So’nggi yangiliklar

12:30"Локомотив" беларуслик хавбекка кўз тикди  0 12:12TVCOM'да бугунги тақвим: Италия Суперкубоги финали, Элит ОЧЛ ва бошқалар  0 12:01Ўзбекистон МТЖ январь ойида қаерда йиғин ўтказади?  2 11:33Винисиус ғавғоли ўйиндан сўнг Дубайга учиб кетди. Сабаби очиқланди  1 11:04U-23 Осиё чемпионати-2016. Энг тезкор голни урган ва умиди эрта сўнган Ўзбекистон  20 10:45Дани Алвес Португалия футбол клубини сотиб олиши мумкин  1 10:18Сергей Токов Суперлига жамоасида иш бошлаши мумкин  2 09:51"Локомотив" тажрибали ҳимоячи билан шартнома тузади  3 09:23Рубен Аморим кечаги мағлубиятдан сўнг: "Бугун биз яхшироқ эдик"  4 08:55Фарход Соҳибжонов "Андижон" билан хайрлашди. Унинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  3 08:27"Хоразм"да нима гаплар? Етакчилар билан шартнома узайтирилди ва Тожикистондан дарвозабон келмоқда  5 07:59ОКМК етакчиси фаолиятини "Навбаҳор"да давом эттириши мумкин  8 07:30Ханси Флик: "Бу шунчаки шармандагарчилик"  9 01:15"Қизилқум" ўз футболчиси билан шартномани узайтирди  0 00:25“Навбаҳор”: Бенжамин Тейди билан шартнома узайтирилди  1

Rustam Mirsodiqov: "Qizilqum"ga qarshi o'yin qiyin kechishini bilardik" Yangiliklar

Rustam Mirsodiqov: "Qizilqum"ga qarshi o'yin qiyin kechishini bilardik"

"Metallurg" - "Qizilqum" (4:2) uchrashuvidan keyin mezbonlar murabbiyi Rustam Mirsodiqov jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga javob qaytardi.
Rustam Mirsodiqov, “Metallurg” FK bosh murabbiyi:- Birinchi davra oxirlashib borgan sari jamoalar barcha imkoniyatlarini ishga solib, kerakli ochkolarni jamg'arishga harakat qilishmoqda. “Qizilqum”ga qarshi o'yin qiyin kechishini bilardik.

SHunga yarasha o'yinga puxta tayyorgarlik ko'rdik. Raqibning o'yinlarini o'rgandik. Kerakli xulosalarga ega bo'ldik. O'z navbatida bu oy “Metallurg” uchun judayam omadli o'tayotganligini ham aytib o'tish lozim. So'nggi to'rtta uchrashuvdagi ketma ket g'alaba shogirdlarimning kayfiyatini ko'tarib yubordi. Turnir jadvalida yonma yon o'rinlarda borayotgan raqib bilan principial o'yinda ham g'alabaga bo'lgan ishtiyoqimiz ustun keldi.

Hisobda ortda qolayotgan bo'lishimizga qaramasdan tushkunlikka tushmadik. Aksincha yanada katta g'ayrat bilan oldinga tashlandik. Ko'rdinglar, biri biridan chiroyli kombinaciyalarimiz o'z mahsulini berdi. Butun o'yin davomida futbolchilarga ruhiy dalda bo'lib turgan ishqibozlarimizga rahmat. Nasib bo'lsa, yana bitta o'yin qoldi bu davrada. Uni ham muvaffaqiyatli o'tkazib olish niyatidamiz. Futbolchilarimdan hech birini ajratib ko'rsatmoqchi emasman. Bugun hamma o'yinchilar g'alaba yo'lida yaxlit, bir yoqadan bosh chiqarib harakat qilishdi. 
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика