So’nggi yangiliklar

01:25Симоне Индзаги "Манчестер Юнайтед"га рад жавобини берди  0 00:55Испания Суперкубоги. "Барселона" биринчи бўлимнинг ўзида "Атлетик"ни янчиб ташлади  26 00:50Осиё Кубоги U-23. Ўзбекистон - Ливан 3:2  2 00:48"Қизилқум" украиналик легионер билан шартнома имзолади  0 00:40Шоҳруз Норхонов расман "Қизилқум"да қолади  1 00:35АПЛ. "Манчестер Сити" ўз уйида "Брайтон"ни меҳмон қилмоқда, Ҳусанов асосийда (онлайн ҳисоб)  19 00:30Расман: Дилшод Аҳмадалиев – "Бунёдкор" футболчиси!  0 00:20Росеньор "Челси" устози сифатида илк уй учрашувида "Арсенал"га қарши тўқнаш келиши ҳақида гапирди  3 00:07Бруну ва Магуайр жароҳатдан қутулиб, МЮ қайдномасига қайтишди  0 00:04АПЛ. "Бёрнли" – "Манчестер Юнайтед". Бошланғич таркиблар аниқ!  4 23:46АПЛ. "Фулхэм" – "Челси". Бошланғич таркиблар аниқ!  0 23:19Жуд Беллингем: "Биз Хаби Алонсо биланмиз. Эртага реванш олишга ҳаракат қиламиз"  0 23:11Хаби Алонсо: "Эртанги ўйин 2:5 каби бўлмаслигига 100% аминман. Эртага бошқача тарих ёзилади"  2 22:20Ўйнайди ё ўйнамайди? Мбаппенинг Испания Суперкубоги финалида иштирок этиши истисно қилинмаяпти  2 21:55Равшан Ҳайдаров: "Уч очко қўлга киритилди. Болаларча қилинган хатолар Эронга қарши ўйинда такрорланмайди деб умид қиламан"  16

Salimjon Zokirov: “Ananaviy turnirni bu yil ham munosib ravishda o'tkazmoqchimiz” Yangiliklar

Salimjon Zokirov: “Ananaviy turnirni bu yil ham munosib ravishda o'tkazmoqchimiz”

Kelasi hafta Farg'onada ananaviy Hokim Kubogi turniri start oladi.

Bo'lajak musobaqa oldidan Farg'ona viloyati futbol federaciyasi vice-prezidenti Salimjon Zokirov bilan suhbatlashib, ayrim savollarga javob oldik.

- Salim aka, yangi haftadan Farg'ona viloyati hokimi Kubogi musobaqasi boshlanishidan xabarimiz bor. Bu haqda o'zingizdan batafsil eshitsak degandik. 

- Bajonidil. Turnirni aslida 30 yanvardan boshlashni rejalashtirgandik. Ammo unda ishtirok etadigan ayrim klublar Toshkentda o'tadigan PFL Kubogida ham qatnashishini bildirib, Hokim Kubogi turniri biroz ertaroq start olsa maqsadga muvofiq bo'lishini bildirdi. SHundan keyin ularning taklifini qabul qilib, ishtirokchilarga yanada qulaylik yaratish maqsadida ananaviy turnirni 29 yanvardan boshlashga qaror qildik. Taqvimga ko'ra final o'yini 5 fevral kuni bo'lib o'tadi.

- Musobaqaga tayyorgarlik ishlari qanday ketmoqda?

- Bilasizmi har yili o'tkazilib kelinadigan ushbu Hokim Kubogi turniri klublarimiz uchun har tomonlama foydali ekanligini aytib o'tmoqchiman. Sababi ishtirokchilar munosib raqiblar bilan kuch sinashib, mavsum oldidan o'zlari uchun kerakli bo'lgan xulosalarni chiqarib oladi. Albatta bu yilgi turnirni ham munosib ravishda o'tkazmoqchimiz.

- Turnir qatnashchilari bilan tanishtirib o'tsangiz.

- Ushbu turnir har doim vodiy miqyosini qamrab oladi. SHu bois Farg'ona vodiysidagi oliy va birinchi liga azolarini musobaqada ishtirok etish uchun taklifnoma yuboramiz. Bu yil qatnashchilar soni 10tani tashkil etadi. Bular – “Neftchi-1”, “Neftchi-2”, “Qo'qon-1912-1”, “Qo'qon-1912-2”, “Andijon” (yoshlar), “Navbahor” (yoshlar), “UzDongJu”, “Cementchi”, “Yozyovon-lochinlari”, “FDU-Futbol-Info” jamoalaridir.

- “Andijon” va “Navbahor”ning turnirga yoshlar tarkibini jo'natishi musobaqa saviyasiga putur etkazmaydimi?

- Avvalo shuni aytish mumkinki, qanday tarkibni yuborishni o'sha klublarning o'zi hal qiladi. Ularni majburlay olmaysiz. Bu borada biz ularga asosiy tarkib bilan ishtirok etsa, qiziq bo'lishini aytganmiz. Lekin masalaning yana bir tomoni ham borki, “Andijon” va “Navbahor” bu vaqtda Toshkentda yig'in o'tkazadigan bo'lyapti. CHunki murabbiylar shtabi o'z rejasini oldindan rahbariyatga taqdim etgan. Hokim Kubogi turnirini kelasi yil oldindan puxta rejalashtirib, hamma klubga boshlanish vaqtini aniq aytamiz va ular shunda musobaqada qatnashish uchun o'z rejasini tuzadi.  

- O'yinlar qaysi stadionda o'tadi?

- Yuqorida nomi zikr etilgan jamoalar 2 guruhga ajratilgan xolda, g'oliblik uchun kurash olib boradi. Uchrashuvlar Qirgulidagi “Neftchi SK” va shahardagi Farg'ona davlat universiteti (avvalgi “Spartak”)ning stadionida o'tadi.

- Aytishlaricha badal puli 600 000 so'm qilib belgilanibdi. SHu rostmi?

- Ha, shunday. O'ylaymanki bu summa musobaqa ishtirokchilari uchun normal xolatdir. Demoqchimanki o'sha badal pulini to'lagan jamoa kamida 4ta o'yin o'tkazadi. SHu bois menimcha badal puli hech bir jamoani jiddiy tashvishga solmaydi.

- Hakamlar ham vodiy miqyosida bo'ladimi?

- Yo'q. Farg'ona viloyati hokimi Kubogi turniri bo'layotgani uchun ham o'yinlarni Farg'ona futbol federaciyasi ro'yxatidan o'tgan hakamlar boshqarib boradi.    

Islombek Rustambekov suhbatlashdi.    

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика