Ryudiger “CHelsi”ni tark etishi mumkin
22 sen 2020 01:23
Yangiliklar


Ryudiger “CHelsi”ni tark etishi mumkin
Londonning “CHelsi” klubi himoyachisi Antonio Ryudiger jamoasini almashtirishi mumkin, deya xabar bermoqda Sky Sports.
Nashr xabariga ko'ra, futbolchi Germaniya terma jamoasi tarkibidan joy olish maqsadida muntazam o'yin amaliyotiga ega bo'lishni istayapti. Joriy mavsumning dastlabki ikki turida u “CHelsi”ning “Brayton” (3:1) va “Liverpul”ga (0:2) qarshi bahslarida o'yin qaydnomasidan o'rin olmadi.
Ryudiger 2017 yilning yozida Rimning “Roma” klubidan “CHelsi”ga ko'chib o'tgandi. Futbolchining transferi uchun londonliklar 35 million evro to'lashgan. O'tgan mavsumda futbolchi APLning 20 ta uchrashuvida maydonga tushib, ikkita gol va bitta avtogol qayd etdi. Antonioning klub bilan tuzgan shartnomasi 2022 yilning yozida nihoyasiga etadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar