So’nggi yangiliklar

15:12Иброҳимҳалил ОТЖ лагерини тарк этди, унинг ўрнига бошқа ўйинчини қўшиш мумкинми? Кападзе жавоб берди  8 14:59"Манчестер Юнайтед" Уан-Биссакани Дюмфрисга алмаштирмоқчи  4 14:37Париж-2024. Ўзбекистон Мисрга қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум  6 14:15АПЛ клублари "Лион" ҳимоячисига даъвогар  1 13:50Симонс "Лейпциг" ва "Бавария"дан бирини танлади  1 13:23"Арсенал" Евро-2024'да ёрқин ўйин кўрсатган ярим ҳимоячининг трансфери борасида музокаралар ўтказмоқда  1 12:57"Ньюкасл" ҳимоячиси Саудия Арабистони чемпионатига ўтиши мумкин  1 12:29Расман: "Комо" ироқлик иқтидор билан шартнома имзолади  1 12:04"Андижон" янги аъзоси Абинур Нуримбет: "Келажакда Қозоғистон миллий терма жамоаси либосида майдонга тушишни истайман"  2 11:39ПСЖ Франция терма жамоаси дарвозабонига қизиқмоқда  2 11:16Хаби Алонсо Арда Гюлерни "Байер"да кўрмоқчи  2 10:50Лапорта: «Барселона» катта трансферларни амалга оширишга тайёр»  3 10:16«Акрон» Шерзод Эсановни қанчага сотиб олгани маълум  8 09:50Жоау Феликс фаолиятини АПЛда давом эттиради  5 09:47Мўъжиза рўй бермади, аммо ҳали барчаси олдинда. Ўзбекистон – Испания ўйинидан хулосалар  18

Rustam Umarov: “Navbatdagi Jahon chempionatida ishtirok etamanmi yoki yo'q bilmayman” Yangiliklar

Rustam Umarov: “Navbatdagi Jahon chempionatida ishtirok etamanmi yoki yo'q bilmayman”

Futzal bo'chicha O'zbekiston milliy terma jamoasi Kolumbiyada bo'lib o'tgan Jahon chempionatida ishtirok etib 1 ochko jamg'argan holda guruh bosqichidayoq o'z yurishlarini to'xtatishga majbur bo'lishdi.

Terma jamoamiz azolari kuni kecha yurtimizga qaytib keldi. Biz O'zbekiston terma jamoasi darvozaboni Rustam Umarovni ofisimizga taklif qildik va mundialdagi ishtirok haqida suhbatlashdik.

-  Mundialga borishdan avval Toshkentda Ozarbayjon futzal terma jamoasi bilan 2 ta nazorat o'yinida maydonga tushdinglar. Keyin esa Tehronda Eron bilan  Portugaliya shahrida Ispaniya va Portugaliya terma jamoasiga qarshi bahs olib bordinglar. Tayyorgarlik qanchalik alo darajada bo'ldi deya olasiz?
-  Mundialga borishdan oldin Toshkentda Ozarbayjon terma jamoasiga qarshi 2 ta o'rtoqlik o'yini o'tkazdik. Tehronda Eron bilan 2 ta nazorat o'yini o'tkazdik. Eron terma jamoasiga qarshi uchrashuvdan oldin Ozarbayjon bilan o'ynaganimizda biz o'sishga erishdik. Eron terma jamoasiga qarshi o'yin oson bo'ldi. To'pni o'zimiz nazorat qildik, hujumlar uyushtirdik. Yana o'sha o'zimizning xatolarimiz tufayli gollar o'tkazib yubordik. Keyin biz Portugaliyaga yo'l oldik va u erda Portugaliya va Ispaniya terma jamoalari bilan 2 ta o'rtoqlik o'yini o'tkazdik. Birinchi bahsda Portugaliya terma jamoasi bilan o'ynadik. Birinchi bo'limda yomon o'yin ko'rsatmadik, qarshihujumlar uyushtirdik. Yana o'zimizni xatolarimiz tufayli darvozamizdan gol o'tkazib yubordik. Yaxshi o'yin ko'rsatib himoyalandik, hujumlar uyushtirdik, pressingdan chiqib ketdik. Bizda ko'plab golga tortadigan vaziyatlar bo'ldi ammo ulardan foydalana ololmadik. Birinchi bo'limni 2:1 hisobida yakunladik. Ikkinchi bo'limda maydonga chiqib yana o'z o'yinimizni ko'rsatishga harakat qildik. Afsuski yana o'zimizning ahmoqona xatolarimiz tufayli o'z darvozamizdan gol olib chiqdik. Men Portugaliya terma jamoasi bilan bo'lgan o'rtoqlik o'yini haqida gapiryapman. Keyingi o'rtoqlshik o'yini Ispaniya terma jamoasi bilan bo'ldi. Ushbu o'yinga juda yaxshi tayyorgarlik ko'rdik. CHunki Ispaniya dunyo bo'yicha eng kuchli terma jamoalardan biri hisoblanadi. Ushbu o'yinda ham yaxshi to'pni o'z nazoratimizga oldik, yaxshi himoyalandik. Birinchi bo'limni 1:0 hisobi bilan yakunladik. Menimcha, bu yomon natija emas deb o'ylayman. Ikkinchi bo'limda maydonga chiqib yana o'sha ahmoqona xatolarimiz tufayli o'z darvozamizdan gol olib chiqdik. Yana bir nechta nazorat o'yinlarini o'tkazganimizdan so'ng bizda o'yin darajamiz yanada oshdi. Bunday daraja bilan biz Kolumbiyaga bordik.

-  Aytib o'tdingiz, o'zimizni xatolarimiz tufayli darvozamizdan gol o'tkazib yubordik deb. Mana shu xatolarni bartaraf etish uchun shuni ustida ko'proq ishlamadinglarmi?
-  Ushbu xatolar o'yin paytida bo'ladi. Bunday xatolarni qanday bartaraf etishni bilmayman. Nimaga bunday bo'layotganini o'zimiz ham bilmayapmiz. Kichik xatolar tufayli o'z darvozamizdan gol o'tkazib yuboryapmiz. Bizni mudofa chizig'imiz juda ham kuchli. Raqiblarga ham himoya chizig'imizni yorib o'tish juda qiyin. Ammo, o'zimizning xatolarimiz tufayli gol o'tkazib yuboryapmiz.


-  Mundialdagi ilk tarixiy o'yinda Panamani bemalol mag'lub etsanglar bo'lardi. O'sha uchrashuvda qandaydir xayajon tufayli mag'lubiyatga uchradinglarmi?
-  Albatta, o'yin boshlanishidan oldin madhiyamizni kuylayotganimizda juda ham kuchli xayajon bor edi. Lekin, uchrashuv boshlanganda esa bor etiborimizni maydondagi vaziyatga qaratdik. Ushbu o'yinda golga tortadigan vaziyatlar ko'p bo'ldi. Lekin, biz tepgan to'plar darvoza chizig'ini kesib o'tmadi. Bilmadim, xuddi ularni darvozalari sehrlab qo'yilgandek. Birinchi bo'limda 5, 6 ta xavfli vaziyatlar bo'ldi. Biz Panamani bemalol mag'lubiyatga uchratamiz deb o'yladim. Yana himoyada biroz xotirjamlikka berildik va gol o'tkazib yubordik. Birinchi bo'limni 1:0 hisobida yakunladik. Ikkinchi bo'limda juda ham kuchli hujumlar uyushtirdik. Ammo, himoyadagi qo'pol xatoyimiz tufayli darvozamizdan gol o'tkazib yubordik. Ushbu o'yinda 100 foizlik natija qayd etishimiz kerak edi. Bemalol g'alaba qozonsak bo'lardi, lekin qanaqasiga bunday bo'ldi bilmayman.

- Guruhdagi ikkinchi turda Kolumbiya terma jaoasiga qarshi bahs olib bordinglar. Uchrashuvning so'nggi daqiqasiga qardar o'yinni sizlar nazorat qildinglar. Arzimagan 13 soniya tarixiy g'alabani nishonlashga yo'l qo'ymadi...

-  Panama bilan bo'lgan o'yindagi mag'lubiyatdan so'ng, barcha jamoadoshlarimiz bilan yig'ilib ushbu o'yinda faqat g'alaba qozonamiz deb gaplashib olgan edik. Kolumbiyaga qarshi yuahs olib borish uchun maydonga chiqib keldik. Sstadiondagi muhit alo darajada edi. Xuddi o'zimizni o'z uyimizda o'ynayotgandek tasavvur qildik. Birinchi bo'limni yomon boshlamadik. Ilk imkoniyatdan unumli foydalandik va raqib darvozasini ishg'ol qildik. Raqimiz Kolumbiya terma jamoasi ham darvozamizga gol urishi mumkin edi. Qaerdadir himyada yaxshi o'ynashdi yana qaerdadir men o'z darvozamni yaxshi mudofa qildim. Birinchi bo'limni 2:1 hisobida yakunladik. Ikkinchi bo'limda maydonga chiqib raqiblar darvozasini yana ishg'ol qildik. 3:1 hisobida oldinga chiqib olgan edik. Yana golga tortadigan vaziyatlar bor edi. O'shalarni golga aylantira olmadik. Ikkinchi bo'lim tugashiga tahminan 5 daqiqa qolganida raqib o'ynovchi darvozabonni maydonga tushirdi. Xatoyimiz tufayli yana darvozamizdan gol o'tkazib yubordik. Biz g'alaba qozonishimiz kerak edi. Afsuski, durang natija qayd etdik.

-  Bunday natijadan keyin ham sizlarda keyingi bosqichga chiqish uchun imkoniyat saqlanib qolgan edi. Faqat guruhdagi 3-turda Portugaliya terma jamoasini mag'lubiyatga uchratishinglar shart edi...
-  Ikkinchi turda durang natija qayd etgan bo'lsak ham guruhdan chiqishimiz uchun imkoniyat bor edi. Faqat Portugaliya terma jamoasini mag'lubiyatga uchratishimiz kerak edi. Portugaliya bilan bo'lgan o'yinda yo'qotadigan hech narsamiz yo'q edi. Yoki bor yoki yo'q. Ushbu uchrashuvda ham jiddiy tayyorgarlik ko'rdik. Portugaliyaga qarshi maydonga tushib to'pni o'z nazoratimizga olgandik. Standart vaziyatda himoyachilarimizning etiborsizligi tufayli Rikardino bir o'zi jarima maydonchamiz yonida qolgan edi. U esa o'ziga uzatilgan to'pni darvozamizga joylab qo'ydi. Ular ikki, uchta gol urib olishgandan so'ng ruhlanib ketishdi. SHundan so'ng ular o'yinni o'z nazoratlariga olishdi. Biz esa bunday vaziyatdan qanday chiqishni bilmay qoldik. Biz g'alaba qozonib keyingi bosqichga chiqish uchun harakat qildik. Menimcha bizga biroz omad etishmadi deb o'ylayman.


-  Kolumbiyadan qanday taassurotlar bilan qaytdinglar?
-  Juna ham uzoq kutilgan ilk jahon chempionatimiz. Menga juda ham yoqdi. Biz uzoq vaqt mundialga chiqish uchun harakat qilgandik, orzu qilgandik. Mundialning ilk o'yinida xuddi, o'zimizda bo'lib o'tgan Osiyo chempionatidek tasavvur qildim. Osiyo chempionatida bo'lgani kabi qattiqqo'l hakamlar, tashkilotchilik, barchasi alo darajada edi. Endi bu jahon chempionati.

-  Ushbu Jahon chempionati Osiyo chempionatidan so'ng ikkinchi yodda qolarli voqea bo'ldimi?
-  Albatta, biz Evropa jamoalari bilan kuch sinashdik. Jahon chempionati bilan Osiyo chempionati orasida katta farq bor. Albatta, bu yodimizda qoladi. Kolumbiya bilan bahs olib borganimizda, muxlislar juda ham ko'p edi. Maydondagi muhit juda ham zo'r edi. Medilinga borganimizda esa muxlislar chiroyli o'yin ko'rish uchun arenaga tashrif buyurishgandi. Biz bilan Kolumbiyaga borib bizni qo'llab-quvvatlab turgan 2, 3 nafar muxlisimizni alohida etirof etmoqchiman. Ular arenaga tashrif buyurgan muxlislarni bizni qo'llash uchun o'zimiz tarafga og'dirib oldi (kuladi). Menimcha barcha muxlislar bizga muxlislik qilishdi. O'yinni bo'lsa o'zinglar ham ko'rdinglar, biroz omadsiz ishtirok etdik.

-  Guruhdagi qaysi jamoaga qarshi qiyin o'yin o'tkazdingiz?
-  Menimcha Kolumbiyaga qarshi juda ham qiyin uchrashuv bo'ldi deb hisoblayman. Boya aytib o'tganimdek o'sha uchrashuvda himoyalandik, ko'p ter to'kdik. 2 ta to'p farqi bilan g'alaba qozonib turganimizda, so'nggi daqiqalarda durang natija qayd etish juda ham alamli. Menmcha ushbu uchrashuvni uzoq vaqt yodimdan chiqarmasam kerak.

-  Vaqt tafovutidan qiynalmadinglarmi?
-  U erdagi vaqtga moslashish uchun mundialdan biroz oldin Kolumbiyaga etib borgandik. Birinchi kunimiz juda ham og'ir bo'ldi. Ataylab mashg'ulotimizni kechgi vaqtda o'tkazdik. Mashg'ulotda ko'zlarimiz yumilib uxlab qolishimiz ham mumkin edi. Juda ham noqulay bo'ldi. U erdagi vaqtga moslashish uchun ham murabbiylar shtabi mashg'ulotlarni ertalab emas kechki payt amalga oshirdi.


-  U erda qanday taomlarni istemol qildinglar?
-  Menimcha hamma joyda oshxonalar bir xil bo'lsa kerak. SHvetcha stol, guruch, makaron, lekin ularni ovqatini kimdir eya oladi yana kimdur eya olmaydi. Biz Ispaniyada bo'lganimizda murabbiyimiz Pulpis yashaydigan shaharda bizni bir oxshonaga taklif qildi. Oldimizga sakkizoyoqdan tayyorlangan taomni maxsus idishda olib kelishdi. Avvaliga ushbu taomni eyish uchun biroz ko'nglim tortmadi. Keyin tatib ko'rganimdan so'ng mazasi og'zimda qoldi. Tuzi ham barcha narsasi joyida edi. SHunaqangi yoqimli edi. Taomning hammasini paqqos tushirdim. Sakkizoyoq menga yoqdi.

-  Mundialda yodda qolarli vaziyatlar bo'ldimi?
-  Kolumbiyaga qarshi uchrashuvda ular juda ko'p vaziyatlarda darvozamizni ishg'ol qilishi mumkin edi. Lekin men o'z darvozamni goldan qutqarib jamoadoshlarim joniga oro kirdim. Buna ham uzoq vaqt yodimdan chiqarmasam kerak. Buni alohida videorolik qilish kerak (kuladi).

-  Kolumbiyada qiziqarli voqealar bo'ldimi?
-  Nafaqat Kolumbiyada biz terma jamoa bilan birga bo'lganimizda “don-don ziki” degan o'yin bor. Jamoadoshlarim bilan liftda bo'ladimi yoki mehmonxona yo'laklarida bo'ladimi biz mana shu o'yinni o'ynaymiz. Ushbu o'yinda kim mag'lub bo'lsa yoki erga tayangan holda yotib turish yoki o'mbaloq oshish mashqlarini bajarardi. Bu biz uchun juda ham qiziqarli o'yin edi.

-  Ushbu o'yinda kim ko'proq mag'lub bo'lgan?
-  Asosan yosh jamoadoshlarim mag'lub bo'lardi. Yoshi kattalar tajribali  bo'ladi. Biz o'zaro kelishib olardik. “Uchquduq” desa barcha bir xil narsa qilardi (kuladi).


-  Kolumbiya bilan bo'lgan o'yinda rossiyalik sharhlovchi “jalka Rustam” deb aytgandi...
-  Albatta, bu juda ham yoqimli. O'zbekistondagi barcha muxlislarimiz ijtimoiy tarmoqlarda bizni qo'llab-quvvatlashdi. Ular yozib qoldirgan izohlarini deyarli barchasini o'qib chiqdik. “Arena”, “Match” telekanallari barcha o'yinlarni efirga uzatishdi. O'sha telekanallarning birida ishlovchi Arkadiy Beliy bor. Avval ushbu inson Rossiyaning “Dina” jamoasida o'ynagan. Biz ushbu jamoa bilan uchrashuv o'tkazish uchun Rossiyaga borganimizda Arkadiy Beliy “Dina” jamoasini direktori edi. O'shanda “Dina” bilan bo'lgan uchrashuvda 3:3 natijasini qayd etgandik. O'shanda Arkadiy Belyy meni eslab qolgan edi. O'yindan so'ng Arkadiy Belyy yonimga kelib Rustam ajoyib o'yin ko'rsatding tabriklayman degandi. Mana yillar o'tib Kolumbiya bilan bo'lgan uchrashuvni Arkadiy Beliy sharhladi. Balki meni eslagandir. Bunday yodga olishlar juda ham yoqimli.

-  Mundialda juda ham ajoyib o'yin ko'rsatdinglar. Balki xorij klublari selekcionerlari Kolumbiyaga tashrif buyurishgandir. Balki sizlargi qiziqishgandir. Agarda jiddiyroq taklif bo'lsa qabul qilasizmi?
-  Bo'lishmi mumkin. Hozircha hech gap yo'q. Balki biron-bir yangilik bo'lib qolar. Agarda shunday bo'ladigan bo'lsa birinchilardan yuzdib xabardor bo'lasiz. Agarda taklif bo'lib qolsa qabul qilardim. Evropa davlatlari chempionatida ishtirok etishni xohlayman. Keyingi Jahon chempionatida ishtirok etamanmi yoki yo'q bilmayman. O'shanda men 36 yoshda bo'laman. Lekin, hozirgacha o'ynayotgan 36, 37 yoshli darvozabonlar bor. Buni vaqt ko'rsatadi.


-  So'nggi so'z o'rnida muxlislarga tilaklaringiz.
-  Mundialda bizni qo'llab-quvvatlab turgan muxlislarimizga katta rahmat aytaman. ijtimoiy tarmoq orqali o'zlarini izohlari bilan bizni qo'llashdi. Biz mag'lub bo'ldik, durang o'ynadik va musobaqani tark etdik. SHunga qaramay muxlislarimiz ohirigacha bizni qo'llashda davom etishdi. Biz uyimizga yoriq yuz bilan qaytib keldik. Bizni yaxshi kutib olishdi, buning uchun barchaga rahmat aytaman. SHuningdek mundialni to'liq yoritib borgan OAV vakillari bo'lgan championat.asia saytiga alohida rahmat aytaman. Mundialdagi barcha yangiliklar o'z vaqtida saytda chop etildi. Biz bularni barchasini saytda kuzatib bordik. Buning uchun barchangizga katta rahmat aytaman.

Jahongir Sotvoldiev suhbatlashdi.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика