So’nggi yangiliklar

10:16«Акрон» Шерзод Эсановни қанчага сотиб олгани маълум  1 09:50Жоау Феликс фаолиятини АПЛда давом эттиради  2 09:47Мўжиза рўй бермади – аммо, ҳали барчаси олдинда. Ўзбекистон – Испания ўйинидан хулосалар  7 09:21Александр Хомяков: «Ёзги йиғинни қандай ўтказганимизни иккинчи давра ўйинлари кўрсатиб беради»  2 08:48«Фулад» Ўткир Юсуповни қанчага сотиб олди?  16 08:20"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 12 ёшли Арслан Шакиров  0 07:55Мадрид «отмен». Артём Довбик фаолиятини Италияда давом эттиради  4 07:29Расман. "Бунёдкор" хорватиялик ҳужумчи билан шартнома тузди  3 00:49"Интер" Депайга таклиф юборди  4 00:22Дуглас Коста "Флуминенсе"ни тарк этди  4 23:45Куртуа — жирафа, Рюдигер — псих, Менди — генерал. "Реал Мадрид" футболчилари бир-бирларини қандай чақиришади?  8 23:28"Барселона" Фликни бош мураббий сифатида таништирди  14 23:01Ўзбекистонлик ўсмирлар Японияни тор-мор этди  12 22:44Париж-2024. Ўзбекистон ОТЖ легионери терма жамоа ихтиёрини вақтинчалик тарк этди  21 22:22Ўртоқлик ўйини. Бразилиялик футболчини кўрикдан ўтказаётган "Динамо" "Бунёдкор"ни мағлуб этди  6

Salim Mustafoev: “CHempionlikni himoya qilish har doim qiyin bo'lgan” Yangiliklar

Salim Mustafoev: “CHempionlikni himoya qilish har doim qiyin bo'lgan”

Toshkentning “Lokomotiv” klubi o'z oldiga qo'yilgan vazifani deyarli uddaladi. O'zbekiston chempionligi bilan birga mamlakat kubogini ham qo'lga kiritdi.
“Temiryo'lchilar”ning bunday natijalarga erishishida jamoa futbolchisi Salim Mustafoevning xizmatlari bor. Biz Mustafoevning o'tgan mavsum haqidagi fikrlari bilan qiziqdik.

-  Bu yilgi chempionat “Lokomotiv” uchun qanchalik omadli keldi?
-  Bu yilgi mavsum o'tgan yilgidan ancha qiziqarli o'tdi. Kim chempion bo'lishi mavsum tugamasidan oldin malum bo'lib ulgurdi. CHempionatda asosiy taqibchimiz “Bunyodkor” klubi mavsum so'nggida ochko yo'qotgani uchun biz muddatidan avval g'oliblikni qo'lga kiritdik. Turnir jadvaliga etibor bergan bo'lsangiz, to'rtinchi o'rindan ettinchi o'ringacha kurash jiddiy tarzda kechdi. Beshinchi pog'onani egallagan jamoada ham yuqori o'ringa ko'tarilib olish uchun imkoniyatlar etarlicha bo'ldi. Ochkolar tafovuti ham u darajada katta bo'lmadi. Ochig'ini aytsam, bu yilgi chempionat “Lokomotiv” uchun omadli keldi.

-  Joriy yilgi chempionatimiz o'tgan yilgisidan nimasi bilan farq qildi?
-  O'tgan yilgi chempionatimiz ham qiziqarli o'tgandi. O'shanda so'nggi turda kim chempion bo'lishi xal bo'lgandi. Lekin o'tgan yili turnir jadvalida uchta etakchi jamoa barcha klublardan ilgarilab ketgan edi. Bu yil esa unday bo'lmadi. Deyarli barcha jamoalar etakchi klublardan ochko tortib oldi. Ko'plab jamoalar bizga yaxshigina boshog'riq bo'ldi. Mavsum boshida oldimizga chempionlikni va O'zbekiston kubogini qo'lga kiritish vazifasi qo'yilgan edi. Bu vazifani uddaladik. OCHLda ham chorak finalga qadar etib bordik. Menimcha, bu yilgi musobaqalarda qoniqarli ishtirok etdik, deb o'ylayman.

-  Siz Samarqand shahrida katta bo'lgansiz. Kubok finali ham aynan Samarqand shahrida o'tkazildi. Biroz vaqt o'tib siz uchun qadirdon bo'lgan “Dinamo” stadioniga tashrif buyurdingiz. O'sha o'yinda ko'nglingizdan qanday kechinmalar o'tdi?
-  O'zbekiston kubogi final bosqichi aynan Samarqand shahrida o'tkazilishini eshitib, juda ham xursand bo'ldim. Baribir, o'z tug'ilim o'sgan joyim. Final uchrashuvini tomosha qilish uchun ko'plab muxlislar stadionga tashrif buyurishini oldindan bilgandim. Samarqandda futbolni juda ham sevishadi. Samarqanddagi futbol muxlislari “Dinamo” stadionini to'ldirib turishganini ko'rib, juda ham xursand bo'ldim. Albatta, uchrashuv xayajonli kechdi. O'zbekiston kubogini ham qo'lga kiritib, “oltin dubl”ga erishdik. Internet saytida o'qib qoldim, biz “oltin dubl”ni qo'lga kiritgan beshinchi jamoa ekanmiz. Bunday natijalarga o'z xissamni qo'shganimdan va shunday yutuqlarni qo'lga kiritganimdan juda ham xursandman.

-  OCHL bahslaridada muntazam ravishda maydonda to'p tepdingiz. Sizga Osiyo jamoalaridan takliflar bo'lyaptimi?
-  Hozircha hech kimdan jiddiy takliflar ham, qiziqishlar ham bo'lmadi. Balki, klub mutasaddilariga taklif bilan chiqishgandir. SHaxsan o'zimga hech kim taklif bilan murojaat qilmadi.

-  Sobiq klubingiz “Dinamo” kelasi yili oliy liga bahslarida ishtirok etadi...
-  Albatta, bundan juda ham xursand bo'ldim. Avvaldan “Dinamo” oliy ligada ishtirok etishini istagandim. “Dinamo”dan taklif bo'lsa, qanday qarorga kelaman, bilmayman. Buni vaqt ko'rsatadi. Hozir men “Lokomotiv” klubi futbolchisiman. Iloji boricha “temiryo'lchilar” safida uzoqroq vaqt qolishni istayman. Yana chempionlikni himoya qilishni istayman.

-  “Lokomotiv” jamoasi uchun chempionatimizda qaysi jamoaga qarshi uchrashuv juda ham og'ir bo'ldi?
-  Bunday og'ir o'yinlar ko'p bo'ladi. Misol uchun Qarshining “Nasaf” jamoasi bilan qiyin o'yin o'tkazdik. “Paxtakor” bilan safardagi uchrashuv ham qiyin bo'ldi. “Bunyodkor” bilan bo'lgan bahslarda ham qiyinchilik bilan g'alabani qo'lga kiritdik. Birinchi davrada safarda “Metallurg” bilan bo'lgan o'yin ham juda ham og'ir kechdi. Lekin jarohatim borligi sababli o'sha uchrashuvni o'tkazib yuborgandim. O'sha bahsda o'n kishi bo'lib qolib ham mag'lubiyatdan qutilib qolgandik.

-  Bu yilgi chempionatimizda 3 ta yil futbolchisini sanab bera olasizmi?
-  Temurxo'ja Abduxoliqov to'purar bo'ldi. “Bunyodkor” jamoasi hujumchisi Eldor SHomurodovni ham ushbu uchlikka kiritsa bo'ladi. Ikrom Aliboev ham yil futbolchisi bo'lishga xaqli, deb o'ylayman. Agarda sanab chiqadigan bo'lsak, yil futbolchisiga nomzod bo'ladigan futbolchilar juda ko'p. Mana, Jaloliddin Masharipov ham “Paxtakor” tarkibida ancha mazmunli o'yin ko'rsatdi. Milliy terma jamoadan chaqiruv oldi. Sardor Mirzaevni ham qo'shsa bo'ladi. To'g'risini aytsam, hech kimni ajratib ko'rsata olmayman.

-  Kelajakdagi maqsadlar qanday?
-  Keyingi yil oldimizga bundan-da yuqoriroq vazifa qo'yiladi. Eng og'iri-chempionlikni himoya qilish. Menimcha, kelasi yili chempionlik va O'zbekiston kubogini himoya qilish vazifasi qo'yilsa kerak. CHempion bo'lish qiyin, lekin chempionlikni himoya qilish undan-da qiyin.

Jahongir Sotvoldiev suhbatlashdi.

Saytimizning Telegram dagi kanaliga obuna bo'ling - telegram.me/championatasia
Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика