Rustam Mirsodiqov: “Kamoliddin Kenjaevga atalgan hayriya akciyasida ishtirok etaman”
25 okt 2014 18:01
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/149232_original.jpg)
![](/upload/storage/149232_220.jpg)
Rustam Mirsodiqov: “Kamoliddin Kenjaevga atalgan hayriya akciyasida ishtirok etaman”
"Metallurg" - "Paxtakor" (2:4) uchrashuvidan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanida mezbonlar bosh murabbiyi Rustam Mirsodiqov qatnashdi.
“Emociya yomon narsa, futbolchilarimiz qizishib ketdi shuning uchun qizil kartochka oldik. “Paxtakor”ni o'yin sifati yaxshiligi bois bizga yana bitta o'yinchi etishmadi. Karimqulov ozini jilovlay olganida shunday bo'lmasdi. Xato qildik va yutqazdik", - deb gap boshladi Rustam Mirsodiqov.
- Hisob tenglashgandan keyin himoyaga yotib oldinglar, raqibni hujum bilan ushlab turish mumkin edimi?
- Albatta, ammo bu vaziyatda bizga qiyin edi. Bu erda klass o'z so'zini aytdi.
- Kamoliddin Kenjaevga bag'ishlangan hayriya akciyasi boshlandi, unda ishtirok etasizlarmi?
- Bizning hisob-kitobimiz tiyin-tiyinigacha hisoblangan. Ammo shaxsan mening o'zim ikkita maoshimni berishga tayyorman. Futbolchilarimiz ham o'z xissalarini qo'shadilar.
- Bugun futbolchilarni huquqini himoya qiladigan tashkilot ochish kerak deb o'ylaysizmi?
- Nafaqat futbolchi balki murabbiylarni ham. CHunki aksar jamoalar murabbiylarini qo'lqopdek almashtiryaptilar.

![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar