So’nggi yangiliklar

11:32"Реал" Мак Аллистерга қизиқмоқда, аммо...  0 11:00Родриго “Арсенал“га ўтиши учун аниқ бир талабни қўйди  6 10:34А Сериянинг яна бир тўпурари Саудияга йўл олиши мумкин  0 09:24Допинг сабаб икки йил футбол ўйнамаган жаҳон чемпиони Б Серия жамоасига ўтди  1 08:55“Реал“ ҳужумчиси икки ойга сафдан чиқди  2 08:27Томас Мюллер фаолиятини Европанинг кутилмаган жамоасида давом эттириши мумкин  0 07:58“Реал“ 90 миллионга таянч ярим ҳимоячи сотиб олмоқчи  4 07:32Луи ван Гал саратон касаллигини енгганини эълон қилди  1 00:49"Кристал Пэлас" "Лион" туфайли Европа лигасида иштирок эта олмайди. Нега?  5 00:05Муҳаммадали Ўринбоев "Антверпен" таркибида дебют қилди  6 23:58Флик тер Штегенга янги мавсум асосий дарвозабони бўлмаслигини айтди  6 23:14Модрич: "Мен доимо "Реал" мухлиси бўлиб қоламан"  2 22:52Алонсо "Реал" раҳбариятидан таянч ярим ҳимоячисини трансфер қилишни сўрамоқда  15 22:20"Рома" А Сериянинг энг яхши дарвозабони билан шартномани узайтирди  1 21:45"Галатасарой" Осимхенни сотиб олиш бўйича "Наполи"га таклиф жўнатди  0

Ryuji Sato bizning jamoalar uchun qanchalik omadli? Yangiliklar

Ryuji Sato bizning jamoalar uchun qanchalik omadli?

"Al Ahli" - "Bunyodkor" o'rtasidagi o'yinni yaponiyalik Ryuji Sato boshqarib boradi.

SHu tariqa, Ryuji Sato sakkizinchi bor o'zbek jamoalari ishtirokidagi o'yinda ishlaydi. 1977 yilda tug'ilgan yaponiyalik ushbu hakam 2009 yildan xalqaro o'yinlarni boshqarishni boshlagan.

2014 yil U-19 Yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionati guruh bosqichi doirasida O'zbekiston BAA bilan 2:2 hisobida durang o'ynagandi.

Ushbu hakam 2015 yil Janubiy Koreya - O'zbekiston o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvida ham ishlagandi. Uchrashuvda Zohir Qo'ziboev gol urgandi va bahs 1:1 hisobida tugagandi.

2015 yil Sato OCHL guruh bosqichi doirasida "Lokomotiv"ning "Fulad"ga qarshi uchrashuvida hakamlik qilgan. O'sha uchrashuv ham 1:1 hisobida tugagandi.

O'tgan yil Ryuji bir yo'la ikki bor o'zbek klublari ishtirokidagi uchrashuvni boshqarib bordi.



OCHL 1-turi doirasidagi "Al Ahli" - "Nasaf" o'yinida "ajdarlar" 1:2 hisobida yutqazib qo'yishgandi. O'sha o'yinda hakam Erkin Boydullaevga qizil kartochka ko'rsatgan va Dilshod Rahmatullaevga nisbatan ishlatilgan qo'pollikni etiborsiz qoldirgandi. 3-turdan o'rin olgan "Sepaxon" - "Lokomotiv" uchrashuvida "temiryo'lchilar" Marat Bikmaev va Sardor Mirzaevning gollari evaziga zafar quchishgandi - 2:0.

Bir yil oldin 24 mart kuni O'zbekiston - Filippin uchrashuvida ham shu hakam faoliyat olib borgan. O'sha bahsda Anzur Ismoilov tomonidan urilgan yagona gol O'zbekistonga g'alaba keltirgandi - 1:0.

Nihoyat 1 sentyabr kuni O'zbekiston va Suriya o'rtasidagi bahsda Satoning xushtagi biz uchun omadli bo'lgan. Geynrixning goli va o'sha mashhur selfi - 1:0.

Osiyo CHempionlar ligasi-2017
"S" guruhi, 1-tur
21 fevral. Jidda
"Sport Siti" stadioni. 22:15 (Toshkent vaqti)
"AL-AHLI" (Saudiya Arabistoni) - "BUNYODKOR" (O'zbekiston)
Bosh hakam:
Ryuji Sato
Qanot hakamlari: Toru Sagara, Xiroshi Yamauchi
Zaxira hakami: Araki Yusuke (barchasi - Yaponiya)
Hakamlar nazoratchisi: Adnan Ismoil Alhafi (Iordaniya)
Uchrashuv komissari: Song Xuang (Xitoy)

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика