Saidkomil Akbarov endi "SHo'rtan"da o'ynaydi
04 fev 2015 17:04
Yangiliklar

Saidkomil Akbarov endi "SHo'rtan"da o'ynaydi
Bu yilgi mavsumdan yana Oliy ligada yurishini davom ettiradigan “SHo'rtan” jamoasi o'z safini kuchli futbolchilar bilan to'ldirishni davom ettirmoqda.
Ayni kunlarda qisqa tanaffusga chiqqan jamoamiz futbolchilari dam olishmoqda. Klub rahbariyati va murabbiylar shtabi esa qizg'in ish ustida.
2008 yildan bo'yon Bekobodning “Metallurg” jamoasida faoliyat yuritib kelayotgan va katta tajribaga ega bo'lgan himoyachi Saidkomil Akbarov “oq bo'rilar” safiga kelib qo'shildi. U endi “SHo'rtan” klubi sharafini himoya qiladi.
Saidkomil Akbarov 1982 yil 30 dekabrda tavallud topgan.
Xabaringiz bor, u bungacha Tojikistonning “Istiqlol” klubi ko'rigida ham bo'lib qaytgan edi. Ammo u erdagi vaziyat unga yoqmaganligi uchun ortga qaytgan edi.
Yana bir yangilik, bungacha Toshkentning “Lokomotiv” azosi hisoblangan va katta tajriba sohibi Viktor Karpenko ham bundan bo'yon jamoamizda faoliyat yuritadigan bo'ldi. Bu futbolchining nimalarga qodirligini ham hamma biladi. Bu futbolchi o'tgan mavsumda “temiryo'lchilar” safida 20 marta maydonga tushib, 1ta gol urgan edi.
Jamoa selekciya ishlari davom etmoqda.

Fikrlar