So’nggi yangiliklar

00:47Чалобага АПЛнинг уч клуби қизиқиш билдирмоқда  0 00:30"Барселона" Мексика терма жамоаси мураббийлар штабига қўшилган Маркес учун 2 миллион евро олди  0 00:03"Милан" ҳимоячиси Бельгияга йўл олди  0 23:46"Реал Мадрид" бошқа ҳеч кимни сотиб олишни режалаштирмаяпти  0 23:29"Челси"ни 12 нафар футболчи тарк этиши мумкин - барча номлар маълум  2 23:12Туркия. Турғунбоевнинг ягона голи "Сивасспор"га ўртоқлик ўйинида ғалаба тақдим этди  2 22:55Ўртоқлик ўйини. "Арал" Суперлига жамоасини мағлуб этди  4 22:27Венесуэлада ВАР томонидан белгиланган офсайд чизиғи муҳокамаларга сабаб бўлди  12 22:00"Челси" Сарр билан шартномани бекор қилди. Футболчи эркин агент сифатида "Ланс"га йўл олади  1 21:43"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз — 9 ёшли Диёрбек Равшанов  0 21:21Шерзод Эсанов “Андижон” мухлислари билан хайрлашди  9 21:02Испания ОТЖ бош мураббийи: "Бор эътиборимизни Ўзбекистонга қарши ўйинга қаратганмиз"  21 20:49Париж-2024. Ўзбекистоннинг Испанияга қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум  22 20:21Хёйбьерг "Тоттенхэм"дан "Марсел"га ўтди  3 20:00Расман: Мбаке — "Барселона" футболчиси!  5

Bugun Lev Yashinning toshkentlik shogirdi Yuriy Pshenichnikov bir kam 80 yoshga to'ldi Yangiliklar

Bugun Lev Yashinning toshkentlik shogirdi Yuriy Pshenichnikov bir kam 80 yoshga to'ldi

Bugun, yoz faslining ikkinchi kuni "Paxtakor" jamoasining 60-yillardagi afsonaviy darvozaboni Yuriy Pshenichnikov 79 yoshga to'ldi.

Yuriy Pshenichnikov - 1940 yilning 2 iyun kuni Toshkent shahrida dunyoga kelgan. Yuraning bolalik yillari qiyinchilikda o'tdi. Uning otasi Ikkinchi jahon urushida bedarak yo'qolgan. SHundan so'ng uning tarbiyasi bilan onasi mashg'ul bo'ladi. Yuriy urushdan keyingi mashaqqatli yillarda futbolga mehr qo'ydi. U L. Yanson qo'l ostida millionlar o'yini sir-asrorlarini o'rganishni boshladi. Aynan Yanson Yuriyni darvozaga qo'ygan. Bugungi qahramonimiz 1956 yilda "Mehnat rezervlari" (Toshkent) jamoasining yoshlar tarkibida katta futbolga kirib keldi. 1958 yili shu jamoaning asosiy tarkibida debyut qildi.  

1960 yilda, yani 20 yoshida "Paxtakor" (Tashkent) safiga borib qo'shildi. Qatorasiga ikki mavsum - 1961 va 1962 yillarda "Paxtakor" tarkibidagi muvaffaqiyatli o'yinlari sabab ko'pchilikning diqqatini o'ziga tortdi. 1961 yilgi mavsumni umuman almashtirishsiz o'tkazdi. Faqat 1962 yili "Dinamo" (Kiev) klubi qarshi o'yinning 80-daqiqasida zaxiraga olindi. Boisi, bu vaqtga kelib "Paxtakor" 0:5 hisobida yutqazayotgandi. 

Pshenichnikov 1968 yilda "Paxtakor"dan Moskvaning CSKA klubiga ko'chib o'tdi. Unga armiya klubi rahbariyati leytenant oficerlik darajasi hamda uch xonali kvartira taqdim etdi. Yura bu ishonchni oqladi. U 1968 yilgi mavsum yakunlariga sobiq SSSR chempionatining eng yaxshi darvozaboni deb topildi. 

1969 yilgi mavsum bugun tavallud ayyomini nishonlayotgan futbolimiz faxri uchun omadsiz keldi. U o'ng qo'lini jarohatlab oldi. SHifokorlar uning qo'liga platinali plastina qo'yishdi. Natijada Pshenichnikov 1970 yili Meksikada o'tgan jahon chempionatidan chetda qolib ketdi. Jarohatidan forig' bo'lib safga qaytganida esa uni CSKAning yangi bosh murabbiyi Valentin Nikolaev o'rinbosarlar jamoasiga tushirib yubordi. Kutilmagan tarsakidan qattiq ranjigan darvozabon jamoadan ketish haqida ariza yozdi va shundan so'ng ikki oy ko'rinish bermadi. Lekin o'zi Sokolnikida individual tarzda shug'ullanishni kanda qilmadi. Malum vaqt o'tgach, Nikolaev Yurani yana asosiy tarkibga qaytardi.  

1972 yilda "Paxtakor" birinchi ligada elitaga beriladigan yo'llanma uchun kurashadi. Pshenichnikov esa Toshkentga qaytadi va "Paxtakor"ning o'ynovchi murabbiyga aylanadi. Lekin bu uning futbolchilik faoliyatidagi so'nggi mavsum bo'lib qoldi. Jarohat sabab u butsalarini mixga ildi. 

Yuriy Pshenichnikov sobiq SSSR chempionati oliy ligasida jami 243 ta uchrashuvda darvozani qo'riqladi. SSSR terma jamoasi tarkibida 19 ta o'yinda maydonga tushdi. Terma jamoa safida 1966 yilning 18 sentyabr kuni Belgrad shahrida SFRYU (2:1)ga qarshi o'yinda debyut qilgan. 1970 yilning 28 oktyabr kuni terma jamoadagi so'nggi o'yinini o'tkazgan. 

1978 yilda u yana CSKAga qaytdi. Faqat bu safar murabbiy rolida. Pshenichnikov SSSR mudofaa vazirligi qoshidagi armiya jamoalari bilan safarlarga chiqa boshladi. 1979-1983 yillarda Laosning "Kontxaba", 1989 yili KOSFAP (Antananarivu, Madagaskar) klublarida bosh murabbiy sifatida ishladi. 1984-1988 yillarda esa CSKA bolalar-o'smirlar olimpiya zaxiralari maktabi direktori bo'ldi. 

1990 yilda CSKA-2, sentyabrdan SKA (Rostov-na-Donu) klublariga ustozlik qildi. 1991 yili "Asmaral", 1994-1995 (oktyabrgacha) yillarda BAAning "Ratel-Xaym" klubini boshqardi. 1995 yilning dekabridan 1999 yilgacha CSKA bolalar-o'smirlar olimpiya zaxiralari maktabida yosh futbolchilarni tarbiyalashga o'z xissasini qo'shdi. 1999-2000 yillarda CSKA klubida darvozabonlar murabbiyi bo'ldi. 2002-2003 yillarda "Torpedo-ZIL" (Moskva) klubida ishladi. 2002 yili "Pshenichnikovning darvozabonlar futbol klubi"ni tashkil qildi va o'zi ham 10 yosh va undan katta bolalarni shug'ullantirdi. 2005 yilning martidan 2008 yilning sentyabridan "Dinamo" (Moskva) o'smirlar jamoalarining darvozabonlar murabbiyi bo'ldi.

Yuriy Pshenichnikov afsonaviy darvozabon, aynan darvozabonlar orasida yagona "Oltin to'p" (1963 yili) sohibi Lev Yashinni o'ziga ustoz va kumir deb biladi. Afsona bilan ilk uchrashuvini u shunday eslaydi.  

"Biz Yashin bilan 1962 yili tanishganmiz. O'shanda "Paxtakor" jamoasi "Dinamo"ga qarshi maydonga tushgan. O'sha yili CHilida o'tgan jahon chempionatidan so'ng Yashinni tanqid qilmagan insonning o'zi qolmadi hisob. U xatto futboldan ketish haqida o'ylay boshlagandi. Lekin men uchun Lev buyuk darvozabon bo'lib qolavergan. Yashin Olimpiada chempioni, Evropa Kubogi egasi, darvozabonlar orasida yagona "Oltin to'p" sohibi edi. Ochig'ini aytsam, o'shanda Yashin men bilan so'rashmasa ham kerak deb o'ylagandim. 2:2 hisobida yakunlangan o'yinimizdan so'ng Lev yonimga kelib, meni maqtadi. 1968 yili chempionatning eng yaxshi darvozaboni deb topilganimdan keyin Lev Ivanovich menga qo'ng'iroq qilib tabrikladi. 

Yuriy Pshenichnikovdan qiziqarli faktlar:

- Men 2 iyunda tug'ilganman. Tug'ilganlik haqidagi guvohnomamga rim raqamidagi II belgisini qo'yishgan. Lekin o'sha belgilarning tagiga va ustiga chizishni unutib qo'yishgan. Pasport olganimda esa 11 iyunni tug'ilgan kunim sifatida yozib qo'yishgan. SHu sababli, tug'ilgan sanamni ikkinchidan o'n birinchigacha nishonlayveraman.

- O'yinlardan birida “Zenit”ni qabul qilib, 0:5 hisobida mag'ubiyatga uchraganmiz. SHu gollardan uchtasini o'z himoyachilarimiz kiritishgan. Ikkita Suyunov va bitta Semyonov. Menimcha, bunday xet-trik futbol tarixida umuman bo'lmagan.  SHuningdek, “Zenit”ga bog'liq yana bir xotira qolgan. CSKAda o'ynab yurgan kezlarim o'yin kuni tushlik qilish uchun restoranga kirganman. O'shanda menga aynib qolgan ovqat berishgan ekan. Bu esa kechki payt o'yin vaqtida menga qattiq halal bergan. Qo'l va oyoqlarimni qimirlata olmay qolganman. O'sha o'yinda ham 0:5 hisobida yutqazganmiz. 

- 1966 yilning 26 aprel kuni Toshkentda kuchli zilzila ro'y bergan. Aynan zilzila kuni Toshkentda Minskning “Dinamo”si bilan o'ynaganmiz. Maydondagi futbolchilar zilzilani sezmasdilar. Men esa sezgandim. Tanaffusda “Dinamo” posboni Adamov: “Bu erdan tezroq ketishimiz kerak”, degan. Men esa “Yutqazing va ketavering” deganman. O'yin 1:0 hisobida bizning foydamizga yakunlangan. Zilzila tufayli yong'inlar boshlandi. Osmon qop-qora, itlar akillardi... SHahar markazida loydan qurilgan barcha uylar qulab tushgandi.

- “Paxtakor”da Mixail Yakushin bilan o'ynaganman. U “Paxtakor”ni qabul qilib olganidan so'ng “Qizil-O'zbekiston” kolxozi bilan ishlay boshlaganmiz. O'sha payt g'alaba uchun 80, durang uchun esa 40 rubldan olardik. Yakushin qo'l ostida terma jamoada ham o'ynaganman. O'shanda Evro-1968da ishtirok etgandik. 

- CHet elga birinchi marotaba “Paxtakor” hamda toshkentlik kurashchilar bilan birga borganmiz. O'shanda Afg'onistonda bo'lganmiz. U erda 300 yil orqaga tushib qolgandek o'zimizni xis qilgan edik. Terma jamoa bilan esa birinchi marotaba sobiq Yugoslaviyaga borganmiz. 

- Moskvaning CSKAsiga meni Vsevolod Bobrov ismli murabbiy taklif qilgan. O'shanda SHarof Rashidov mendan nima uchun CSKAga ketmoqchi ekanligimni so'ragan. Men esa: “Menga shunday deyishdi, agar terma jamoada o'ynashni istasang, biz seni oldinga Toshkentga borib yurmasligimiz uchun sen Moskvaga kel”.

Nodirxo'ja Yuldashev Pshenichnikov bilan Moskvadagi uchrashuvi haqida: 

- Bundan 5 yil avval, 10 aprel kuni Toshkent vaqti bilan soat 14:00da Moskvadagi "Dinamo" metro bekatida Yuriy Pavlovich bilan uchrashdik, u bizni shogirdi va uning dadasi bilan "Luch" stadioni tomon boshladi. Bu stadiondan "Dinamo" (Moskva) jamoasining akademiyasi foydalanar ekan. Yuriy Pavlovich esa hozirda faqatgina shu shogirdi bilan shug'ullanar, qarilik alomatini bildirmaslik uchun, u ko'rsatmalarini shogirdining dadasi yordamida amalga oshirar ekan. "Luch" stadioniga kiraverishda Lev Yashin va Yuriy Pshenichnikovning "Paxtakor" Markaziy stadionidagi ilk uchrashuvlari aks ettirilgan surat osig'liq turar edi. Yashin va terma jamoa haqidagi xotiralar aynan shu stadionda jonli tarzda bo'lib o'tdi. Mashg'ulot yakuniga etgach, "Dinamo"ning 2006 yilda tavallud topgan futbolchilari maydonga kirib kelishdi. Qizig'i, u erda darvozabonlar murabbiyi Lev Yashinning nabirasi ekan. SHundan so'ng, Yuriy Pavlovich "CA" muzeyi uchun ikkita tarixiy eksponatni topshirdi. Biri  qahramonimizning dastxati tushirilgan qo'lqop bo'lsa, ikkinchisi  o'zining 1967 yili Uembli stadionida Angliya terma jamoasiga qarshi o'yini tushirilgan video tasmasi edi. Naqd 40 daqiqa. Undan tashqari, Italiya bilan kechgan o'yin ham bor ekan.

Angliya - SSSR - 2:2 (1:2)

O'rtoqlik uchrashuvi, 1967 yil 6 dekabr. 

London. "Uembli" Stadioni. 90000 tomoshabin.

Bosh hakam:  R. Kreytleyn (Germaniya). 

Gollar: Boll (23), CHislenko (42, 44), Piters (72).

Angliya: G. Benks, Noulz, Sadler, Mur, Uilson, Myulleri, R.Bobbi. CHarlton, Piters, Boll, Xant, Xerst.

Bosh murabbiy - Alf Ramsey. 

SSSR: Pshenichnikov, Anichkin, SHesternev (s), Xurcilava, Istomin, Voronin, CHislenko, Sabo, Banishevskiy, Strelcov, Malofeev.

Bosh murabbiy - M. Yakushin.

Uchrashuv xronoligiyasini o'qib chiqdingizmi? Mashhur Bobbi CHarltonga qarshi 90 000 muxlis ko'z ostida Uembli stadionida ajoyib o'yin ko'rsatgan Pshenichnikov bilan iliq xayrlashar ekanmiz, yaqin kunlarda albatta Toshkentga borishi va biz orqali millionlab hamyurtlarimizga o'zining salomini etkazishini so'radi.

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика