So’nggi yangiliklar

17:15"Футбол олами". Ярим финалчилар маълум, хайр "Навбаҳор" ва "Бунёдкор"  2 16:59"Андижон", "Динамо", "Навбаҳор"га жарима ва яна кўплаб қарорлар – Тартиб-интизом қўмитасининг навбатдаги йиғилиши тафсилотлари   6 16:34"Ливерпуль" "Бавария" футболчисини АПЛга қайтармоқчи  0 15:45Жаҳон чемпионатигача: Бентуда терма жамоани тайёрлаш учун қанча вақт бўлади?  20 15:23Ўзбекистон кубоги. "Динамо" ярим финалга чиққан ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  1 15:10"Манчестер Сити" ҳимоячиси фаолиятини "Милан"да давом эттиради  1 14:44Бенту бошқарган терма жамоалар мундиалларда нима каромат кўрсатган?  27 14:23Нкунку фаолиятини А Серияда давом эттиради (Фабрицио Романо)  8 14:15"Арсенал" яна бир трансфер бўйича келишувга эришди  0 14:06CAFA NATIONS CUP-2025 мусобақаси бошланмоқда. Эртага ўйинолди матбуот анжуманлари ва расмий машғулотлар бўлиб ўтади  5 13:45Бенту Ўзбекистон терма жамоаси тарихидаги 10-хорижлик мураббий бўлади. Аввалги ҳамкасблари қандай натижа кўрсатган?   42 13:03Бугун ЕЧЛга қуръа ташланади. Олма-отага кимлар келади?  7 12:43Конференциялар лигаси саралаши. Бугун Файзуллаев ва Шомуродов жамоаси жавоб учрашувида майдонга чиқади  5 11:34Эшитдик-да! Тимур Кападзе "Пахтакор" бош мураббийи бўлиши мумкин  71 10:48ПСЖ ва "Ювентус" ўзаро келишувга эришди  0

Rustam Mirsodiqov: "Futbolda g'alaba qozonish uchun gol urish kerak" Yangiliklar

Rustam Mirsodiqov: "Futbolda g'alaba qozonish uchun gol urish kerak"

“Metallurg” – “Paxtakor” (1:2) uchrashuvidan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanida mezbonlar ustozi Rustam Mirsodiqov qatnashdi.
- SHahrimizning 70 yilligi nishonlanishi arafasida turibmiz. Bugun shahar aholisi uchun bayram sovg'asi tayyorlaysizlar deb umid qilgandik.
- “Paxtakor”dan farqli ravishda biz gol urmadik. Ura olmadik. Bizga yuqori klassdagi futbolchi etishmayapti. U ham bo'lsa hujumchi. “Paxtakor”dagi futbolchilar esa saviya hihatdan ustunligi evaziga urib ketdi. “Dinamo” bilan o'yinni olaylik. Ikkinchi bo'limda to'liq ustunlik biz tomonda bo'ldi. Afsuski g'alaba raqiblarimizga nasib etyapti.

- Jamoa ikkinchi bo'limda oqsab qolgandek bo'ldi...
- Ha shunday. Balki soat 18:00da o'yinni boshlaganimizda yaxshiroq o'ynagan bo'larmidik. Biz ham istaymiz kechqurun o'ynashni. Ammo projektorda muammo bor.

- Mirabdullaevning holati qanday?
- Uni tezroq safga qaytishini istaymiz. Lekin hozircha tayyor emas.

- Bugun Zafar Safoevni maydonga tushurdingiz. Uning o'yini muxlislarga maqul keldi.
- Sultonov ham yomon darvozabon emas. Ammo “Dinamo” bilan o'yinda bitta zarbadan bitta gol o'tkazdik. Bugun 2ta gol o'tkazdik ammo uning aybi bor deb o'ylamayman. Yosh deb zaxirada olib o'tiraverish ham bo'lmaydi. Agar ruhan o'sishga erishsa unga ishonishda davom etamiz.

- “Dinamo” bilan o'yindan keyin ruhiy tushkunlik bormi?
- Yo'q. SHunchaki biz gol ura olmayapmiz. Har bir o'yinda 5tadan kam imkoniyat bo'lmayapti. “Bunyodkor” bilan o'yinda ham shunday bo'ldi. Ular esa urishyapti. Futbolda g'alaba qozonish uchun gol urish kerak.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика