liverpul” yarim himoyachisi Muhammad Salohning ishonishicha, mersisaydliklar joriy mavsumda ECHL va APLda g'olib chiqish imkoniyatiga ega.
18 sentyabr kuni Klopp jamoasi ECHL guruh bosqichida ishtirokini PSJga qarshi boshlaydi.
“ECHLdagi har bir o'yin o'ziga xos, betakror ahamiyatga ega. O'ylashimcha, “Liverpul” yana finalga qadar etib bora oladi. Bu yil bu turnirni yuta olishmizga ishonaman. Umuman APL va ECHLda g'olib chiqishga qurbimiz etadi. Jamoaga ortiqcha bosim yuklamoqchi emasman, ammo bu ishni bajarish qo'limizdan keladi.
PSJ yaxshi jamoa, tarkibida kuchli futbolchilar jamlangan. Bu jamoaga qarshi o'yinni sabrsizlik bilan kutayapman. Yoqimli va qiziqarli bellashuv bo'lishiga umid qilayapman”, deya Salohning so'zlaridan iqtbos keltirmoqda France Football.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!
The Best 2025. ФИФАнинг 2025 йилнинг энг яхши футболчиси соврини учун номзодлар рўйхати эълон қилинди
"Арқадағ" мавсумдаги барча ўйинда ғалаба қозониб, учинчи бор Туркманистон чемпиони бўлди
Fikrlar