Sakki: "Men "Real"da ishlagan paytlarim bazilar 11 mln. evro olardi, Lopes esa - 100 ming evro"
22 may 2015 12:23
Yangiliklar


Sakki: "Men "Real"da ishlagan paytlarim bazilar 11 mln. evro olardi, Lopes esa - 100 ming evro"
"Real" sobiq sport direktori Arrigo Sakki o'zi "Qirollik klubi"da ishlagan paytda futbolchilarning maoshi haqida so'zlab berdi.
"Real" sport direktori bo'lganimda, klubda uch turdagi futbolchilar bo'lgan. Birinchi guruhga yiligi 10-11 mln. evro ishlab topadigan futbolchilar kirgan. Keyingi guruh esa kamroq olardi. So'nggi guruhdan juda kam maosh oladigan yoki umuman pul olmaydigan futbolchilar joy olgan. Lopes so'nggi guruhda edi, uning yillik maoshi bor-yo'g'i 100 ming evro bo'lgan" - deydi Sakki.

Fikrlar