Saloh: "Jamoaga qo'shilishimdan oldin "Liverpul" ko'p sovrin yutolmayotgandi"
01 iyu 2022 21:53
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/707440_original.jpg)
![](/upload/storage/707440_220.jpg)
Saloh: "Jamoaga qo'shilishimdan oldin "Liverpul" ko'p sovrin yutolmayotgandi"
"Liverpul"ning 30 yoshli hujumchisi Muhammad Saloh jamoa bilan yangi shartnoma imzoladi.
Futbolchi shartnoma imzolangandan keyin intervyu berdi.
"Agar o'tmishga qaytadigan bo'lsak, jamoaga qo'shilishimdan oldin "Liverpul" ko'p sovrin qo'lga kirita olmayotgandi. Lekin men har doim jamoaga g'alaba qozonish va kuboklarni boshim uzra ko'tarish uchun tashrif buyurganimni takidlab kelganman", - dedi Saloh.
Muhammad "Liverpul" bilan ko'plab faxriy unvonlarni qo'lga kiritganini, ammo keyingi mavsumda muhim vazifalar turganini takidladi.
"Yangi g'alabalar va yangi sovrinlar - biz keyingi mavsumda shunga intilamiz", - dedi misrlik hujumchi.
Eslatib o'tamiz, Saloh "Liverpul"da 2017 yildan beri o'ynab kelmoqda. Bu vaqt ichida u jamoa safida 254 ta o'yin o'tkazib, 156 ta gol urgan.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar