Rustam Ashurmatov: "Men Qo'qon farzandiman va bu bilan doim faxrlanaman"
02 iyu 2015 15:45
Yangiliklar

Rustam Ashurmatov: "Men Qo'qon farzandiman va bu bilan doim faxrlanaman"
"Bunyodkor" klubi himoyachisi Rustam Ashurmatov "Qo'qon-1912" - "Bunyodkor" yoshlar jamoalari o'rtasidagi o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
"Qo'qon-1912" bilan bo'lib o'tgan o'yinda o'ziga yarasha murakkabliklarga duch keldik. SHu sabab g'alaba uchun ancha ter to'kishga majbur bo'ldik. O'yin yakunida Qo'qon muxlislarining mendan norozi bo'lganliklari guvohi bo'ldim. Menimcha, o'yin davomidagi keskin harakatlarim ularda noto'g'ri taassurot uyg'otgan. Men Qo'qon farzandiman va bu bilan doim faxrlanaman. Ammo, tanganing ikkinchi tarafi ham bor: futbolchining vazifasi jamoasi uchun harakat qilish, bor mahoratini ko'rsatish va g'alabani taminlash. Men o'z vazifamni ado etdim va muxlislar buni to'g'ri tushunishlarini, bu holat uchun meni avf etishlarini iltimos qilar edim. Muxlislarning fikrini doim hurmat qilaman, bundan keyin ham shunday bo'ladi, bunga vada beraman.
Bugungi yutuqlarim zamirida xalqimning qo'llab-quvvatlashlari, daldasi yotganini doim ich-ichimdan his qilaman va shu sababdan ham muxlislar fikri men uchun doim ahamiyatli", - deydi Rustam Ashurmatov.

Fikrlar