So’nggi yangiliklar

04:12"Андижон" ўз уйида "Динамо"ни йирик ҳисобда мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 04:07Чемпион "Насаф" Фарғонада "Нефтчи"га мағлуб бўлган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 02:57Ла Лига. "Барселона" "Сельта"га қарши ўйинда сўнгги дақиқаларда иккита гол ўтказиб, ғалабани қўлдан чиқарди  95 02:06"Челси" 100 миллионлик форвардни харид қилмоқчи?!  2 00:29А Серия. "Милан" ва "Ювентус" ўртасидаги ўйин нурсиз дуранг билан якунланди  9 00:26АПЛ. "Манчестер Сити" ўз уйида "Тоттенхэм"га йирик ҳисобда таслим бўлди  27 23:11Битта гол урилган Тошкентдаги "Олимпик" — "Бунёдкор" ўйинидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 23:00Франция чемпионати. "Ланс" Ҳусановсиз ўз уйида "Марсель"дан учта тўп ўтказиб, мағлуб бўлди  8 22:49Моуринью "Реал" собиқ ўйинчисини нишонга олди  2 22:11АПЛ. "Арсенал"дан йирик ғалаба, лондонликларнинг сўнгги голини ўтган йили Ўзбекистонга қарши баҳсда ҳаракат қилган 17 ёшли ўйинчи урди  9 22:06Бундеслига. "Байер" 0:2ни 5:2 қилди, "Боруссия Дортмунд"дан жавобсиз 4та тўп, "Хоффенхайм" — "Лейпциг" ўйинида 7та гол  0 22:00Суперлига. Экстра-тайм: жорий мавсум узоқ давом этган ўйинлар  0 20:57А Серия. "Интер" "Верона"га қарши ўйин тақдирини биринчи бўлимнинг ўзида ҳал қилди  0 20:40Вадим Абрамов: "Барча голларни қарши ҳужумлар туфайли ўтказиб юбордик, ўйин учун режамиз умуман бошқача эди"  3 20:27Александр Хомяков: "Раҳбарият янги мутахассис излаётган экан, демак улар мендан мамнун эмас"  8

S.ALIBAEV: O'zbekistonlik futbolchilar kamida Ukraina yoki Rossiyada to'p tepishlari kerak (II) Yangiliklar

S.ALIBAEV: O'zbekistonlik futbolchilar kamida Ukraina yoki Rossiyada to'p tepishlari kerak (II)

Futbolchilikdan mashhur agent darajasiga ko'tarilgan mutaxassis ishtirokidagi intervyuning ikkinchi qismini mutola qiling.

- O'zbek futboli tarbiyalanuvchisi sifatida bizning istedodlarga qanday baho berasiz?

- O'zbekistonda har doim, kecha ham, bugun ham, ertaga ham yaxshi o'yinchi bo'lgan va bo'ladi. Faqat ularni to'g'ri yo'lga yo'naltirish kerak xolos. Avvallari turli-tuman halqaro musobaqalarda qatnashardik. Biz yoshlarga bu katta tajriba berar edi. Doimiy tarzda o'yin amaliyotini oshirish orqali yoshlarni kuchli futbolchi qilib tarbiyalash mumkin. Meni o'zim ikki marotaba spartakiadada qatnashganman. Juda kuchli musobaqa bo'lar edi. Keyin yaxshi legionerlar kelishardi. To'g'ri, u paytda Rossiya yoki Ukrainadan keladigan futbolchilar legioner hisoblanmasdi.

- To'g'ri aytasiz, yaxshi legioner - bu yaxshi chempionat. Lekin bizga kelayotgan legionerlarning juda katta qismidan o'zimiznikilar ming marotaba yaxshilar. Ular 5-7 ming AQSH dollaridan kam bo'lmagan maoshga to'p tepishyapti. SHu pulga haqiqatdan ham legioner maqomiga mos o'yinchi topsa bo'ladimi? Nuqul bizga ikkinchi sort legionerlarini o'tkazib ketishyapti...
- Nima uchun bo'lmas ekan? Men klublaringizni qanday tartibda ishlashlarini yaxshi bilmayman. Agar biror kim menga murojaat qilsa, marhamat! Bu pulga yaxshi o'yinchilar O'zbekistonga kelishadi. O'zbekiston iqlimi va tabiati bilan ham ko'pchilikni o'ziga jalb qila oladi.

- Bunyodkor bilan yaqindan tanishishga ulgurdingiz. Pishurning o'yini o'xshaganiga asosiy sabab Bunyodkor hujumlarni qanotdan tashkil qilishida bo'ldi, to'g'rimi?
- Ha. Men ham avvalo mijozim boradigan jamoani o'rganaman. Murabbiyi bilan gaplashaman, qanday taktikada harakat qiladi. SHunga qarab o'yinchi tavsiya qilaman. Agar siz beradigan futbolchi zaxirada o'tirib qoladigan bo'lsa undan naf bo'lmaydi. Quruq pul ishlash mumkin, ammo o'yindan rohat olish bu boshqa.

- Agar Bunyodkor o'yinini ko'rgan bo'lsangiz, men Blajichni Alibobo Rahmatullaevdan ustun deb bilmayman. Unga berilgan imkoniyat o'zimiznikiga berilsa undan foyda ko'proq bo'larmidi?
- Boya O'zbekiston istedodlarga boy deb bekorga aytmadim. Bunyodkor bilan tanishib shunga amin bo'ldim-ki, Rahmatullaevdan tashqari Sardor Rashidov va Dilshod Jo'raevga katta etibor berdim. Agar bu uch futbolchi yulduzlik kasaliga uchramasdan, faqat va faqat mehnat qilsalar ularning kelajagini yuqori chempionatlarda ko'ryapman. Men futbolchini o'yin davomida kuzatmayman. Avvalo uning insoniy jihatini o'rganaman. Keyin mashg'ulotga bo'lgan munosabati va u erda qanday ishlashiga qarayman. Bazi futbolchilar agent keldi deb hayajonlanishadi yoki o'yinni o'z qo'liga olgisi keladi. SHuning uchun men ularni bosimdan holi bo'lishlari uchun istalgan paytda paydo bo'lib, pana joyda kuzataman. Menimcha, Rahmatullaevda biroz o'zgarish bo'lgan. So'nggi oy davomida u yana o'z ustida ishlashni boshladi va mana Kubok finalida maydonga tushdi. Yoshlikda o'zi shunaqa bo'ladi. Kattalarning maslahati erish tuyulishi mumkin. Ammo kattalar bilmasdan gapirmaydi. 20-30 yosh oralig'ida futbolchi o'zidan boshqasini eshitgisi kelmaydi. Bu uch futbolchiga yaxshilab etibor berilsa va ular masuliyatni his qilsalar, MTJ uchun ham foyda. Rashidov borasida Qosimov bilan gaplashdim. Bitta o'yindagi xatosiga qarab uni zaxiraga o'tkazib qo'yish kerak emasligi, ketma-ket 5-6ta o'yinga tushirishni aytdim. Bu borada Paxtakorda biroz boshqacharoq holatga guvoh bo'ldim. Sochi jingalak bola (Akbar Ismatullaev) markazda yaxshi harakat qilar ekan. Xato qilsa ham keyingi o'yinda maydonga tushadi. CHunki jamoaning strategiyasi shunday. Bunyodkorda esa yaxshi o'yinchilar ko'p, xato qilgan o'yinchini bemalol almashtirishi mumkin. O'zbekiston chempionatining aksar o'yinlarini internetda ko'rsatishadi, mana shu o'yinlardan kelib chiqib ularni yaxshi bilaman.

- SHu erda filial ochishni o'ylab ko'rmadingizmi?

- Men bir o'zim ishlayman. Bu erda filial ochadigan bo'lsam kimnidir ishga olishim kerak bo'ladi. Lekin u futbolni mening ko'zim bilan ko'ra oladimi? Men sizga bir narsani aytaman. 2000 yillarda Navbahorda qanday tarkib bor edi yodingizdami? O'sha o'yinchilarni juda ko'pchiligi Rossiyada emas, undan zo'r chempionatda o'ynashga qodir edilar. Anvar Solievga Angliya klublari jiddiy qiziqishdi. Ammo bizning futbolchilarimizni o'zini juda bosiq tutishi, uyalishi katta transferlarga to'siq bo'lyapti. Futbolchida xarakter bo'lishi kerak. Undan tashqari til o'rganishni ham kanda qilmasliklari kerak.

- O'zbekiston futbolida tarbiya oldingiz, Ukrainada faoliyatni davom ettirdingiz. SHaroitlar bir xil deylik, o'zbek bolasi muvaffaqiyatga erisha oladimi?

- Nega endi yo'q? O'zbekistonda yaxshi o'yinchilar to'lib yotibdi. Bu shunchaki gap emas, haqiqatdan ham, O'zbekistonda yaxshi o'yinchilar ko'p. O'zbekistonlik futbolchilar kamida Ukrainada o'ynashlari kerak, keyin kuchi etsa Rossiyada. Boshqa chempionatga o'tishni maqul ko'rmayman. CHunki saviya va istedoddan kelib chiqib ular buni uddalay olishadi. Yaqin avlodni olaylik, Maks hammaga namuna. Denisov va Ahmedov. Surkisning shaxsan o'zi Dinamo uchun Odilni olib kelishni istagandi. Bu transferning amalga oshishida tomonlar kelisha olishmadi. Paxtakor o'z mehnatiga yarasha haq olishni istadi, Dinamo esa yo'q. Men bitta o'zbekni o'rnini, ikkinchisi bilan to'ldirish kerakligi aytdim. Maks ketdi, Odil keldi.  Bu erda Anji chiqdi. Keyin Denisovni o'z saflariga qo'shib olishni istashdi. Ammo Vitaliy Ukrainada Dneprdan boshqa jamoada o'ynamaslikka vada bergani uchun transfer amalga oshmasligi malum edi. Mana hozir Ahmedov Rossiyaning eng kuchli o'yinchilaridan bir va endi unga bir paytlar so'ralgan summadan ancha katta bo'lgan pulni berishga tayyorlar. CHetga chiqib top klublarda o'ynashi mumkin bo'lgan futbolchilar ichida Suyunovni alohida ajratib ko'rsatishim mumkin. Zo'r boec edi. Afsuski, o'z paytida oliy ligani tark etmadi. O'zbekistonda men bir futbolchini ko'z ostiga olib qo'yganman (futbolchi maqolani o'qib, yulduzlik kasaliga uchramasligi uchun uning nomini yozmaslikka qaror qildim). Kuzatishda davom etaylik-chi, balki transfer amalga oshib qolar.

- Bu bizni Rossiya va Ukrainada brend sifatda qabul qilmasliklaridanmi?

- Balki. Mana Dinamo Kiev so'nggi yillarda ishlatgan pullarni hisoblasak 100 million evrodan oshyapti, Metallistniki 25 millionga teng. Hozir kim nechanchi o'rinda? Metallist nomlarni emas, futbolchilarni yig'di. Yakunda ish o'z samarasini berdi. Dinamo esa burni tagidagi murabbiyni ham ko'rmadi. Men ularga ko'p bora Kuchukni murabbiylik postiga taklif qilish kerakligini aytdim, ammo nomi chiqmagan mutaxassisga ishon bildirishni lozim topmadilar. Kuchuk juda kuchli mutaxassis. Uni bugungi kundagi ishi, qanday murabbiy ekanligini aytib turibdi.

- Angliya qiziqqan Soliev, Rossiyada nom qozonayotgan Ahmedov... Namangan farzandi sifatida Namanganni siri nimada?
- Namanganning har bir tumanida futbolni sevishadi. To'raqo'rg'on, shahar markazida, CHustda hamma-hamma hududida kuchli jamoalar bo'lar edi. Ularga qarshi o'rtoqlik uchrashuvlari o'tkazilardi. Asosiy raqib Farg'ona bo'lardi. Buni bolalar tomosha qilar edilar. Ula ham shular qatorida o'ynashni istardilar.

- Hozir esa Namangan futboliga havas qila olmaysiz. Nafaqat Namangan, boshqa viloyatlarda ham istedodlar so'nib boryapti.
- Surxondaryoni eslashim mumkin. Juda kuchli futbolchilar chiqishdi bu viloyatdan. Bolalar futboliga katta etibor berish kerak.

- Nasafda Demyanenkoning ishi ko'rindimi?
- Hm, yo'q. Demyanenko gap yo'q, zo'r futbolchi bo'lgan, ammo murabbiy sifatida uning ishini ko'rmaganman.

- So'nggi yillarda oliy ligamizning saviyasi tushib ketyapti. Agar futbolchilar ketaversa, muxlislar kimni ko'rishadi?
- Serbiyada xuddi shunday. Hamma yaxshi o'yinchilar chet elga chiqib ketganlar, Lekin o'yinlarga muxlis keladi. Legioner futbolchilaringiz ko'paygani sari terma jamoangiz kuchayib boraveradi. Buning uchun stadionlarda turli-tuman qiziqarli o'yinlar o'tkazilsin. Muxlislarning ko'ngliga qarab ish tutishsin.

- O'zbekiston agentlari bilan aloqangiz bormi?
- Faqat Ravshan Salimovni taniyman.

- Pishurdan keyin Sizga boshqa klublarimiz taklif bilan chiqmadimi?
- Hozircha yo'q. Balki ular men haqimda axborotga ega emasdirlar. Lekin haqiqatdan ham legioner maqomiga mos o'yinchi kerak bo'lsa, yordam berishim mumkin.

- Pishurning keyingi rejalari qanday?
- Biz avvalo klubdan taklif kutishimiz kerak. Pishurga O'zbekiston juda yoqdi. Uning yaqinlariga O'zbekiston begona emas. Farzandi esa undan keyingi yilni ham Toshkentda o'tkazishni so'rayapti.


Nodirxo'ja Yuldashev.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика