So’nggi yangiliklar

12:10Ямаль ўзининг хатти-ҳаракати билан Фликни ғазаблантирди. "Барселона" мураббийи нимадан норози?  0 11:48"Олтин тўп-2025". Якуний рўйхатдан жой олган 30 футболчининг тўлиқ статистикаси   0 11:19"Реал" "Челси" футболчисини қимматлиги туфайли сотиб олишдан бош тортди  2 10:25Аббосбек Файзуллаев нега янги жамоасида майдонга тушмаётгани маълум қилинди  9 09:56"Интер"га "Челси" ҳужумчиси керак  1 09:27Саудия клублари Роберт Левандовскига даҳшат сумма таклиф қилишган  2 08:58"Бавария" нархни 60 миллион еврога оширди  1 08:29"Барселона" футболчисини 60 миллион еврога сотишга тайёр  2 08:00Луис Энрике: "Бу адолатли ёки йўқлигини билмайман"  4 07:31Here we go! "Ливерпуль" яна бир транферни ҳал қилди  2 07:00Суперлига. "Бухоро" "Хоразм" билан дуранг ўйнади, "Сурхон" эса ўз майдонида "Бунёдкор"ни ишончли ҳисобда енгди  3 02:15ПСЖ ўйинда ва пенальтилар сериясида камбэк амалга ошириб, УЕФА Суперкубогини қўлга киритди!  35 00:55Рэшфорд "Барса" ҳақида: "Англиядан фарқли ўлароқ, бу ерда ҳамма нарса шиддатли"  16 00:36Февзи Давлетов: "Гол ўтказиб юборганимизда жаҳлим чиқди"  4 00:20Иньиго "Ал Насср"га ўтиши ҳақида: "Бундай таклифни кўрганда ишона олмадим"  4

Ryuji Sato jamoalarimiz uchun qanchalik omadli? Yangiliklar

Ryuji Sato jamoalarimiz uchun qanchalik omadli?

O'zbekiston va Suriya o'rtasidagi o'yinni yaponiyalik Ryuji Sato boshqarib borishi haqida xabar berdik.

SHu tariqa, Ryuji Sato ettinchi bor o'zbek jamoalari ishtirokidagi o'yinda ishlaydi.

2014 yil U19 Yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionati guruh bosqichi doirasida O'zbekiston BAA bilan 2:2 hisobida durang o'ynagandi.

Ushbu hakam 2015 yil Janubiy Koreya - O'zbekiston o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvida ham ishlagandi. Uchrashuvda Zohir Qo'ziboev gol urgandi va bahs 1:1 hisobida tugagandi.

O'tgan yil Sato OCHL guruh bosqichi doirasida "Lokomotiv"ning "Fulad"ga qarshi uchrashuvida hakamlik qilgan. O'sha uchrashuv ham 1:1 hisobida tugagandi.

Bu yil Ryuji bir yo'la ikki bor o'zbek klublari ishtirokidagi uchrashuvni boshqarib bordi.

OCHL 1-turi doirasidagi "Al Ahli" - "Nasaf" o'yinida "ajdarlar" 1:2 hisobida yutqazib qo'yishgandi. O'sha o'yinda hakam Erkin Boydullaevga qizil kartochka ko'rsatgan va Dilshod Rahmatullaevga nisbatan ishlatilgan qo'pollikni etiborsiz qoldirgandi. 3-turdan o'rin olgan "Sepaxon" - "Lokomotiv" uchrashuvida "temiryo'lchilar" Marat Bikmaev va Sardor Mirzaevning gollari evaziga zafar quchishgandi - 2:0.

Nihoyat 24 mart kuni O'zbekiston - Filippin uchrashuvida ham shu hakam faoliyat olib borgan. O'sha bahsda Anzur Ismoilov tomonidan urilgan yagona gol O'zbekistonga g'alaba keltirgandi - 1:0.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston - Suriya uchrashuvi 1 sentyabr kuni bo'lib o'tadi.  

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика