

"Guruhdan chiqqanimizdan keyingi taassurotlarimiz a'lo darajada desak bo'ladi. O'yinga keladigan bo'lsak, jamoalar ehtiyotkor tarzda o'ynashgani sababli tomoshabop bo'lmadi. Lekin muxlislarning "pazor" deya hayqirishiga xayron qolaman. OCHLda o'zbek klublaridan faqatgina "Lokomotiv" qoldiku? O'yindan qoniqishmaganini tushundim, ammo ko'rsatilgan natijani o'ylashsa bo'lardi. Oldimizda muhim vazifa turgandi va asosiy e'tibor shunga qaratilgandi. Menimcha, qo'lga kiritilgan natijadan har bir ishqiboz xursand bo'lsa kerak. Bosh murabbiy meni maydonga tushirayotganida, o'ng qanotdan ko'proq hujumga o'tishni ta'kidladi. Chunki raqib jamoaning chap qanot himoyachisi ancha charchab qolgani sezilib turgandi", - dedi Sadriddin Abdullaev.



