"Saloh ikki soatga millatni birlashtiradi". Misrda CHL finalini qanday tomosha qilishdi?
03 iyu 2019 12:48
Yangiliklar
"Saloh ikki soatga millatni birlashtiradi". Misrda CHL finalini qanday tomosha qilishdi?
Bu surat Misrdagi Garbiya viloyatining Nagrig qishlog'ida olingan. Nagrigda Muhammad Saloh dunyoga kelgan, rasmdagi yigitcha esa futbolchi nomidagi yoshlar markazi yonida to'p tepmoqda.
Saloh faqat futbol o'ynaganda ham o'z qishlog'ining ramziga aylangan bo'lardi, ammo u Nagrigga doimo yordam beradi: Pul o'tkazadi, maktab, kasalxona qurishga ko'maklashadi, to'ylarga pul ajratadi va har yili uyiga kelib, butun qishloq ahlini xursand qiladi.
1 iyun kuni kechasi butun Nagrig televizor qarshisida edi.
Nafaqat Nagrig, balki butun Garbiya viloyati (4 mln.dan ortiq aholiga ega).
Bu Garbiyadagi kafe.
Ushbu bolakay esa Misr futbolining bo'lajak yulduzi bo'lishi mumkin.
"Liverpul" o'ynayotganda Qohiradagi xohlagan kafega kiring - bu hayratlanarli! U ikki soatga millatni birlashtiradi va biz atrofdagi barcha g'amlarni unutamiz" - deydi teleboshlovchi Hatem Kadus.
O'tgan finalda Saloh Serxio Ramos bilan to'qnashuvda elkasini jarohatlab, 30-daqiqada maydonni tark etgan edi. Bu safar Saloh 2-daqiqada gol urdi. Golni Garbiyada shunday nishonlashdi.
"Liverpul"ning ikkinchi golidan so'ng misrlik qatiqqo'l erkaklar ham yig'lab yuborishdi. Bu gol "qizillar"ning g'alabasini anglatar edi. Ularning kumiri faoliyati davomida birinchi jiddiy sovrinni qo'lga kiritdi.
Saloh CHempionlar ligasi sovrinini Garbiya va xatto Nagrigga olib kelsa kerak.
Fikrlar