So’nggi yangiliklar

08:26Роберто Карлос касалхонадан чиқди  0 07:59Sofascore. Шукуров ва Мозговой неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 07:30Алижонов Эрон клуби билан келишувга эришди  7 02:40А Серия. "Милан" Сардинияда ғалабага эришди  3 01:23Роналду 5 ой деганда чемпионатда гол ура олмади  7 00:55"Интер" футболчиси "Ювентус"га ўтишни истамоқда  0 00:40Саудия Арабистони. Иккита қизил, 5та гол - "Ал Насср" мавсумда илк марта мағлуб бўлди  12 00:13"Ливерпуль" футболчисига шартнома таклиф қилади  0 23:47"Борнмут" 37 ёшли дарвозабон билан шартнома имзолади  0 23:24"Бавария" Гвардиоланинг собиқ ёрдамчисини ишга олди  1 22:50БАА. "Бани Яс" ўз майдонида ютқазди, Шукуров пенальтидан гол ура олмади  6 22:37Мбаппе Саудия Арабистонига боради, лекин...  1 22:16"Кристал Пэлас" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширди  0 21:32"Интер" ва "Ал Ҳилол" музокараларга киришди  0 21:16Рубен Аморим "МЮ" - "Лидс" ўйини ҳақида: "Бу дерби эканлигини эшитдим, бироқ АПЛда барча ўйинлар жуда қийин ўтади"  3

Salim Mustafoev: “Hammasi o'z qo'limizda” Yangiliklar

Salim Mustafoev: “Hammasi o'z qo'limizda”

Incheon shahrida bo'layotgan Osiyo o'yinlari ishtirokchilari, yani hamyurtlarimiz bilan uyushtirilayotgan suhbatlarni berishda davom etamiz.
O'zbekiston terma jamoasi chap qanot himoyachisi Salim Mustafoev dastlabki o'yinda zaxiradan maydonga tushdi. Uning durang bilan tugagan uchrashuv haqida fikrlarini bilishga urindik.

- Oxirgi yillarda Gonkong terma jamoasi biz uchun noqulay raqib bo'lib kelmoqda. Yodingizda bo'lsa, o'tgan Osiyo o'yinlarida ular bizni mag'lub etishgandi. Keyin milliy terma jamoamiz bilan ham durang o'ynagandi. Butun o'yin davomida himoyada “yotib” olgan jamoa bilan o'ynash qiyin – deya gap boshladi Mustafoev.

- Aslida o'yindan oldin tayyorgarlik yaxshi bo'lgandi. Bu erga kelishimizdan oldin ham bir qator yig'inlar tashkil etilib, sinov-nazorat o'yinlari o'tkazilgandi.

- Gonkong bilan o'tkazgan o'yinimizni ko'rgan bo'lsangiz, gol urish uchun juda ko'plab imkoniyatlar bo'ldi. Biroq ularni golga aylantirishda omad yuz o'girdi. Yigitlar yaxshi o'ynashdi. Ular qo'ldan kelganicha harakat qildi.

- G'alaba uchun faqat-faqat omad etishmadi deb o'ylayman.

- Tabiiyki, durang bizni qoniqtirmadi. Kayfiyatimiz ham hozir shunga yarasha bo'lib turibdi. Tayyor g'alabani qo'ldan boy berdik. Muxlislar bizdan shu kuni g'alaba kutgandi. Biz ham o'z navbatida uch ochko olishni maqsad qilgandik.

- Incheonda bizni iliq kutib olishdi. SHaroitlar ham alo darajada. Hech qanday muammo yo'q.

- Gonkong bilan o'yinda zaxiradan maydonga tushayotganimda, murabbiylar tomonidan shunday ko'rsatma berilgandiki, himoyadagi ishni qilish bilan bir qatorda oldinga o'tib, hujumchilarni to'p bilan taminlash vazifasi yuklatilgandi.

- O'z guruhimizda birinchi o'rinni egallagan xolda keyingi bosqichga chiqishni maqsad qilganmiz. Hali hech narsa yo'qotilgani yo'q. Hammasi o'z qo'limizda. Buning uchun qolgan ikkita uchrashuvda yirik hisobda g'alaba qozonish talab etiladi. Buni amalga oshirishga urinamiz – deydi Mustafoev.


Islombek Rustambekov suhbatlashdi 
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика