Saka "Yuventus" qiziqishlari doirasida
20 sen 2021 19:18
Yangiliklar
Saka "Yuventus" qiziqishlari doirasida
"Arsenal" yarim himoyachisi Bukayo Sakaga "Yuventus" qiziqish bildirmoqda.
Manbaning xabariga ko'ra, Turin klubi futbolchini yaqindan kuzatmoqda va uni sotib olishga urinib ko'rishi mumkin.
Bukayo Saka "Arsenal" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. "Kanonirlar" tarkibida u 94 ta o'yin o'tkazib, 12 ta gol urgan va 21 ta golli uzatma amalga oshirgan.
Transfermarkt portali 20 yoshli futbolchini 65 million evroga baholamoqda.
Joriy mavsumda Saka Premer-liganing 5 o'yinida maydonga tushgan.
Fikrlar