Rustam Mirsodiqov: "Yil davomida ko'rsatgan o'yinlarimiz va natijamizdan qoniqmadim"
03 noy 2013 19:46
Yangiliklar

Rustam Mirsodiqov: "Yil davomida ko'rsatgan o'yinlarimiz va natijamizdan qoniqmadim"
Bugun bo'lib o'tgan "Metallurg" - "Neftchi" (0-0) uchrashuvidan so'ng maydon egalari bosh murabbiyi Rustam Mirsodiqov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Ketma-ket to'rtta mag'lubiyatdan so'ng g'alaba qozonishimiz shart edi. Bunchalik ko'p imkoniyatlarni yo'qqa chiqarilgan o'yin yaqindagi uchrashuvlarimizda bo'lmagan. Futbolchilarimiz yaxshi harakat ko'rsatishdi desam ham bo'ladi" - deya dastlabki fikrlarini bildirib o'tadi Mirsodiqov.
"Yil davomida ko'rsatgan o'yinlarimiz va natijamizdan qoniqmadim. Bu yil tajribali bir necha o'yinchilarimiz asosan jarohatlar bilan o'tkazdi. Butun mavsumimiz uchun jarohatlar salbiy rol o'ynadi. SHunga qarmay biz oldimizga qo'yilgan minimal vazifani bajardik. Mavsum boshida kamida 6-8 pog'onani ko'zlagan edik va erishdik deb o'ylayman. Oldimizda hali "SHo'rtan"ga qarshi safar o'yini bor va bunga alohida tayyorgarlik ko'ramiz"
Ismoiljon Mamarasulov yozib oldi

Fikrlar