So’nggi yangiliklar

10:15Николай Ширшов хотира кубоги. Бугун турнир ғолиблари аниқланади   0 10:11Германия терма жамоасининг собиқ футболчиси фаолиятини "Рома"да давом эттиради  1 09:40Кечирилмади! Немис клуби мухлислари футболчини бошқа жамоа либосида суратга тушгани учун дўппослашди  0 09:03Бразилиянинг машҳур жамоаси уй стадионининг номини Марсело шарафига ўзгартирди  4 08:35"Челси" собиқ футболчиси Қатар клубига ўтишга яқин  1 08:07«Арсенал»нинг янги футболчиси Мерино қанча муддатга сафдан чиққани маълум бўлди  0 07:38Футзал. Бразилия футзал терма жамоаси Тошкентга етиб келди  2 00:27Ёзги транфер ойнасида рекорд даражада кўп трансфер амалга оширилди – ФИФА  5 00:08Англиялик уч нафар футболчи жароҳат сабаб терма жамоанинг сентябрь ойидаги ўйинларини ўтказиб юборади  0 23:45Муҳаммад Салоҳ "Ливерпуль" билан ўз келажаги бўйича музокара ўтказади  2 22:52Қирғизистон термаси Эронга қарши ўйинга тайёргарлик кўрмоқда  9 22:16Маурисио Почеттино шу ҳафта янги жойда иш бошлайди  1 21:52ОКМК 120 дақиқа давом этган назорат ўйинида "Олимпик"ни мағлубиятга учратди  2 21:23Отабек Шукуров: "Туркиядаги муаммолар сабаб, клубимни ўзгартиришга мажбур бўлдим. Ҳозир янги клубим эмас, терма жамоамиз манфаати ҳақида кўпроқ қайғурмоқдаман"  6 21:00 Ўзбекистон миллий термаси машғулоти: Ҳусанов, Шомуродов ва Турғунбоев жамоага қўшилди  0

Rustam Umarov: Jamoamizning Osiyo chempionatiga chiqqani bilan barchani tabriklayman Yangiliklar

Rustam Umarov: Jamoamizning Osiyo chempionatiga chiqqani bilan barchani tabriklayman

Teglar :  Rustam UmarovFutzal
Futzal bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi Markaziy va Janubiy Osiyo mintaqasidan Osiyo chempionatiga saralash bosqichi “A” guruhida ketma-ket ikkita g'alabaga erishib, muddatidan avval qita birinchiligiga yo'llanmani naqd qildi.

Dastlab Nepal terma jamoasi osonlik bilan 14:1 hisobida taslim etilgan bo'lsa, Turkmaniston termasiga qarshi 4:2 hisobidagi g'alaba bilan yakunlangan o'yinda oson bo'lmadi. Aynan Turkmanistonga qarshi bellashuvda o'yin qahramoniga aylangan tajribali darvozabon Rustam Umarov O'FF matbuot xizmati bilan suhbatda o'yin taassurotlari, ichki hayajon va qo'lga kiritilgan OCH yo'llanmasi haqida so'zladi.

“Butun O'zbekiston xalqini, shuningdek, terma jamoaning barcha vakillarini bugungi g'alaba va qo'lga kiritilgan Osiyo chempionati yo'llanmasi bilan tabriklayman. Dastlabki turda biz tanimagan, biz bilmagan Nepal termasiga qarshi to'p surdik. O'yin oson kechdi va yakunda yirik (14:1) g'alabani rasmiylashtirdik. Bugun esa anchagina tajribali va bizga tanish bo'lgan Turkmaniston bilan kuch sinashdik. Ashxobodda o'tgan Yopiq inshootlardagi Osiyo o'yinlari Turkmaniston munosib ishtirok etganiga guvoh bo'ldik. Bundan tashqari, bugungi raqib bilan Toshkentda ikkita o'rtoqlik o'yini o'tkazib, bitta mag'lubiyat (5:6) va bitta durang (1:1) qayd etgandik. Turkmanistonga qarshi o'yin oson kechmasligini bilgan holda, o'ziga xos revansh olishga harakat qildik va buning uddasidan chiqdik.

Bosh murabbiy o'yin oldidan barcha kerakli ko'rsatmalarni berib, video tahlil orqali xatolarini hamda zaif nuqtalarini ko'rsatib berdi. Birinchi bo'limda o'yinchilarimiz biroz uyquga ketgandek tasavvur o'yg'otdi va buning ortidan bir nechta xatolar vujudga keldi. Qiyin vaziyatlarda jamoadoshlarimga qo'ldan kelgancha yordam berishga urindim. Ikkinchi golni urganimizdan keyin esa o'zimizga bo'lgan ishonch ortdi va yakunda biz muvaffaqiyatga erishdik. Toshkentdagi mag'lubiyat shunchaki tasodif ekanini isbotlay oldik, desam mubolag'a bo'lmaydi. Guruhda 6 ochko to'plab, muddatidan avval Osiyo chempionatiga yo'llanma oldik. Qayd etilgan natijadan barcha xursand, hammaning kayfiyati yaxshi.

Qirg'izistonga qarshi o'yin uchun qanday strategiya tanlanganini hozircha bilmayman. Bosh murabbiy o'yindan oldik ko'rsatmalar beradi va shundan so'ng barchasiga oydinlik kiritiladi. Ammo shuni aytishim mumkinki, Osiyo chempionati kumush medallari sohibi sifatida ertangi o'yinda zafar quchib, guruh bosqichini etakchi sifatida tugatishimiz kerak”, – dedi Rustam Umarov.

Eslatib o'tamiz, saralash bosqichi “A” guruhi so'nggi turida O'zbekiston terma jamoasi Qirg'iziston futzalchilariga qarshi maydonga chiqadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 15:30 da boshlanadi.


Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика