So’nggi yangiliklar

11:48Интервью. Станислав Андреев: "Пахтакор" ҳар қандай ҳолатда ҳам кучли рақиб. "Сўғдиёна" кубокни ютишни мақсад қилган"  2 11:46Воҳид Шамсаи: "Ўзбекистонга қарши ўйинда футзалда учратмаган ҳодисага гувоҳ бўлдим"  3 11:33Хосе Венансио Лопес: "Ушбу Осиё кубогидан мамнунман"  2 11:09Баҳодир Ҳакимқулов: "Кубок ўйинлари давомида тажриба тўпладик"  1 10:55Саудия Арабистони U-23 бош мураббийи: "Шогирдимнинг четлатилишига Ўзбекистон терма жамоасининг тактикаси сабаб бўлди"  19 10:45«Барселона» Левандовски билан янги шартнома тузишга тайёр, фақат битта шарт билан  4 10:23Виталий Левченко: "Иккинчи бўлимда назорат қўлимизда бўлишига қарамай вазиятлардан фойдаланмадик"   0 10:21Шуҳрат Қурбонов: "Бизга битта ғалаба зарур эди"  1 09:55«Ливерпуль» Слот учун «Фейеноорд»га қанча товон тўлагани маълум  5 09:31Мбаппенинг «Реал Мадрид»даги маоши маълум  4 09:05Хушбек Қосимов: "Мақсадимиз ёш футболчиларни катта футболга муносиб тайёрлаш"  1 08:39Кутганмидингиз? Тен Хаг ёзда «Манчестер Юнайтед»ни тарк этади  32 08:13Неъматилло Қуттибоев: "Цементчи" Биринчи лигада рақобат ярата олади"  1 07:48«Лестер» бир йиллик танаффусдан сўнг яна АПЛга қайтди  7 07:24Ўзбекистон кубоги. 3-тур баҳслари давом эттирилади  1

Rustam Ashurmatov RPLdagi hamyurtlarimiz, Fayzullaev, terma jamoa va Osiyo futboli haqida. Milliy jamoa himoyachisi bilan katta intervyu Yangiliklar

Rustam Ashurmatov RPLdagi hamyurtlarimiz, Fayzullaev, terma jamoa va Osiyo futboli haqida. Milliy jamoa himoyachisi bilan katta intervyu

"Rubin" va O'zbekiston terma jamoasi himoyachisi Rustam Ashurmatov mahalliy rus nashriga intervyu berdi.

— Yarim yildan beri Rossiyada o'ynayapsan. Mamlakatga tezda ko'nikishning uddasidan chiqdingmi?

— Juda oson, sababi Qozondagi barcha narsa o'zimizning O'zbekistondagilarni eslatadi. Tatar oshxonasi huddi biznikidek. Madaniyat ham o'xshash, shuningdek Qozonda ko'plab chiroyli masjidlar bor. Hatto tillarimiz ham o'xshash. Agar kimdir menga tatar tilida sekin gapirsa, deyarli barchasini tushuna olaman. Oilamga bu erda yashash qulay, Qozon — juda chiroyli va qulay shahar.

— "Rubin"da o'zbekistonlik futbolchi bilan ulkan munosabatlar bor. Qozonda Andrey Fyodorov, Vitaliy Denisov, Vagiz Galiulin o'ynashgan. O'zbekistonda ham ortingdan "Rubin"ni ham kuzatishmoqdami?

— Ha, shuningdek Marat Bikmaev va Baxodir Nasimov ham "Rubin"da bo'lishganini bilaman. O'zbekistonda oz bo'lsa ham futbolni kuzatadigan barcha uchun "Rubin" katta klub hisoblanadi. Bizga ancha avvaldan, aniqrog'i Qurbon Berdiev jamoada ishlaganida va o'rta osiyolik futbolchi va murabbiylarni taklif etishgan paytdanoq "Rubin"ga qiziqishadi. O'zbekistondagi muxlislar va jurnalistlar "Rubin"ga o'tishdan so'ng menga ko'proq qiziqa boshlashdi. Hatto Janubiy Koreyada o'ynaganimda ham bunga yaqinroq ham hech narsa bo'lmagandi. O'zbekistonda futbolga qiziqqanlarga Koreyaning top jamoalarini aytishim mumkin, ammo ularni eslashlari amri mahol. Agar "Rubin"ni aytsam, unda har bir odam jamoa haqida nimadir deya oladi.



— O'zbekistonda "Rubin"ga bo'lgan qiziqish haqida gapiryapsan. O'zbekistonlik o'yinchilarga qanchalik Rossiya tomonga qiziqish bor. Sababi klublar endilikda evrokuboklarda o'ynamayapti, mamlakat esa OFKga o'tmadi.

— Xalqaro o'yinlar — futbolchilar uchun muhim. Balki ko'plar aynan shu sabab hozirda bu erga kelishga tayyormasdirlar. Ammo, Rossiya chempionati darajasi unchalik katta bo'lmasa ham O'zbekistonnikidan yuqoriroq. Rossiya klublaridan o'zbek o'yinchilariga taklif tushganda ko'plar hatto bugunoq Rossiyaga kelishga tayyorlar.

— SHu bilan birga, Fayzullaevning "Paxtakor"dagi sobiq murabbiyi Maksim SHackix Abbos CSKAga o'tish qarori xato bo'lgani, uning fikriga ko'ra, Rossiyada o'sish deyarli imkonsizligini aytgandi. Sen uning gapiga qo'shilmaysanmi?

— Uni hurmat qilaman, ammo menimcha u bu gapni Abbos jamoadan ketganidan xafa bo'lib aytgan. U kuchli futbolchi bilan xayrlashishni xohlamagan, shu sabab transferni shunday izohlagan. Menimcha, SHackixning o'zi ham Rossiya ligasi O'zbekistonnikidan kuchli deb o'ylaydi.



— Abbos Fayzullaev CSKAdagi ilk o'yinlaridanoq RPLni larzaga keltira boshladi. Rossiyadagi ekspertlar uni mavsumning bosh kashfiyoti deb atashmoqda. Sen uning "armiyachilar" safida shunday kuchli start olishini kutganmiding?

— Yo'q, u birdan asosiy tarkibda o'ynaydi deb o'ylamagandim. Albatta, bunga qadar uni bilardim, u — juda iqtidorli o'yinchi, ammo men uchun uning bunday boshlashi kutilmagan bo'ldi. Hatto O'zbekistonda ham uning bunchalik tez bunday darajaga chiqqanidan barcha hayratlanmoqda.

— CSKA bir necha oylardayoq Abbosning transferini qoplab bo'ldi. RPLning boshqa klublari ham o'zbekistonlik o'yinchilarga yana ham ko'proq etibor qaratishadimi?

— SHomurodov "Rostov"da o'z darajasini ko'rsatganidan so'ng barcha rus klublari skautlari hammani kuzatishadi. O'shandayoq ko'plarga etibor qaratishgan. "Rubin" bir yil oldin 19 yoshda bo'lgan Umarali Rahmonalievni oldi. Ammo, Abbosdan so'ng yanada ko'proq rossiyalik skautlar butun mamlakat bo'yicha o'yinchilarni izlashadi.

— Fayzullaev odatiy hayotda qanday odam?

— Juda kamtar va yaxshi yigit. Rossiyada buni qayd etishadi va bu biz uchun muhim, sababi barcha O'zbekistondan qanday tarbiyali yigitlar kelayotganini ko'radi. U terma jamoada ko'p vaqtini men, SHomurodov, SHukurov bilan o'tkazadi va o'zini hurmat bilan tutadi. "Rubin"dagi Rahmonaliev ham shunday, sababi bizning madaniyatimizda o'zidan kattani hurmat qilish birinchi o'rinda. Ushbu avlodda kuchli futbolchilar borligi juda yoqimli.

— Abbos "Paxtakor"da O'zbekiston chempionatidagi o'yinlardan so'ng osonlik bilan yangi darajaga chiqishi mumkinligini ko'rsatdi. U Evropada ham o'zini shunday yorqin ko'rsata oladimi?

— Ha, bunga shubha qilmayman, ammo ketishga hali erta. Kamida bir yil oldin Rossiyada o'ynash kerak. Asosiysi shoshmaslik kerak. Agar barchasini tashlab ketsa, unga qiyin bo'ladi. Baribir u kuchayishi va qo'shishi kerak bo'lgan jihatlar bor. SHundan so'ng Evropada katta karera qurishi mumkin deb o'ylayman.

— Sen Rossiyadagi yana bir yil haqida aytyapsan, balki u CSKA va RPL afsonasi bo'la olar?

— Bu erda uzoq vaqtga qoladi deb o'ylamayman, u Evropada o'ynashni xohlaydi, u atigi 20 yoshda. Ammo, Evropaga yo'l olishdan oldin Rossiyada o'z darajasini juda yaxshi ko'tarib olishi mumkin.

— Rossiya hozirda xalqaro turnirlarda o'ynamayapti, shu sabab mamlakatda qo'shni davlatlarni faol tarzda kuzatishmoqda va bunga O'zbekiston ham kiradi. Jahon chempionati ishtirokchilari oshirilishidan so'ng sizlarda turnirga yo'l olish uchun ajoyib imkoniyat bor. AQSH, Kanada va Meksikaga 2026 yilda borishga qanday imkoniyatlar bor?

— Bizda doim yaxshi imkoniyatlar bo'lgan. Bir necha bor bir qadam qolganda to'xtaganmiz, shu sabab hozirda barcha hayolimiz jahon chempionatiga yo'l olish. Saralashni yaxshi boshladik, og'ir o'yinni yutdik, bundan tashqari Turkmanistondagi suniy maydonda. Keyingi o'yiniimiz Eronga qarshi, ularga qarshi jiddiy tayyorgarlik ko'ryapmiz. Albatta, saralash endigina boshlandi va Eronga yutqazgan taqdirimizda ham imkoniyatlarimiz bo'ladi (intervyu Eron bilan o'yinga qadar yozilgan, O'zbekiston unda 2:2 hisobida durang o'ynadi). Ammo, ularni yuta olmas ekanmiz, umuman nega jahon chempionatiga borish kerak?



— Mamlakat rahbari maqsad jahon chempionatiga yo'l olish demoqdami?

— Ha, bizga doim bosh maqsadimiz shu ekanligi aytiladi. Biz shuningdek doim Osiyo kubogida munosib ishtirok etishimiz kerak. U yil boshida bo'ladi va uni yutishni xohlaymiz. Oldin terma jamoa yarim finalga qadar etib borgan, endilikda keyingi qadamni tashlash kerak. Ammo, biz uchun eng asosiysi — jahon chempionati. Tarixga kirishni xohlaymiz. Orzuim — barchaga O'zbekistonni jahon chempionatida ko'rsatish va mamlakatimizdagi insonlarni xursand qilish.

— Agar barchasi o'xshasa, unda sizlarda uch yildan so'ng O'zbekistondan SHimoliy Amerikaga super sayohat bo'ladi. Ammo, joriy mavsum sening taqviming og'ir. "Rubin"dan so'ng yil so'nggida terma jamoaga yo'l olasan, u erdan esa Qatardagi Osiyo kubogiga. Qanchalik qiyin?

— Hozirdanoq buning qanchalik og'ir ekanlgiini tushunyapman, sababi yozgacha tanaffussiz o'ynaymiz va shug'ullanamiz. "Rubin" bilan yakuniy o'yindan so'ng Amirliklardagi yig'inga otlanamiz, shundan so'ng esa Qatarga uchamiz. Menimcha rafiqam hech qachon bunday tartibga ko'nika olmaydi, u zerikadi va uzoq vaqt davomida boshqa joylarda bo'lishim biroz xafa qiladi (kuladi).

— Oldingi o'yinga ko'ra, Rossiya va O'zbekiston terma jamoalari taxminan bitta darajadek ko'rinmadimi? Bundan tashqari, o'yin 0:0 hisobidagi durang bilan yakunlandi.

— Biz Rossiya bilan bitta darajada bo'lishni xohlardik, ammo to'g'risini aytganda rossiyalik futbolchilarning darajasi biznikidan ko'ra biroz yuqoriroq. Umuman olganda, Rossiyadagi futbol biroz kuchliroq, ammo biz yuqorilashga harakat qilamiz va so'nggi yillarda terma jamoamiz kuchaydi deb o'ylayman.

— Terma jamoangiz etakchisi va sardori — Eldor SHomurodov. Sen u bilan ancha vaqtdan beri tanishsan, hozirda uning ishlari qanday?

— Eldor — eng yaqin do'stim. Hozirda "Kalyari" kam o'ynayotganidan xafa. Barcha unda Italiyada oldingidek yaxshi emasligini ko'rmoqda. Ammo, unga A Seriya yoqadi. U hali qoladi deb o'ylayman. "Kalyari"da emas-u, ammo unga Italiyadagi barchasi juda yoqadi: hayot ham, liga ham.



— Eski do'st sifatida uni "Rubin"ga chaqirmadingmi? Unga Qozonda Rostov-na-Donudan ko'ra qulayroq bo'lishi mumkin.

— Yo'q. Italiyada o'ynayotganda qanday qilib uni chaqirishim mumkin. Ammo, O'zbekistonda o'ynayotgan bo'lganda, albatta, birdan "Rubin"ga chaqirardim!

— U Rossiyaga qaytishni hatto hayoliga ham keltirmayaptimi? Yozda "Spartak"ning u bilan shartnoma imzolashni xohlagani haqida yozishgandi.

— Yo'q, Rossiyaga qaytishni o'ylamayapti.

— Bizda terma jamoaga "Monako"dan Golovin kelganda uning darajasi jamoadagi qolganlardan qanchalik kuchli ekanligi yaqqol ko'rinadi deyishadi. SHomurodov bilan ham shunaqa holatmi?

— Hatto, mashg'ulotlardayoq uning darajasi boshqa ekanligi ko'rinib turadi. Eldor — terma jamoamiz sardori va u bilan bizning o'yinimiz umuman boshqacha kechadi. U boshqa tezlikda o'ynaydi va unda boshqa sifatlar mavjud. SHunchaki boshqa futbolchi.

— SHomurodov bilan birgalikda O'zbekiston terma jamoasi safida Osiyodagi barcha turnirda harakat qilasan. Rossiya bir yarim yildan beri OFKga o'tish haqida o'ylayapti. Bu qadamni amalga oshirish kerakmi?

— Agar menga bog'liq bo'lganda OFKga o'tmagan bo'lardim, sababi bu boshqa daraja. Rossiya allaqachon Evropa jamoalari bilan o'ynashga ko'nikkan, shu sabab terma jamoangiz eng kuchli jamoalar bilan deyarli bir xil darajaga ega. Yaxshisi kutish kerak. Kelajakda Rossiyaga evrokuboklarni qaytarishadi deb o'ylayman, terma jamoangiz esa yana turnirlarda o'ynaydi.

— Ammo, Osiyo futbolida butun boshli Saudiya Arabistoni fenomeni bor. Sobiq klubing "Navbahor" noyabr oyi oxirida Malkom, Kulibali, Nevesh va boshqa yulduzlarga ega "Al Hilol"ni qabul qiladi. Bu qanchalik Osiyo futbolining rivojlanishiga yordam beradi?

— SHuningdek, Olmaliqqa OKMK uchun Benzema va Kantega ega "Al Ittihod" keladi. CHiptalar allaqachon qolmagan deb o'ylayman. O'zbek muxlislariga yulduzlarni ko'rish juda yoqimli deb o'ylayman. Buning foydasi bor. Osiyo futboli uchun ham yaxshi, o'yinchilar bunday raqiblar bilan o'yinlardan so'ng o'sishadi. Ammo, terma jamoalar uchun hech narsa o'zgarmaydi. OFK darajasi oldingidek qoladi.



— Terma jamoadagi sheriging Jaloliddin Masharipov yaqingacha "Al Nassr"da Krishtianu Ronaldu bilan o'ynadi. Bu tajribani eslaydimi?

— U Ronaldu bilan yaxshi munosabatlarni, uning boshqa o'yinchilar bilan bir xil gaplashganini aytib beradi. U etibor bergan eng asosiy narsa yulduzlar kelishidan so'ng futbol darajasi o'ta yuqorilagani bo'lgan. Hozirda bu top chempionat.

— Agar Saudiya Arabistonidan taklif tushsa ko'rib chiqarmiding?

— Bularning qanday ko'rinishiga qiziqaman. Bundan tashqari, yulduzlarga qarshi va ular bilan o'ynash..., ammo hozirda barcha o'y-fikrim "Rubin" bilan bog'langan. Birinchi davrani sakkizinchi o'rinda yakunladik, ammo ko'prog'ini xohlaymiz. Jamoada o'zimni ko'rsatish va "Rubin"ga yuqori o'rinlarni egallashda yordam bera olishimga umid qilaman.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика